NAVOIYDA RUS TILI O‘QITUVCHILARIGA 700 MILLIONGA YAQIN PUL MABLAG‘LARI UNDIRIB BERILDI

NAVOIYDA RUS TILI O‘QITUVCHILARIGA 700 MILLIONGA YAQIN PUL MABLAG‘LARI UNDIRIB BERILDI


Bugungi kunda chet tillarini o‘rganish zamon talabiga aylandi.Shu bois,mamlakatimizda bolalarni maktab yoshidanoq tilni mukammal o‘rganishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.Chet tili o‘qituvchilariga rag‘batlantirishlar ham joriy etilayotgani bejizga emas. Biroq Navoiy shahridagi umumta'lim maktabi o‘qituvchilari xalqaro toifadagi sertifikatga ega bo‘lsada ularga ustama haq to‘lab berilmayotgani yuzasidan adliya bo‘limiga murojaat qildi. Holat o‘rganilganda, shahar hududidagi 26 nafar rus tili o‘qituvchisiga jami 56 million so‘m ustama haqlari to‘lanmagani ma’lum bo‘ldi.Shundan so‘ng, viloyat adliya boshqarmasi va tuman, shahar adliya bo‘limlari tomonidan viloyatdagii 7 ta hududda xalq ta’limi tizimidagi mazkur holat monitoring qilinib, huquqni qo‘llash amaliyotini noto‘g‘ri talqin qilish oqibatida viloyatdagi S-1 darajaga barcha rus tili o‘qituvchilatiga to‘lanmay kelinagan 700 millionga yaqin pul mablag‘lari undirib berildi.

O`zbeksiton Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117 sonli Qarori 5-bandida 2021/2022 o‘quv yilidan ta’lim muassasalarining kamida C-1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lab borilishi ko‘rsatilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining 07.09.2021-yildagi Qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxatining 27-qatorida rus tili bo‘yicha TRKI xalqaro tan olingan sertifikat hisoblanishi belgilangan.


Navoiy viloyat adliya boshqarmasi


Report Page