NAVBAHORLIKLAR MUAMMOSI O‘RGANILDI

NAVBAHORLIKLAR MUAMMOSI O‘RGANILDI

@adliyangiliklari

Navbahor tumanining 4-sektor hududi “O‘zbekiston” mahallasida kengaytirilgan tartibda sayyor qabul tashkil etildi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan qabulda tuman hokimi va barcha sektor rahbarlari ishtirok etishdi.

Aytib o‘tish kerak, bugungi kunda 4-sektor hududida  7 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud. Navbatdagi muloqotda “Navbahor”, “Mirzo Ulug‘bek”, “Burqut”, “Sarbazor” mahallasi fuqarolari qatnashishdi.

Qabulga kelgan fuqarolarning muammosi turfaxil. Kimdir salomatligini tiklash, kimdir uy-joy olish, kimdir bandlik, yana birov mehnat va oilaviy munosabatlarda huquqlarini tiklash istagida. Zarina Bekova ham ipoteka krediti olish masalasida murojaat qildi. Bir necha oydan buyon shu masalada ishi hal bo‘lmayotgan fuqaro huquqiy tushuntirishlardan so‘ng kerakli hujjatlarni hozirladi.

Salima Ashurova ijtimoiy kam ta’minlanganlar ro‘yxatida turadi. U qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish maqsadida imtiyozli shartlarda yer olish bo‘yicha murojaat qildi. Fuqaroning ishi tegishli tartibda o‘rganilib amaliy yordam ko‘rsatildi.

Sayyor qabul davomida yo‘l, uy-joy ta’miri, mehnat munosabatlari, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, bank-kredit masalalarida ham bir qator murojaatlar kelib tushdi.

Shundan so‘ng fuqarolarga,haydovchilik guvohnomasini almashtirish, mobil ID tizimiga identifikatsiya qilish, e-auksionda ishtirok etish, tibbiy ma’lumotnomalar olish bo‘yicha 10 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Report Page