NEGA INGLIZ TILINI O’RGANISH MUHIM?
Telegram: @ingliztiliA1
Ingliz tilini yaxshi gapirishni o’rganish hayotingizni o’rgartirish yuborishi mumkin chunki Ingliz tili “imkoniyatlar tili” deb ataladi.
Nima deb o’ylaysiz, bo’shqalar qo’lga kirita olmagan malumotlarga erishish yo’lini bilish qiziq bo’ladimi sizga? Boshqalar aloqa qila olmagan qiziqarli insonlar bilan aloqada bo’lish va ulardan o’rganishchi? Har safar gapirganingizda boshqalarni qoyil qoldirishchi? O’z karyerangizda katta muvafaqiyatlarga erishishchi?
Shuni barchasiga erishishingiz mumkin agar Ingliz tilida yaxshi gaprisangiz.
Ali va Bek yaqin do’st edi lekin ular bir biridan farq qilar edi. Bek Ingliz tilida qiyinchiliksiz ravon gapirardi va uni Alidan 6 ustunlik tomoni bore di chunki Ali bu tilni umuman bilmasdi. Birinchidan, Bekda butun dunyodagi insonlar bilan muloqot qila olish imkoniyati bor edi va uni do’stlari juda ko’p edi.
1. Dunyo Bilan Muloqot Qilish
Men ingliz tilini “muloqot tili” deb atagan bo’lardim. Nega? Chunki menga dunyodagi barcha insonlar bir biri bilan gaplashish uchun Ingliz tilidan foydalanishga kelishib olganday tuyiladi
- Dunyoda taxminan 2,000,000,000 odam ingliz tilida gapiradi. Yana 1,000,000,000 bu tilni o’rganishmoqda.
- Ingliz tili dunyoda taxminan 400.000.000 odamni ona tili hisoblanadi
- Dunyodagi barcha hatlarni va tabriklarni (otkritkalarni) 75% ti Ingliz tilida yoziladi
- Dunyoning 196 davlatidan tahminan 60 tasida Ingliz tili asosiy til deb qabul qilingan
- Deyarli barcha halqaro konferensiyalar va musobaqalar (jahon olimpiadasi) Ingliz tilida olib boriladi.
- Dunyo diplomatlari va siyosatchilari muloqot qilish uchun Ingliz tilidan foydalanishadi. Ingliz tili BMT, NATO, va Evropa Erkin Savdo Asotsiyatsyasi kabi organizatsyalarda asosiy til hisoblanadi
Agar siz Ingliz tilida muloqot qila olsangiz unda:
- Dunyoni barcha davlatlaridagi odamlar bilan aloqa qilasiz – Internetdagi chat, gruppa, va forumlarda o’z fikr va mulohazalringiz haqida gaplashasiz. Qiziqarli insonlarga Email jo’natasiz. Ularni hayoti va madaniyati to’g’risida o’rganasiz.
- Oson sayohat qilasiz – Qayerga borishingizdan qatiy nazar odamlar bilan muloqot qilasiz— Adashib qolsangiz yo’lni so’raysiz, suhbatlashasiz, yoki... yordam so’raysiz. Kim biladi, balki Ingliz tili bir kuni hayotingiz saqlab qolar!
- Global fuqaroga aylanasiz – Dunyoni istalgan yerida yashay olasiz va istagan insoningiz bilan gaplasha olasiz. Ingliz tilidan nafaqat biznes balki do’stlik yoki romantik aloqa sifatida foydalanib ajoyib insonlar bilan tanishasiz. Eng qizig’i, bir vaqtni o’zida 7 hil davlat vakillari bilan muloqot qilishingiz mumkin.
Men chet eldan do’stlar ortirish uchun asosan 3 ta websaytdan foydalanaman – 1) Facebook.com sotsial aloqa sayti 2) couchsurfing.com O’zbekistonga kelayotgan turistlar bilan tanishish va ularga mezbonlik qilish imkonini yaratadigan sayt 3) Omegle.com hech qanday ro’yhatdan o’tishni talab qilmaydigan va qiziqishlari bir hil bo’lgan odamlarga tanishish imkonini beradigan onlayn chat.
