NAVOIYDA “ADLIYA BOG‘I” TASHKIL ETILDI

NAVOIYDA “ADLIYA BOG‘I” TASHKIL ETILDI

@adliyangiliklari

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan “Adliya bog‘i” tashkil etildi. Viloyat hokimi qaroriga asosan, Karmana tumani hududidan 1 gektar yer maydoni ajratilib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hashar yo‘li bilan 1000 ga yaqin mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Hasharda adliya boshqarmasi, tuman(shahar) adliya bo‘limlari, davlat xizmatlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, FHDY bo‘limlari, notarial palata vakillari, yuridik texnikum mas’ullari birdek o‘z hissalarini qo‘shishdi.

Tadbirda adliya faxriylari ham ishtirok etib, yaxshi niyat bilan hasharni boshlab berdilar.

- Barchamiz bir bo‘lib erta tongdan ishga kirishdik. Ko‘chat o‘tqazish jarayonidan yer bilan tillashib, birdamlikda teng harakatlanganimiz ham kayfiyatga, ham salomatlikka ijobiy ta’sir qildi. Bu kabi hasharlar bizda an’anaga aylangan. O‘tgan yillar davomida ekkan ko‘chatlarimiz ancha cho‘zilib qolgan. Bu yil esa o‘z bog‘imizga ega bo‘ldik. Bu bog‘ mevalaridan kelgusida farzandlarimiz, nabiralarimiz bahramand bo‘ladi, - dedi Navoiy shahar adliya bo‘limi boshlig‘i Azamat Xolmo‘minov.

Shuningdek, adliya boshqarmasi huzuridagi “Street law” va “Adliya qanotlari” jamoasi yoshlari ham “Adliya bog‘i” da ezgu niyat bilan manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazdilar.


Report Page