NATIJALAR

NATIJALAR

OCHILOV SH.




Shunaqa odamlarni yaxshi ko'raman. Loyiha boshida ixlos qilib kelishdi va qunt bilan o'qishdi. Shu odamlardan "men o'tamanmi, nima bo'ladi, kim ketgan o'zi?" degan ma'no-mantiqsiz savollarni eshitmadim. Imtihondan o'tish-o'tmasligizni faqat siz o'zingiz bilasiz. O'qisangiz o'tasiz, o'qimasangiz o'tmaysiz. Oddiy narsa-ku bu. O'zi kimdir shunaqa savol bersa, men shu zahoti hammasini tushunaman. Demak bu odam yaxshi o'qimaydi, dangasalik boshlangan. Endi esa vijdon qiynab, o'ziga shubha paydo bo'lgan. Endi mendan "ha opa siqilmang, zo'r bo'ladi, o'tib ketasiz" degan gapni eshitishni va shu bilan vijdonni tinchlantirishni xohlashadi. Ammo lekin biroq... 


Hammasi aslida juda oson. Biz bergan ma'lumotlarni o'rganish umuman qiyin emas. Ozgina qunt kerak xolos. O'qisangiz hammasi oson, o'qimasangiz tabiiyki qiyin. O'zi ko'p narsani biz o'zimiz qiyinlashtiramiz. Bir kunda 24 soat bor, shuni 2-3 soatini oilangizni kelajagiga sarflasangiz nima qiladi? 


Oybek bilan Zarnigorga shaxsan o'zim bir necha oy dars berdim. "Uzur kecha uyga mehmon keldi, ishim chiqdi, bolalarga qarashga odam yo'q" degan bahonalarni biror marta eshitmadim. Siz ham avvalo PRIORITY (siz uchun hozirda eng muhim maqsad) nima ekanligini aniqlab oling. Xo'sh, siz uchun priority nima? Aniqlagan va bir qarorga kelgan bo'lsangiz, unda qolgan hamma narsadan vaqtinchalik kechib faqat o'qib bilim oling. Kerak bo'lsa tarki-dunyo qiling. Biz bergan ma'lumotni 4-5 oyda o'qib o'rganish yoki 15 yilga cho'zish faqat sizga bog'liq.


Mana shu ikki yoshga hozir havasim keldi. Endi ular faqat intervyudan o'tib viza olishsa bo'ldi. Eng qiyini ortda qoldi. Bu kunga kelguncha oz-muncha mehnat qildikmi.


Report Page