2. Cheksiz Bilim Kalitiga Ega Bo’lish
Siz nimaga qiziqasiz? Ilm fangami? Musiqagami? Raqsgami (my hobby;)? Kompyutergami? Sog’lom bo’lishgami? Biznesgami? Sportgami? Bugungi kun ahborot vositalari, misol uchun, Internet, televizor, va nashriyotlar — siz eng yoqtirgan mavzuni yoki sohani o’rganish uchun cheksiz bilimlar eshigini ochadigan kalit hisoblanadi. Ahir biz hammamiz ahborot asrida yashayapmiz, shunday emasmi?
Lekin bor yo’gi bitta muammo bor. Bu cheksiz bilimni asosiy qismi Ingliz tilida.
Agar Ingliz tilini bilsangiz, quyidagi misollar siz foydalanishingiz mumkin bo’lgan bilimni berishi mumkin:
- Internetdagi asosiy Web sahifalar – Bu 1,000,000,000,000 dan ortiq informatsiyaga to’la sahifalar degani! Eng ajoyib fakt shundaki, bor yo’gi bitta tilni o’rganish sizga internetdagi deyarli barcha ahborotga yo’l ochadi.
- Kitoblar — butun dunyodan, istalgan mavzuda. Britaniyalik yoki Amerikalik avtorlar tomonidan yozilgan, va boshqa tillardan tarjima qilingan kitoblarni o’qing. Nimaga qiziqishingizdan qatiy nazar u haqida ingliz tilida o’qishingiz mumkin!
- Nashriyot – Faqat Ingliz tilidagi jurnal va gazetalarni dunyoni istalgan yeridan sotib olsa bo’ladi. Time, Newsweek, yoki International Herald Tribune larni qidirib yurishingiz shart emas!
- Fan – Ingliz tili fan dunyosining kaliti hisoblanadi. “Science Citation Index” ning 95% maqolalari Ingliz tilida yozilgan. Ulardan 50% AQSH yoki Britanya kabi Ingliz tilida gaplashadigan davlatlarda yozilgan.
- Yangiliklar – CNN, BBC yoki NBC kanallarida halqaro yangiliklarni tomosha qiling. Ular yangiliklarni ancha tezroq, va profesionallik bilan efirga uzatishadi. Va siz ularni dunyoni istalgan yeridan ko’rishingiz mumkin.
TOP 10 & HOW TO – Men biror bir yangi narsani o’rganishdan oldin ko’pincha “Top 10” yoki “How to” so’zlaridan foydalanaman. Aytaylik siz android telefonlariga dastur yaratishni o’rganmoqchisiz lekin bu haqida hech qanday bilimga ega emassiz. Unda siz Google dan “Top 10 websites on Android application development for beginners” yoki “Top 10 video courses on Android application development for beginners” yoki “How to learn Android application development for beginners” topasiz. Keyin orasidan o’zizga maqul kelganini olib o’rganishni boshlaysiz.
3. Karyeradan Yuqoriga Ko’tarilish
Agar yaxshi biznes, texnologiya, yoki fan sohasida yaxhsi kasbingiz bo’lishini istasangiz unda hoziroq kreslodan turing va Ingliz tilini o’rganishni boshlang! (Agar sizda yaxshi kasbingiz bo’lsa unda shu kasbni qo’ldan chiqarib qo’masizdan oldin Ingliz tilini o’rganing!)
Ingliz tilini bilish sizga quydagi imkoniyatlarni beradi:
- Texnik bilimga ega bo’ling – Ingliz tili texnologiya tilidir, ayniqsa yuqori texnologiya masalan kompyuter fani, genetika, va meditsina. Agar texnologiya haqida o’qimoqchi bo’lsangiz, buni Ingliz tilida qilishingiz kerak bo’lishi mumkin. Gazetalar, jurnallar, va ilmiy ishlarni o’qib yangi ilmiy kashfiyotlardan bohabar bo’ling.
