" My Memory "

" My Memory "

Fanfic by: Jina . 18 - qism .

- salom yoqimtoy .... - Chaeryoung doimgi yoqimli ovoz va yorqin tabassum egasini kulib qarshiladi .

- sengayam salom Bam...

- ohhhh.... - yigit tezda yuragini ushladi .

- tinchlikmi ?

- faqat sen ismimni shunday chiroyli talaffuz qilasan ...

- qanday ? - Chaeryoung yigitning o'zi kabi yoqimli harakatlariga mahliyo bo'lgancha jilmaydi .

- boyagiday... Bammm.... deya . - Bam Bam qo'llarini ko'ksi ustiga qo'ygancha ko'zlarini yumdi .

- hamma seni shunday chaqiradiku .

- yoq , sen baribir boshqacha aytasan . Bilasanmi , shu lahzalarda 82 bahorni qarshilagan tailandlik buvim yaxshiyam ismimni Bam Bam qo'ygan ekan deb xursand bo'lib ketaman ...

- ohhooo.... Seni 82 yoshli buving bormi ?

- aslida yo'q . Ya'ni ... tirik bo'lganlarida 82 yosh bo'lardilar ... Bechoragina qari buvim... doim meni ko'rganlarida ohhhh mening ayiqcham deb qisilib havo yetmay qolguncha qo'llari orasida ezib quchoqlardilar...- Bam Bam teatr aktyori kabi ko'zlarida tayyor bo'lgan soxta yoshlarini yengiga artib qo'ydi .

Bam Bam ( Got7 )

- tentak.... - Chaeryoung xandon otgancha yigitning yelkasidan turtib qo'ydi .

- xullas asosiy maqsadga o'tsam . Bugun tarixiy sana . Mening volidam bo'lmish tailand qirolichasi Kanlaya dunyoga men kabi betakror va takrorlanmas tuhfani taqdim etgan kun .

- ya'ni....

- ya'niiii.... - Bam Bam qizga qoshlarini ko'tarib ishora qila boshladi .

- bugun tug'ilgan kuningmii ... - Bam Bam tabassum qilgancha bosh silkidi .

- m-meni kechir .... bilmagandim .

- shhhhh.... Bunaqasi ketmaydi . Kechirim bilan ish bitmaydi . Shuning uchun aybingni bugungi tug'ilgan kunim uchun uyushtirayotgan bayramga kelish bilan yuvasan ....

- lekin....

- hech qanaqa lekin pekinlar qabul qilinmaydi .... Manzilni senga yuboraman , kechki payt ko'rishamiz .... - Bam Bam ortiga qaramay quloqlarini yopgancha vaysab eshik oldiga bordiyu , birdan to'xtab ortga o'grildi .

- unutma... Sen kelmasang bugun shamlar o'chirilmaydi ....

Yigit yana tabassum qilgancha ko'zdan g'oyib bo'ldi . Chaeryoung yigitning ortidan tikilib turar ekan , hayotiga zimdan kirib kelgan bu ikki quvnoq , doimiy kulgularining beminnat sababchilari bo'lgan yigitlar , hech kimni kiritishni xohlamaydigan hayotining bir qismiga aylanib ulgurganlariga yana bir bor amin bo'ldi .

Hozir yoqimli ammo yakunida alamli armonga aylanuvchi bu ro'yolar ayni vaqtda u uchun hayotining so'nggiga qadar eslab tabassum qilishga arzigulik xotirlarni xadya qilayotgani achchiq haqiqat!

Chaeryoung ( ITZY )

- Yoo xonim ... xonamga kiring .

Jimin telefonni qo'ydiyu , asabiy barmoqlarini qirsillata boshladi . Avval eshik taqqillab , qiz kirish uchun izn so'radi va xonaga kirdi .

- labbay direktor Park . - Sana doimgi mayin tabassum bilan Jiminga tikildi .

- haligii... Kecha . Meni ... uyga... siz olib bordinggizmi ?

