NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA 2022-2023-OʼQUV YILI DAVOMIDA YOSHLAR MASALALARI VA MAʼNAVIY-MAʼRIFIY SOHADA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN MA’LUMOT

NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA 2022-2023-OʼQUV YILI DAVOMIDA YOSHLAR MASALALARI VA MAʼNAVIY-MAʼRIFIY SOHADA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN MA’LUMOT


Navoiy davlat pedagogika institutida 2022-2023 oʼquv yilida jami 21228 nafar talaba tahsil oldi. Shundan 15284 nafari (72%) qizlar, 5944 nafari (28 %) oʼgʼil bolalardan iborat. Magistratura taʼlim shaklida jami 553 nafar talaba tahsil oldi. Talabalarning umumiy kontingentining 11212 nafari (59,4 %) Navoiy viloyat hududidadan, qolgan 10016 nafari (41,6 %) Respublikaning turli viloyatlaridan kelib institutimizda tahsil olmoqda. Xorijiy talabalar soni 9 nafarni tashkil etadi.

2022-2023 oʼquv yili davomida 21228 nafar talabaning “Talabalar balansi” toʼliq yakunlanib, umumiy holat boʼyicha yagona elektron baza shakllantirildi.

Bugungi kunda talabalar turar joyida 1130 nafar talaba istiqomat qiladi. 3980 nafar talaba ijara huquqi asosida, 896 nafar talaba yaqin qarindoshining uyida, 15222 nafar talaba oʼz uylarida yashab tahsil oladilar. Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalarning 2077 nafariga davlat byudjeti mablagʼlari hisobidan 2022-2023 oʼquv yili davomida 2.819.023 soʼm pul mablagʼlari toʼlab berildi.

Shuningdek, talabalarning boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus ijrosini taʼminlash maqsadida oʼquv yili davomida 116 ta 5 muhim tashabbus toʼgaraklari faoliyat olib bordi. Mazkur toʼgaraklarga 11000 nafaradan ortiq talabalar qambar olindi.

Toʼgarak tomonidan oʼquv yili davomida 263 marotaba turli mavzularda maʼnaviy-maʼrfiy tadbirlar tashkil etildi.

Jumladan, talabalarning boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularning iqtidor hamda isteʼdodlarini qoʼllab-quvvatlash maqsadida “Zakovat” intellektual oʼyini, “Quvnoqlar va Zukkolar” koʼrik-tanlovlari, sportning futbol, voleybol, stol tennisi turlari boʼyicha “REKTOR KUBOGI” musobaqalari tashkil etildi.

“REKTOR KUBOGI” loyihasi doirasida 5 000 nafardan ortiq talabalar qamrab olindi va mazkur loyihani yuqori saviyada tashkil etish uchun institutning byudjetdan tashqari mablagʼlari hisobidan 60 000 000 soʼm mablagʼ yoʼnaltirildi.

Shuningdek, Ichki turizimni rivojlantirish maqsadida Respublikaning tarixiy viloyatlariga va qadamjolarga 12 marotaba sayoxatlar tashkil etildi. Institutdagi professor-oʼqituvchilar va ishchi xodimlar Kasaba uyushma qoʼmitasi tomonidan 2 marta Samarqand shahriga sayoxatga olib borildi.

Institutda yoshlar oʼrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida oʼquv yili boshida maxsus YOʼL XАRITАSI ishlab chiqildi va yoʼl xaritasi ijrosini taʼminlash maqsadida talabalar oʼrtasida jinoyachilik va huquqbuzarlikning oldini olish va Korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha institutda 32 marta davra suhbati, Giyohvandlikga qarshi kurashish boʼyicha 7 marta rasmlar tanlovi, talabalar turar joyida 29 marta profilaktik tadbirlar tashkil etildi. Mazkur tadbirlar doirasida 9500 nafardan ortiq talaba yoshlar qamrab olindi.
Respublikamizdagi tarixiy sanalar va Xalqaro bayram kunlari munosabati bilan 200 dan ortiq maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilib, tadbilar doirasida 10 000 nafardan ortiq talabalar qamrab olindi.

Yashil makon loyihasi doirasida Navoiy davlat pedagogika institutiga viloyat hokimligi tomonidan 2 gektar yer maydoni ajratildi. Institut tomonidan mavjud yerga 2000 ta koʼchat ekish ishlari amalga oshirildi.

Institut hududiga Yashil makon loyihasi doirasida 1300 ta koʼchat ekildi. Shundan 500 tasi mevali, 600 tasi manzarali, 200 tasi butalar hisoblanadi. Koʼchatlar doimiy ravishda sugʼorilib parvarishlanib kelinmoqda.

Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 30-sentyabrdagi 412-sonli buyrugʼiga asosan barcha oliy taʼlim muassasalarida Tyutorlar shtatlari joriy etildi.
Navoiy davlat pedagogika institutida 8775 nafar talabaga 65 nafar tyutor biriktirildi.

Tьyutorlar tomonidan oʼtgan oʼquv yili davomida Аxborot va murabbiylik soatlari, Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalarning xolidan xabar olindi.
Jaholatga qarshi maʼrifat, Profilaktik suhbatlar, Turizim sayoxatlari, tarixiy sanalar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʼtkazildi. 

Navoiy davlat pedagogika institutida ijtimoiy himoyaga muxtoj talabalar ham tahsil olmoqda. 29 nafar chin yetim talabalar, 12 nafar mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, 22 nafar Temir daftarga kiritilgan oila farzandlari, 120 nafar Yoshlar daftarlariga kiritilgan talabalar, 368 nafar yarim yetim (otasi yoki onasi vafot etganlar) talabalar, 229 nafar nogironligi boʼlgan talabalar.
Ijtimoiy himoyaga muxtoj talabalarni qoʼllab-quvvatlash uchun Navoiy davlat pedagogika instituti tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 585 – sonli qaroriga asosan 196 nafar talaba qizlarning shartnoma pullari toʼlab berish uchun Qoroqalpogʼiston Respublikasi, Toshken shahar va viloyat hokimliklariga tavsiya berildi. Tavsiya asosida Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan 87 nafar shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalarga 558.844.000 soʼm shartnoma pullari toʼlab berildi.

Ijtimoiy hayotda faol boʼlgan 67 nafar talabaga 138 000 000 soʼm mukofot pullari, 128 nafar talabaga 110,076,700 soʼm moddiy yordam, chin yetim talabalarga 108,397,600 soʼm moddiy yordam, Nogironli boʼlgan 229 nafar talabaga 547,295,600 soʼmlik pul mablagʼlari institut tomonidan toʼlab berildi.

Bugungi kunda Navoiy davlat pedagogika institutida talabalar oʼrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning olidin olish maqsadida 2 nafar profilaktika inspektorlari xizmat olib borishmoqda. 2022-2023 oʼquv yili davomida inspektorlar tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirldi.

- Navoiy viloyat hokimligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Viloyat prokuraturasi, IIB, Аdliya boshqarmasi va Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi;

- institutda ijtimoiy maʼnaviy muhitni sogʼlomlashtirishga qaratilgan 53 ta tadbirlar tashkil etildi;

- giyohqandlik va mast qiluvchi moddalar isteʼmolini oldini olishga qaratilgan 25 ta tadbir tashkil etildi;

- korruptsion holatlarni oldini olishga qaratilgan 30 dan ortiq targʼibot tadbirlari tashkil etildi;

- jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan

25 dan ortiq targʼibot tadbirlari tashkil etildi;

- yoʼl transport hodisalarini oldini olishga qaritlgan 15 dan ortiq targʼibot tadbirlari tashkil etildi;

- Psixologik testlar natijasida aniqlangan 12 nafar talabalar bilan alohida suhbat oʼtkazildi;

- 470 ta guruhlarda ota-onalar yigʼilishi oʼtkazildi;

- tyutorlar tomonidan 12 marta tungi reydlar tashkil etildi;

- Viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda TTJ va ijarada yashovchi talabalar xonadonlarida 17 marta oʼrganishlar oʼtkazildi.

 
2022-2023 oʼquv yilida Navoiy davlat pedagogika instituti tomonidan erishilgan yutuqlar 

1 nafar – Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori;

10 nafar talaba Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor stipendiyalar sovrindori;

1 nafar – Sarimsoqov nomidagi stipendiya sovrindori;

1 nafar – Oʼzbekiston Respubdikasi Prezidenti granti sovrindori;

Oʼzbekiston Respublikasi davlat madhiyasiga 30 yilligi munosabati bilan “Shuhrating porlasin toki bor jahon” shiori ostida oʼtkazilgan konkursda institutning xor jamoasi faxrli birinchi oʼrinni egallagan;

30 nafar - Universiada musobaqalari gʼoliblari;

31 nafar - Oʼzbekiston chempionlari;

9 nafar - Osiyo oʼyinlari chempionlari;

11 nafar - Xalqaro musobaqalar gʼoliblari;

4 nafar - Jahon chempionlari;

1 nafar - “Kelajak bunyodkori“ medali sovrindori;

1 nafar – Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 30 yilligi koʼkrak nishoni;

Munozara turnirining Respublika bosqichi 1-oʼrin;

1 nafar Fizika fanidan Respublika fan olimpiyadasi 1-oʼrin

1 nafar “Mard oʼgʼlon“ davlat mukofoti sovrindori.



Report Page