- Dunyodagi eng kuchli biznesmenlardan biri bo’ling – Halqaro biznes Ingliz tilida olib boriladi. Va bugungi kunda deyarli barcha bizneslar halqaro hisoblanadi. Shuning uchun, agar halqaro biznes o’yinida qatnashishni istasangiz unda ingliz tilini bilishingiz kerak – boshqa biznesmenlar bilan aloq qilish, koferensiyalarga borish, halqaro biznes gazeta va jurnallarini o’qish, va h.k. uchum
- Halqaro tadbirlarda qatnashing – boshqa davlatdagi olimlar bilan aloqaga chiqing, halqaro koferensiyalarga boring, chet eldagi akademik markazlarn ko’rgani boring. Ajab emas, yangi tanishlaringizni orasida hayotingizni yuqori pog’onaga olib chiqishda yordam beradigan insonga duch kelsangiz.
- Kompyuteringizdan yanada samarali foydalaning - Ko’p kompyuter dasturlari Ingliz tilida. Shu sababli siz ularni yaxshiroq tushuna boshlaysiz va yaxshiroq ishchiga aylanasiz.
- Hozirgi ishingizni kuchaytiring yoki yaxshiroq ishga o’ting – Agar Ingliz tili bilimingizni oshirsangiz, yangi, yaxshiroq ishga o’tishingiz yoki yuqori lavozimga o’tishingiz mumkin. Dunyodagi millionlab kompaniyalar Ingliz tilini biladigan ishchilarni talab qilishadi, ularni qadirlashadi, va ko’pincha ko’proq maosh to’lashadi. Agar kompaniya 2ta yangi ishchidan birin ishga olishda qiynalayotgan bo’lsa, ular ko’pincha Ingliz tilini yaxshi biladigan ishchini tanlashadi Ingliz tilini umuman bilmaydigan ishchini o’rniga.
Bor yo’gi ingliz tilini bilganim sababli katta korhonada ishlaganman, O’zbekiston bo’yicha eng kuchli 5 halqaro institutlardan biriga grant asosida kirganman, 2 marta bepul sayohatga chiqib kelganman
4. Sanatdan Rohatlanish
Ingliz tili dunyo madaniyatini his qilish imkoniyatini beradi va buni boshqa hech qaysi til berolmaydi. Ingliz tilini yaxshi bilsangiz, ajoyib ishlar qilishingiz mumkin:
- Amerikancha va Britancha filmlarni original versiyasida ko’ring – Eng zo’r kinolarni ko’pchiligi Ingliz tilida. Bo’lib o’tgan voqealarga asoslangan The Pursuit of Happiness, Remember the Titans, yoki The Freedom Writers kabi filmlarni bir bor original versiyasini ko’rganingizdan so’ng, dublyaj qilingan versiyalarini umuman ko’rgingiz kelmay qoladi! Buni ustiga, yiliga minglab Inglizcha kinolar ishlab chiqariladi.
- Buyuk kitoblarni o’qing – Har bir mashxur kitob ingliz tilida yozilgan yoki tarjima qilingan. Bir nechta ajoyib kitoblar bor — shaxsan men yaqinda o’qigan va foydasi tegkan kitoblardan bazilari 1)the Time of Your Life by Tony Robbins, 2)Think & Grow Rich by Napoleon Hill, 3)How to Win Friends & Influence People by Dale Carnegie, 4)The Law of Attraction by Michael Losier.
- Inglizcha musiqadan yanada ko’proq bahra oling – Ko’pincha Inglizcha musiqa dunyo bo’ylab mashxur bo’lib ketadi va ko’pchilik insonlar Ingliz tilida tez-tez eshitib yuradigan ashulani tushunishga harakat qilib Ingliz tiliga yuzlanishadi. Ashuladagi so’zlar odatda qiziqarli, eslab qolish oson, takrorlanadi va ular his-tuyg’ularni ishga tushuradi va Ingliz tilini o’rganishda yordam beradi. Menga ishoning: musiqa eshitish juda bir boshqacha mazza bo’ladi agar so’zlarini tushunsangiz. 45ta Kuch bag’ishlaydigan qo’shiqlar >>
5. Ingliz Tilini O’rganish Oson
Ingliz tili nafaqat dunyodagi eng foydali til. U shuningdek o’rganish va foydalanish uchun eng oson tillardan biri hisoblanadi:
- Sodda alfabet — hech qanday maxsus simbollar (é or ä) yoq. Kompyuteringizda sweet, part, film degan so’zlarni yozib ko’ring. Endi süß (Nemis), część (Polsha), фильм (Rus) yozib ko’ring. Qaysi biri osonroq?