- ha janob . - Sana hech nima bo'lmagandek jilmayishda davom etdi .

- mmm.... Raxmat . Xizmatchilar sizga yaxshi muomala qilishdi degan umiddaman... - Jimin biroz xijolat bo'lgancha sochlarini ortga taradi .

- menga klubdan chiqqan qizga qaragandek tikilishganlarini aytmaganda hammasi yaxshi edi . - Sana hazilomuz kuldi .

- ko'p valdiramadim deb ....

- yo'q janob , o'ylaganinggizdan ham ko'p gapirdingiz va eslay olmaydigan darajaga yetguncha bo'kib ichganinggizni tasdiqlayman .

- ayyysshh.... - Jimin boshini siqqancha stolga egildi .

- ammo , ichgan paytingiz xuddi yoqimtoy kuchukchalarga o'xshab qolarkansiz

- nima ?

- hazil....

Jimin ham qiz barobar kulib yubordiyu , yana tezda jiddiy qiyofaga kirdi .

- agar... Boshqa gapingiz bo'lmasa...

- ha , bemalol , chiqaverishingiz mumkin . Haligii... Sana...

- agar yana ishdan keyin bo'sh ekanligimni so'ramoqchi bo'lsangiz , bugun anchagina kech ketaman .

- yo'q... - Jimin xijolatli kuldi . - o'zim... Shunchaki ... ketaver .

Sana bosh egdiyu , xonadan chiqdi . Chiqishi bilan yo'lakda Kaini ko'rib tezda oldiga yugurdi .

- janob.... biroz shoshmang .

- nima ? - yigitning Sanani ko'rganidan xursand emasligi yuzidan ma'lum edi . Negaligini bilmaydi ammo oxirgi paytlar , Kaining munosabati Sanaga anchagina sovuq edi .

- Rose xonimni xonalaridan topa olmadim... Balki siz bilarsiz deb...

- nega uni qidirib qolding ?

- shunchaki ...

- u bugun ishga kelmaydi . Mobodo anovi kursidagi xudbin ham uni so'rab qolsa tobi yo'q ekan deyishni unutma !

Sana ( Twice )

- hammasi tugadi .... Hammasi tamom . Tugadik eshityabsizlarmi .... Tugadik !

Yoshi qirqlarga yaqinlashib qolgan , to'rtburchak yuzli , sochlarini ortga tarab olgan erkak atrofi oynalar bilan qoplangan xoreografiya xonasida tinmay uyoqdan buyoqqa asabiy qadam bosar . Dam qizargan yuzlarini siqar, dam sochlarini kaftlari orasida siqib , tinimsiz atrofida bosh egib turgan odamlarni kurakda turmas so'zlar bilan haqorat qilishda davom etardi .

Menejrlar bilan bir qatorda tizilib turgan sakkiz yigit esa ko'zlarida aylanayotgan achchiq ko'zyoshlarni chiqarishga ham qo'rqib , ahyon ahyon boshlarini yuqoriga qaratib chuqur nafas olib qo'yishardi .

- Bangchan .... Qanaqasiga uni ko'zdan qochirding ... Guruhni tuzish ham ularga boshchilik qilish ham senga ishonib topshirilgan . Ammo seni beetiborliging tufayli bugun bir axmoq o'zini hech o'ylamasdan 14 - qavatdan tashladi ... - yigit bazo'r tomog'iga tiqilib turgan ko'zyoshni yutib , boshini eggancha sukut saqlashda davom etdi .

- bundan keyin nima bo'ladi bilasanmi.... ? Yangiliklarning bosh sarlavhasida JYP entertainment tashkil qilgan yangi yigitlar guruhining 19 yoshli a'zosi debyut e'lon qilinishiga sanoqli soatlar qolganda o'zini kompaniya binosining tom qismidan tashlab , joniga qasd qildi . Bunga sabab nima ? Kompaniya stajyorlar uchun tuzgan qattiq tartib va qiyin mashg'ulotlar , yigit bunga chiday olmagan ..... K-kamigaaaa u deputat Minning o'g'liiii ...... - erkakning baqirig'i butun xonadan jaranglab ketdi .

