NAVOIYDA ADLIYA SPARTAKIADASI BO‘LIB O‘TDI

NAVOIYDA ADLIYA SPARTAKIADASI BO‘LIB O‘TDI

@adliyangiliklari

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida “Adliya spartakiadasi” bo‘lib o‘tdi.

Ikki kun mobaynida o‘tkazilgan musobaqalarda soha vakillari sportning shaxmat, shashka, darts, kamondan o‘q otish, stol tennis va mini futbol turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.E’tiborlisi, sport ixlosmandlari orasida ayollar soni o‘tgan davrlarga qaraganda bir necha barobarga oshqan.

Murasasiz kechgan bellashuvlarda g‘oliblar adliya boshqarmasining diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Eslatib o‘tamiz, adliya organlari tizimida sport bellashuvlari an’anaviy tarzda tashkil etib kelinmoqda. Xususan, boshqarma tashabbusi bilan davlat organlari va tashkilotlari hamkorligida har yili “Adliya kubogi” sport musobaqalari, haftada ikki marotaba sport kunlari tashkil etib kelinmoqda.Maqsad soha vakillari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish, sport turlariga nisbatan qiziqishni yanada orttirishdan iborat.


Report Page