NAVOIYDA “ADLIYA AYOLLAR KENGASHI” ISH BOSHLADI

NAVOIYDA “ADLIYA AYOLLAR KENGASHI” ISH BOSHLADI

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan “Oqila ayollar harakati faoliyatini rivojlantirishda NNTlar roli” mavzusida ayollar forumi tashkil etildi.Tadbirda mahalliy davlat organlarida faoliyat yuritayotgan ayollar, deputatlar, siyosiy partiya, nodavlat notijorat tashkilot vakillari, otinoyilar va mahallalardagi faol xotin-qizlar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida milliy qonunchiligimizda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan tartib-taomillar, mazkur tizimda mamlakatimizd amalga oshirilayotgan islohotlar va adliya organlari tomonidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi.

Shundan so‘ng, forum doirasida “Adliya ayollar kengashi” faoliyati ham yo‘lga qo‘yildi. Kengash o‘z oldiga xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ayniqsa “Ayollar daftari”ga kiritilgan,ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning masalalarini tahliliy o‘rganish, ularga nainki huquqiy balki ijtimoiy ko‘maklashishni maqsad qilib qo‘ygan.

Aytib o‘tish joiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “OILA VA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH, MAHALLA VA NURONIYLARNI QOʻLLAB-QUVVATLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA”gi 81-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oylik” huquqiy aksiyasi doirasida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan, viloyat sudi, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi, deputat ayollar,siyosiy partiyalarning ayollar qanotlari rahbarlari, tadbirkor va hunarmand ayollar ishtirokida “Oqila ayollar harakati” tashkil etilgan edi.

Forum davomida shu haqda ham so‘z yuritilib “Adliya ayollar kengashi” ana shu harakat doirasida yo‘lga qo‘yilganiligiga urg‘u berib o‘tilldi.Shundan so‘ng, huquqiy targ‘ibot tabirlari va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatib kelayotgan bir guruh xotin-qizlar adliya boshqarmasi va hamkor tashkilotlar tamonidan rag‘batlantirildi.

Forumda Navoiy viloyat xotin-qizlar tadbirkorlik markazi tomonidan tashkil etilgan milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi va “Durdona” etnografik folklor jamoasining badiiy chiqishlari tadbirga o‘zgacha ruh va ko‘tarinkilik berdi desak mubolag‘a emas.
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi

Report Page