"NASAF IMKON ORZU" MCHJ
@Karshi777Shirinliklari
MO'JIZA 777 Shirinliklar brendi ostida faoliyat yuritib kelayotgan qandolat fabrikasi , bundan 21 yil muqaddam ushbu qandolat fabrikasini oilaviy yo'lga qo'ygan edi. Ushbu fabrikaning mahsulotlariga bo'lgan talab va takliflar kundan kunga ortib bordi va 2016 yilda ilk bor, o'z savdo do'konini ochishga muyassar bo'ldi.

Shirinlik xo'rrandalarini 150 dan ortiq turli tuman sifatli va halol mahsulotlari bilan xammani mamnun etib kelmoqda.

Qandolat fabrikasiga bo'lgan talab va istaklarni inobatga olgan holda 2017 - yilda xorijiy davlatlardan yetuk mutaxasislarni yurtimizga taklif qilib ulardan o'ziga xos yangi shirinliklar ishlab chiqarish sir sinoatlarini o'rgandi.
Prezident va xalqning yuksak ishonchi bilan TASHABBUS 2018 ko'rik tanlovida yoshlarimiz uchun eng ko'p ish o'rinlari yaratgan tadbirkor nominatsiyasida g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Bundan ruxlangan qandolat fabrikasi shirinlik turlarini ko'paytirib, shijoat-g'ayrat bilan 250 dan ortiq shirinlik va non mahsulotlarini O'zbekistonning barcha viloyatlariga export qilib yetkazib kelmoqda.



Xalqning xolisona baxolashi evaziga 2019 -yilda ham mehnatlari besamara ketmadi ushbu fabrika TASHABBUS 2019 tanlovida ham yilning eng yaxshi mahsuloti nominatsiyasi g'olibiga aylandi.

Shu bilan cheklanib qolmagan fabrika 2020- yilda ikkinchi bor xorij davlatlaridan, xususan Eron davlatidan yetuk mutaxasislarni shirinliklarini turi va sifatini yanada oshirish maqsadida ikkinchi bor yurtimizga jalb etdi.

Mo'jiza 777 shirinliklari qandolat fabrikasiga bo'lgan ishonch va shirinliklarni sevib iste'mol qiluvchilar kun sayin ortib bormoqda, bu esa o'z navbatida fabrikani yanada ruhlantirib kelmoqda.


Biz bilan birga bo'lishda davom eting. Ishonchingizni oqlash uchun esa tunu-kun xizmatdamiz.


Mo'jiza 777 Shirinliklarida Qashqadaryo viloyatining barcha tuman va shaxarlariga yetkazib berish (dostavka)xizmati ham mavjud.
