My dad is Park Jimin

My dad is Park Jimin

💜
My dad is Park Jimin

#New_fanfic

#14qism


          𝐌𝐲 𝐝𝐚𝐝 𝐢𝐬 𝐏𝐚𝐫𝐤 𝐉𝐢𝐦𝐢𝐧🖤⛓


Luna mashinasiga o'tirib universitetga yo'l oldi. U jaxl bilan mashinadan tushar ekan uni kutib turga juft ko'zlarga ham qaramay eshik tomon yura boshladi...

Luna (manimcha vaziyatga tushadigan rasm topdim😌)

Taehyung: Hoy Luna, meni ko'rmadingmi?) Yigit Lunaning ketidan ohista qadamlar tashlay boshladi. Luna esa Taehyungga hatto rqa o'girib ham qaramadi. Bu Taega biroz g'alati tuyuldi.


Taehyung: Luna men senga gapiryapman. [ u qizning qo'llaridan tutib oldi ] Hoy yaxshimisan? Nega yanoqlaring qizil?) Tae gapirar ekan sekinlik bilan Lunaning yanoqlarini barmoq uchida silab qo'ydi. Luna esa bir burchakka ko'z uzmay qarab turardi.


Taehyung: Luna gapirasanmi yoki o'zim surishtiraymi? Lekin tagiga yetsam oxiri yaxshilik bilan tugamaydi. Seni hafa qilganlarning barini yer bilan bitta qilaman.


Luna: Taehyung mening jaxlim chiqyapti. Juda ham alamzadaman. O'zimni bosa olmayapman. O'zimni boshqara olmayapman. Charchadim... charchadim mehrsizlikdan.) Taehyung Luna qattiq bag'riga bosdi.


Taehyung: Azizam bo'ldi tinchlan hammasi yaxshi bo'ladi...

Taehyung

Darslar boshlandi va har doimgidek tugadi. Bugungi kun ham shunchaki oddiy tarzda o'tdi. Luna dars bo'yi na ustozga quloq solardi na Taehyung bilan suxbat qurardi. Taehyunga ham qizni ortiq so'roqlamadi. "Biroz tinchlanib so'ng men bilan dardlashar..." degan fikrda unga indamadi.


Taehyung: Luna balki bugun qayergadur borarmiz. Kecha mehmonda ekanligingni aytgan eding.


Luna: Taehyung iltimos hafa bo'lma. Bugun ahvolim yaxshi emas. Maylimi keyinroq borsak. Hozir yagona istagim yumshoq yotog'imga tezroq yetib olish.


Taehyung: Yaxshi.) Taehyung mayin jilmayib qo'ydi. Tae Lunani eshigining tagigacha kuzatib qo'ydi. So'ng ikkalovi ham hayrlashishdi. Luna ichkariga kirganida qarshisida endigina kastyumini yechayotgan yigitni ko'rdi. Unga parvo qilmay doimgidek oshxonaga suv ichish uchun kirdi. Qiz muzlatgichdan uch tortta muz olib stakanga soldi va ustidan gazli suv quyib icha boshladi. U telefoniga qarab ichimligini ichar ekan bo'ynida qaynoq nafasni his qildi.


Luna: Jimin nima qilyapsiz?

Jimin: Menimcha nima qilayotganimni ko'rib turibsan.) Jimin ohistalik bilan Lunaning bo'ynidan qaynoq bo'sa oldi.


Luna: Bas qiling !!!) Luna bu bo'sadan seskanib ketib tipirchilay boshladi. Jimin esa bundan bezovta bo'ldi va qoshlari chimirildi. U Lunani itarib yuborib stolga qattiq musht tushira boshladi. Jimin qattiq g'azabda ekanligini biroz qizg'ish yuzlaridan sezib olish qiyin emas edi.


Jimin: Nega Luna?! Ayt nega menga bunday munosabatda bo'lyapsan. Endi meni sevmaysanmi? Nima senga sevib qolib so'ng o'zingni huddi orada hech narsa bo'lmagandek tutish onsonmi? Javob ber !!!) Jimin shunchalar g'azab to'la ko'zlari bilan Lunaga teshib yuborguday qarab gapirardi. Luna esa Jimin uni itarib yuborganida boshini stolning qirrasiga urib olgandi. U qo'llari titrab qo'llarini sochlari orasiga olib bordi so'ng ularga qaradi. Qon... Lunaning boshi jarohatlandi. Luna o'rnidan bazo'r turdi.