- Oson ko’plik qo’shimchasi — so’zga “s” ni qo’shib qo’ysangiz bo’ldi. One car, five cars; one telephone, two telephones... Bor yo’gi 3 – 4 ta mustasno bo’r holos.
- So’zlarni o’rganish oson – Fransuzchada, la fille va le chien. Nemischada, das Mädchen va der Hund. Inglizchada, oddiygina a girl va a dog. Shuni bilsangiz yetarli.
- Qisqa so’zlar – Asosiy so’zlarning ko’pchiligi qisqa: run, work, big, go, man. Uzun so’zlar ko’pincha qisqartiriladi: sitcom = situational comedy, fridge = refrigerator, OS = operating system. Inglizcha gapirish vaqtingizni tejaydi. :-)
- 100 ta so’z bilan gaplashsa bo’ladi – Eng ko’p ishlatiladigan 100 ta so’z barcha gaplarni 50% ni tashkil va bu so’zlar bilan gapirmoqchi bo’lgan gapingizni asosiy qismini aytishingiz yani muloqot qilishingiz mumkin.
- So’zlar o’zgarmaydi – Lekin ko’p tillarda bitta so’zni bir necha hil formasi bor:
Ingliz: The man is blind.
Nemis: Der Mann ist blind.
Ingliz: This is a blind man.
Nemis: Das ist ein blinder Mann.
Ingliz: I see a blind man.
Nemis: Ich sehe einen blinden Mann.
- Hammaga “you” deb murojat qilinadi – Do’stingizga yoki ustozingizga “Do you speak English?” deyishingiz mumkin. Boshqa tillarda, kattalarga boshqacha va kichiklarga boshqacha gapirish kerak. Ingliz tilida hamma teng. :-)
- Ingliz tili hamma yerda – Siz osongina Ingliz tilidagi TV kanalni ko’rishingiz, musiqa tinglashingiz, websaytga kirishingiz, jurnal o’qishingiz, va h.k. larni qilishingiz mumkin. Zerikarli o’quv qo’llanmalarini o’qishingiz shart emas. Siz bir vaqtni o’zida ingliz tilini o’rganishingiz va undan foydalanishingiz mumkin. Ingliz tilidan foydalanishingiz juda muhim chunki bu tilni o’rganishga bo’lgan hohishingizni yanada oshiradi.
6. Qoniqish va Ishonch Hosil Qilish
Ingliz tili nafaqat foydali — u sizga qoniqish va ishonch beradi:
- Har doim oldinga intilish (progres) bu ajoyib tuyg’u. Siz hech qachon birinchi marta chet ellik bilan Ingliz tilida suhbatlashganingizni yoki TV da Inglizcha kanallarni ko’rganingizni yodingizdan chiqarmaysiz.
- Ingliz tilini o’rganishdan rohatlanasiz, agar bu tlini o’rganish uchun sarflayotgan har bir soatingiz sizni o’z maqsadingiz sari yaqinlashtiryotganini yodingizda tutsangiz
- Ingliz tilidan foydalanish mazza, chunki siz gapirgan har bir gap yoki yozgan har bir so’zingiz muvaffaqiyatinga erishayotganingizni eslatib turadi
Ingliz tili sizni kuchliroq va bahtliroq insonga aylantiradi
Ingliz tili sizni kuchliroq, bahtliroq insonga aylantiradi. Ingliz tilini bilishingiz sabab bo’lgan ajoyib hissiyotli holatlarni tasavvur qilish qiyin emas. Umid qilamanki, @ingliztiliA1 yordami bilan, sizni Ingliz tilida olg’a ketishingiz tez orada sizga unutilmas ajoyib holatlarga sabab bo’ladi.
Bu maqola sizga yoqdimi? Unda >> INGLIZ TILI A1