Park Jinyoung

- Sizlar uchun qancha pul sarflaganimni bilasizlarmii o'ziiii..... Qanchadan qancha odam bugungi kun uchun mehnat qilganinichi....

- ..............

- katta zarar ko'rdik . Kompaniya nomiga dog' tushdi . Bizda o'zimizni oqlash uchun hech narsa yo'q.... Yetmaganiga uning otasi arzandasining o'limi uchun bizni ayblamasa bo'lgani ....

- ammo janob.... - Bangchan duduqlangancha gap boshladi . - Felix bunday qilolmasdi .... U debyut uchun hammadan ko'ra ko'proq harakat qildi ... Bu kun kelishini ..... Men uni yaxshi bilaman ....Unda o'z joniga qasd qilish uchun hech qanday sabab yo'q edi .... - yigit to'xtatolmay qolgan ko'zyoshlarini tezda artib tashladi .

- unda men axmoqman shundaymi... ? O'sha tirmizak tomda yolg'iz bo'lgaaannn ! Kirish , chiqish , lift va qavatlarga o'rnatilgan kameralar bu lanatini tomga yolg'iz chiqqanini , undan avval ham keyin ham hech kim bormagani va ortga qaytmaganini ko'rsatib turibdi . Yoki uni kompaniya arvohlari tomdan itarib yubordimikin aaa ? Gapirrrr .....

Erkak bor ovozi bilan baqirib , sochlarini g'ijimlagancha yerga cho'kkaladi . Besh daqiqa yuzini kaftlari orasida yashirib turdiyu , sekin o'rnidan turdi.

- menejr Lee....

- eshitaman janob

- telekanallarga xabar ber .... Barcha efirdan guruhning belgilangan debyut klipi olib tashlansin . Albom uchun oldindan olingan buyrutmalarni ham , Music showlardagi chiqishlarni ham bekor qilinglar .... Guruh uchun tayyorlangan savdo belgilarini chiqarishni ham to'xtating .

Erkak og'ir qadamlar bilan eshikka yuzlanar ekan sekin ortga o'grilib , unga hadik bilan tikilib turgan yigitlarga qahrli nigohlarini tikdi .

- endi debyut haqida unuting!

Xona eshigi yopilishi bilan barcha ushlab turgan ko'zyoshlariga erkinlik berdi . Ammo savol bor . Nima uchun ko'zyosh to'kishyabdi o'zi .... Ukalaridek qadrli bo'lib qolgan , deyarli oila azolariga aylangan yigitning vafoti uchunmi .... Yoki bir necha yildan beri tunni kunga ulab tinimsiz harakatlar bilan kutgan debyutlariga bir qadam qolganda , barchasidan ayrilganlari uchunmi ....

- kechir meni .... Kechir Felix ... Seni bu yerga olib kelmasligim kerak edi .... Barchasiga men aybdorman ....

Bangchan ( Stray kids )

- ohhh... Minaa . Nihoyat kelding . - Dahyun qizni ko'rishi bilan quvongancha o'rnidan turib unga quchoq ochdi.

Qiz avval Dahyunga boshdan oyoq razm solib , kulib qo'ydi va stulni tortib qizning qarshisiga joylashdi . Ikki dugona o'rtasidagi quyiqqina so'rashuvdan keyin Dahyun ko'zlari chaqnagancha qizning qo'llaridan ushladi .

- xo'sh.... Sendan so'ragan narsamni topdingmi ?

- anchagina o'zgaribsan ... Kiyinishing ham boshqacha , chiroyli bo'lib ketibsan ..

- Mina... gapni burmasangchi . Senga savol berdim . - qiz o'tkir nigohlarini unga tikib turar ekan , gapida davom etdi .