Jimin (Lunani o'ziga bog'lab qo'yuvchi nigohlar😂)

Luna: Sizdan nafratlanaman. Aslo kechirmayman. Eshityapsizmi hech qachon.) Qiz ko'zlarida yosh bilan Jiminga qarab o'shqirdi va yugurib xonasiga kirib ketdi. U hammomga kirib yeg'lagancha yuz qo'lini yuva boshladi.


Jimin: Aysh men ahir nimalar qilyapman. Jin ursin seni Jimin. Unga qo'l ko'tarmasligim kerak edi. La'nati nimalar qilib qo'ydim.) Jimin boshini ushlagancha o'ziga o'zi gapirardi o'ziga la'natlar o'qirdi.


Luna yuvinib chiqib har doim ishlatadigan hushbo'y iforli atirini sepib oldi so'ng boshiga malham surta boshladi. Qiz sochlari orasidagi bilinar bilinmas jarohatga malham surtarkan ko'zlari ish stolida ikki kundan buyon qo'l tekkizilmagan o'sha fleshkaga ko'zi tushdi.


Luna: Balki buni ochib ko'rish vaqti kelgandr...) Luna oldiga shaxsiy notebookini olib keldi va fleshkani tiqti. Undagi videoni ko'rar ekan ko'zlaridan yoshlar oqa boshladi.

____


Eshik ochildi. Inve uy ichkarisiga kirib Jiminni qidira boshladi. Chunki Jimin allaqachon barvaqt uyga kelishini unga aytib qo'ygani. Shu sabab Inve ham vaqtli offisdan chhiqib ketishni rejalashtirdi. Ular indinga bo'ladigan bazm ya'ni Lunaning tug'ilgan kuni uchun uyushtirilayotgan bazm haqida bafurja gaplashib olishmoqchi edi. Inve xonasiga kirdi. Jimin yo'q. Ha Jimin boyagi ishdan so'ng ko'chaga chiqib ketgandi.


Inve: Yaa bu yaramas o'zi bazm uyushtirmoqchiyu yana uyda yo'q. Buni qanday tushunish mumkin. Aysh Jimin Jimin.) Inve dush qabul qilib chiqdi va kiyimlarini o'zgartirib Lunaning xonasi tomon qadam tashlay boshladi.


Qadam tovushlari tobora yaqinlashib borar ekan, Luna bu kim ekanligini darrov angladi. U ko'z yoshlarini artdi so'ng notebookni tars yopib yostig'i tagiga yashirdi. Eshik ochildi.


Inve: Hey qiz menga qara. Indinga tug'ilgan kuning bo'lgani uchun bayram uyushtirilyapti. Xursand bo'lma buni men emas Jimin hoxladi. O'zingni odobli tutmasang avvalgidan qattiqroq jazo seni qarshilab oladi.) Inve ensa qotirib gapirardi.


Luna: Yaxshi.) Inve hatto qizining bir og'iz gapini ham eshitmay chiqib ketdi. Luna uhh tortib korovatiga yotib uyquga ketdi.


Ertasi kuni ham kun odatiy o'tdi. Lekin Jimin o'sha ketgani bo'yicha hali hamon qaytmagandi. Bazm uchun tayyorgarliklar avjida edi. Hizmatkorlar soni oshgan va hamma yugurib yuribdi. Luna esa umuman xonasidan chiqmay o'tirdi. Bechora qiz ko'z yosh to'kaverganidan ko'zlari biroz shishib ketgandi. Mana bazm kuni ham keldi...


Davomi bor...










Pov me:

Obunachila mana yana bitta qism. Maroqli mutolaa tiliman. Kamentlani va reaksiyalani ayamela. Bu safargi qismi kam. Buni bilaman. Chunki final juda yaqin. Keyingi qism final bo'lishi kutilmoqda. Agar komment yana kam bo'sa yana bir haftagacha cho'zib tashiman. Final haqidagi fikrilani kutib qolaman.







Bu man yani Yuna😌💜








#By_Yuna

@Saturn_fanfic

Report Page