- Dahyun , nimalar qilyapsan ? Bu dori senga nega kerak bo'ldi o'zi ?

- bu meniki emas . Qo'rg'on xoniminiki , shunchaki qiziqdim , endi gapni chaynamay ayta qolsangchii....

Mina qizga ishonqiramay turdiyu , sumkasidan Dahyun yuborgan shishachadagi bir nechta dorilarni olib qo'ydi .

- bu Novinet . Bu dorini ayollar xomlador bo'lmaslik uchun ichishadi . Uni istalgan shahar yoki tumanda shifokor retseptisiz dorixonalardan topish mumkin .

Minaning gaplaridan so'ng Dahyunning ko'zlari kattalashib ketdi . Hayratini yashira olmay lablarini qo'llari bilan to'sib biroz turdiyu , xandon otib kulib yubordi .

- eh xudoyim..... Ishona olmayman . Nahotki .... nahotki bu ayol ... oxxx ko'zlarimga ishonmayman . O'zimga tasanno . Bu dori bilan o'sha oyim tillani o'z nog'oramga o'ynatmasammi ..... Taehyung bu yangilikni eshitishi bilan juda xursand bo'ladi .

- Dahyun , menga qara... Agar kimningdir oilasini buzmoqchi bo'lsang ...

Mina ( Twice )

- oila... Qanaqa oila ? Jaehyun uchun bu soxta ko'rinish oila bo'lsa ham , Aera uchun bu oila emas , tutqunlik .

- kim ular o'zi ? Sen nega ularning hayotiga suqilyapsan ?

- ularmi ? Ular men ishlayotgan qo'rg'on egalari ... Agar men ularni ajratib yuboradigan yaxshiroq sabab topsam juda katta pul olaman , eshityabsanmi .... Juda katta miqdorda pul . Keyin bu pulga umrning oxirigacha , bekamu ko'st yashayman.

- Dahyun meni qo'rqityapsan... Bir necha o'ram harom pullar uchun kimningdir oilasini buzmoqchimisan ? Axir bu gunoh... Sen bunday emasdingku ....

- Ha bunday emas edim... , ammo yaxshi inson bo'lib hech narsa topa olmadim . Ota onam aytganday qiz bo'ldim , chizgan chiziqlaridan chiqmadim . Hatto o'qishga ruxsat berishmasa ham rozi bo'ldim . Xo'sh nima topdim... E'tiborsizlik va kamsitilish ! Keyin esa ular mendek tekin tomoqdan osongina qutilish yo'lini tanlashdi . Hatto bir marta ham ko'rmagan insonimga turmushga berishmoqchi bo'lishdi . Senku o'zingni qutqarib o'qishga kirding, shaharda yashayabsan , menchi.... Bularga ko'nishim kerakmidi ? Hayotimning eng gullab yashnagan paytini fermada cho'chqalar orasida o'tkazishim kerakmidi ? Hech qachon . Men o'zimni bunday hayotdan qutqarish uchun xascho'p bo'lsa ham yopishaman . Ayniqsa Aera dek noshkur ayolning beqiymat oilasi men uchun hech narsa emas .

- Keyin afsus qilasan ....

- yo'q afsuslanmayman . Ishon bu hamma uchun foydali bo'ladi . Aera tutqun hayotidan qutiladi . Jaehyun esa sevgisiga arzimagan insondan . Taehyung sevgisiga ega chiqadi , men esa chiroyli kelajakka .... Qarabsanki hamma baxtli!

Dahyun ( Twice )

- shoshilmasangizchi... Hali yana 10 daqiqa vaqt bor . - Min xonim avval soatga so'ngra , televizorga qarab kulib qo'ydi .

- nimani kutyabmiz o'zi ... - Janob Min norozi to'ng'illadi .

- syurpriz .... O'g'lingiz bizga syurpriz tayyorlabdi .

- agar bu men bilgan Felix bo'lsa , uning syurprizi burnimizdan buloq bo'ladi .

- bu nima deganinggiz . Axir o'g'limiz biz uchun harakat qilyapti .... - Min xonim biroz xafa bo'lgandek erini turtib qo'ydi .

- bo'ldi gapirmadim .

- janob sizni so'rab kelishdi . - xizmatkor qiz biroz qo'rquv bilan sekin gapirdi .

- Kim ekan ?

- politsiya ofitserlari .

Janob Min politsiya so'zini eshitishi bilan qoshlari chimrilgancha o'rnidan turdi .

- Yoongini chaqirib tush . - janob Min qizga buyruq berib , yo'lakka chiqishi bilan bir nechta ofitserlarga duch kelib joyida to'xtadi . Min xonim esa ortiga bir qarab qo'ydiyu , yuzini yana televizorga burdi . Hozir u uchun eng muhimi o'g'lining syurprizi edi , hatto erini politsiya olib ketsa ham , uyini ostin ustun qilib tintishsa ham u joyidan jilmaslikka rozi edi . Ammo bilmas ediki , bu politsiya uning uyini emas , butun hayotini ostin ustun qilishga kelgandi.

- keling , xizmat ... - janob Min qo'llarini cho'ntagiga solgancha ularga peshvoz chiqdi .

- Men komissar ..... bo'laman . Siz Min Felixning otasisiz shundaymi ?

Min xonim Felixning ismini eshitib , o'rnidan sakrab turdi .

- Felix dedingizmi ? - ayol erining yoniga turgancha , ofitserlarga vahimali tikildi .

- Men senga nima degandim . Soatga qarachi menimcha 18 : 00 bo'ldi . O'g'lingning bizga tayyorlagan syurprizi bu menimcha ...

- Dada... nimalar bo'lyapti ... ? - yuqori qavatdan Yoongi erinibgina qadam bosgancha pastga tushib kelar ekan , ofitserlarga g'alati tikildi .

- nima bo'lardi o'g'lim , ukangni syurprizini qabul qilyapmiz . Xo'sh gapiring , kenjatoyim bu safar nima qilibdi ? Qaysi tungi klubni portlatibdi ?

Ikki ofitser bir biriga qarab qo'ydiyu , qo'llaridagi varoqni janob Minga tutqazishdi .

- og'lingiz JYP entertainment, ko'ngilochar kompaniyada stajyor ekanidan xabaringiz bormidi ?

- stajyor .... ?

- ha... idol bo'lish uchun .

- ha bilardim , deyarli .... Og'lim , yulduz bo'lishini aytgandi . Gapni cho'zmasangizchi , Felix qayerda , o'g'lim yaxshimi , unga hech narsa qilmadimi ? - Min xonim yuragiga oralagan allaqanday qo'rquvni hech bosa olmasdi .

Min Misun . ( Jeon Mi Sun . Actress)

- o'g'lingiz Min Felix , bugun soat 2 larga yaqin entertainment ning 14 - qavatdan o'zini pastga tashlab joniga qasd qilgan .

Qasd qilgan .... Birgina mana shu so'z orasida Min xonimning joni uzilgandek bo'ldi . Aqliyu , qalbi quloqlari ostida jaranglagan bu so'zni qabul qilolmas , hayollarida turgan g'alayonni hech tinchitolmasdi . Tanida titroq turib , qo'llariyu , oyoqlaridan mador qochgancha , holsiz devorga suyandiyu, yerga yiqildi . Bir zumda ko'zlariga yosh to'ldiyu , uni chiqarib , eshitgan gaplari rost ekanligiga ko'nganligini tan olishni istamadi . Ko'zlariga to'lgan bu yoshlardan atrofda nimalar bo'layotganini anglolmas , quloqlari eshitmasdi . Lablarida faqat iltijo , bari yolg'on bo'lsin .... Ular adashgan bo'lsin.... Axir .... Axir bu Felix .... U qanaqasiga o'z joniga....

Oraga cho'kkan Jim jitlikdan ofitserlar biron nima deyishga ikkilangancha oila azolarga birma bir ko'z yugurtirib chiqishdi. Janob Min va Yoongi bu xabardan bir zum shock holatiga tushishdiyu , tezda ofitserga savol yog'dira boshlashdi .

- a-aadaashyabsiz .... chog'i... Meni .... m-meni o'g'lim.... Felix.... - janob Min ko'ksini ushlab yiqilishiga Oz qolganda Yoongi uni suyab qoldi .

- Dada.... - Yoongi janob Minning qo'lidan ushladi . - Ofitser , b-bunga aminmisiz ? Bu aniq Felix ekanligini qayerdan bilamiz , balki .... adashayotgandirsiz...

- Wook jasadni ichkariga olib kiring .

Yoongi gapini tugatmay , ofitser buyrug'i bilan ikki yigit ichkariga qora salafanga o'ralgan jasadni olib kirishdiyu , sekinlik bilan yerga qo'yishdi .

- ukangizni yuzini tanisangiz kerak ...

- yo'q... Yo'q . Yo'q . Bu meni o'g'lim emas , bu narsani bu yerdan oling.... Meni o'g'lim ... menga syurpriz tayyorlayapti .... U menga .... menga vada berdi .... Kelamann... dedi .... Men bilan faxrlanasizlar dedi ... Bu o'g'lim emas.... Ochmanglar ... olib ketinglar... olib ketinglar... - Yoongi otasining qo'lini qo'yib yuborib , sekin yerga engashdi .

Jasadning yuzi ko'rinishi bilan Yoongi ko'ziga to'lgan yoshlarni yashirishga harakat qildi . To'g'ri ... u hech qachon Felixni yoqtirmagan . Ammo nima qilsa ham u uning jigari ... Uni bunday qonga belangan ahvolda ko'rish uchun ham og'ir edi . Bir zum unga tikildiyu , tezda o'zini ortga oldi .

- yyyyooooooqqqq ! YO'Q . YO'Q . YO'Q . O'g'limm...... - Min xonim sochlarini yumdalagancha , qattiq qichqirdiyu sudralgancha jasad yoniga bordi , qaltiroq qo'llarini o'g'lining yuziga tekkizolmay , uni bag'riga tortdi .

- o'g'limmm..... Felix..... bolajonimmm.... Senga nima bo'ldi ..... o'g'lim... - Min xonim sekin asta yigitning qizil qonga bo'yalgan tilla rang sochlarini siladiyu .... ko'ksi to'lgancha yana yig'lab yubordi .

- bo'lishi mumkin emas.... Bo'lishii... mumkin emas.... m-meni o'g'limmm... Bunday qilmaydi... Bun...day... qil...mayydi... - tobora Min xonimning ovozi pastladiyu , birdan ko'zyoshlari to'xtadi .

- yooqqq.... Meni o'g'lim bunday qilmaydi ... Bu meni o'g'lim emas... meniki emas...

Min xonim Felixning boshini yerga qo'ydiyu chayqalgancha o'rnidan turdi . Avval qarshisida turgan ofitserlarga , so'ngra allaqachon u barobar yerga suyanib qolgan eriga , Yoongiga va oshxona eshigi oldida unsiz ko'zyosh to'kayotgan xizmatchi ayolga qaradi .

- Yunaaa... - Min xonim tezda xizmatchining yoniga bordi . - yur televizor ko'ramiz . Bugun unda Felix chiqadi . O'g'lim menga televizordan salom yo'llaydi . - Min xonim sekin uning qulog'iga pichirladi . - o'g'lim yulduz bo'ladii.... Jiani ham chaqir . Birga ko'ramiz qani yur... Yura qol .... Yurr.... O'g'lim.... O'g'lim keladi .... vada berdi.... keladi .... Meni o'g'lim.... keladi ....

Min xonim oldinga qadam bosar ekan tobora sustlashib borayotgan ovozi bilan birga oyoqlaridan mador qochdiyu , xushsiz yerga yiqildi .

****************

- Men ishonmayman . Felixda bu ishni qilish uchun hech qanday sabab yo'q edi . Uni otopsiya topshiramiz . - Yoongi o'zini qo'lga oldiyu , ofitserlarga yuzlandi .

- janob bundan foyda yo'q .

- nega foyda yo'q ekan , balki ... balki kimdir uni ...

- suiqasd demoqchimisiz . Biz barcha tahminlar bo'yicha , hamma narsani tekshirdik . Kameralar Ukangiz u yerda yolg'iz bo'lganini ko'rsatadi ... Otopsiya bilan esa faqatgina marhumni qiynaymiz .

Min Yoongi ( Suga . BTS )

Atrofga allaqachon qorong'ulik cho'kkan . Shahar ko'chalarining chiroqlari lippillab yonmoqda . Yugyeom mototsiklni chetga saqlab , shlemni boshidan yechdi . Oxirgi marotaba qiz bilan uchrashishga kelishgan joylari ... Cho'ntagidan ikkinchi telefonini olib , uni yoqdi . Qizdan kelgan bir nechta javobsiz xabarlar....

Bir tomondan bu yoqimli .... Qayerlardadir kimdir seni sog'inib qidiryapti .... Ajoyib shunday emasmi ? Bu dunyodagi eng ajoyib hislardan biri aynan mana shu ... kimgadir kerak ekanligingni his qilish . Yugyeom sekin yo'l chetiga o'rnatilgan o'rindiqqa o'tirdi .

- demak shu yerga kelib o'tirgansan... Keyin esa yumaloq ko'zlaring bilan meni izlab ... o'ngga chapga qaragansan... Keyin esa kelavermaganim uchun o'rningdan turgansan .... - yigit sekin o'rnidan turdi . - nozik poshnalaringni yerga urgancha mana bunday qilib , lablaringni ishirib menga telefon qilishni boshlagansan....

Yugyeom qizga taqlid qilgandek oyoqlarini yerga urib kulib yubordi . O'zida paydo bo'lgan bu tentaklikning bir turi unga zavq berayotgani aniq edi . U sekin yo'l chetiga o'rnatilgan to'siqlar ustiga chiqib , qo'shiq xirgoya qilgancha dor ustida yurgandek sekin qadam bosa boshladi . Shu zaylda mototsikl tomongacha yurib bordiyu , tezda uni o't oldirdi .

Yigit niqobni yuqoriroq ko'targancha qo'rg'on yoniga yaqinlashar ekan , anchagina ko'payib qolgan qo'riqchilarni ko'rib , bir chetda to'xtadi . To'siqlar ortidan kerakli derazani ko'rish uchun oyoqlarini yuqoriroq ko'tardi .

Chiroq yoniq .... Avval bu chiroq u uchun hamma narsa edi . Bu chiroq qiz hali ham uni kutayotganligini , uni ko'rish uchun , ovozini eshitish uchun ... , hech bo'lmaganda uning qo'llaridan ushlab taftini his qilish uchun hali yana imkon borligini anglatardi . Ammo endi buning nima ahamiyati bor ? Avvalgidek kichik bir toshning zarbasi bilan qiz o'sha darchani ochar .... , Yugyeom uni ko'rar ham ... Ammo qanday qilib qizning ko'zlariga qaray oladi , unga eng kerakli paytida to'satdan g'oyib bo'lganini qanday izohlaydi ... Eng muhimi.... o'zining kim ekanligini unga aytishga kuchi yetadimi...

To'satdan telefon jiringlashi bilan Yugyeom tezda butalar ortiga o'tdi .

- yana nima deysan ? - Yugyeom asabiy qo'ng'iroqqa javob berdi .

- nega jazavaga tushyapsan ?

- nima gaping bo'lsa tezroq ayt .

- tilla qushchamiz qo'ng'iroq qildi ... - telefondan yigitning yoqimsiz xiringlashi eshitildi . - narkotika o'z ta'sirini boshladi chog'i .... ovozi ham boshqacha eshitildi . Qo'g'irchoqni xumor tutyapti ...

- gapni cho'zma dorini qayerdan olaman ?

- Minsuk bilan gaplashib qo'ydim , dori allaqachon tayyor . Tezda uni yetkaz ... Qushchamiz qiynalmasina...

Telefon o'chishi bilan yigit uh tortgancha yana biroz o'sha derazaga tikilib turdi . Ammo u hatto oldinga bir qadam bosishga ham jurat etolmay ortga yurdi .

Yugyeom ( Got7 )

Bevaqt eshikning taqqillashidan Rose uni ochishga shoshildi. Avvallari hech bezovta qilmaydigan bu his hozir uni cho'lda suvsiz qolgan inson chashma topganday xursand qiladigan lanati dorini qo'llariga olishga shoshiltirdi.

- salom.... - Rose o'sha tanish va sovuq chehrani ko'rishi bilan engsa qotirdi .

- dorini ber ...

- uyingga taklif qilmaysanmi ?

- meni uyim senga.... - qiz gapini oxiriga yetkazmay , Yugyeom uni itargancha eshikni ochib uyga kirdi.

Yigit uncha katta bo'lmagan ammo ixcham va chiroyli , hatto shu ahvoligaham qaramay tartibli uyni muzey eksponati kabi tomosha qila boshladi . Rose bir zum uni asabiylashgancha kuzatdiyu , cho'ntagiga solib turgan qo'lidan siltab tortdi .

- tomosha qilib bo'lgan bo'lsang , dorini ber.....

- mmm..... Dori o'z tasirini o'tkazishni boshlabdida.... Avval telefon qilib chaqirmasding , mana bunday jazavaga ham tushmasding . - Yugyeom qizning qizargan ko'zlari va to'zg'igan sochlariga tikilgancha cho'ntagidan kichik qog'oz xaltachani chiqarib silkitdi .

- chunki sen avval kechikmasding .... Har doimgi vaqtdan ikki kun o'tib ketdi !

Rose Yugyeomning qo'lidan dorini tortib olib , yuvinish xonasiga kirgach , eshikni qulfladi . Yugyeom sekin o'rindiqqa suyandiyu uni kuta boshladi . Guldonda gullar.., ramkada suratlar.., yarim qolgan taom va stol ustida bir necha xil shirinliklar . Yugyeom ulardan birini og'ziga solib ko'zlarini yumgancha chalg'ish uchun qo'shiq xirgoya qila boshladi .

Oradan salkam bir yarim soat o'tar ekan Rose dan hali hamon darak yo'q . Yugyeom yuvinish xonasining eshigini o'ziga tortib ko'rgach , uni qattiq zarb bilan ura boshladi .

- hoooyyy.... Roseee..... Tirikmisan.... O'lib netib qolmadingmi ishqilib ? HOOYYYYY ...... Tilla qushcha.... meni eshityabsanmi o'ziiii...... Aloooooooo.....

Qiz eshikka gursillab urilayotgan zarblardan erinibgina madorsiz ko'zlarini ochdi . Avval yuziga tushib turgan sochlarini quloqlari ortiga oldiyu , sovuq polga cho'zilib qolganidan eti junjikib ketdi. Bir zum atrofga manosiz boqib turgach , eshikka suyangancha o'rnidan turib , yuzini yuva boshladi .

- lanati..... Qachon tinch qo'yadi o'zi bu meni.... - Rose g'inshingancha qo'liga sochiqni oldi .

Yugyeom bor og'irligi bilan eshikka o'zini ura boshlagach narigi tomondan qulfning buralgan ovozi eshitildi .

- pulini o'zing to'laganmisan ? Ho'kizga o'xshab o'zingni eshikka urishni bas qil!

Rose yigitni itargancha sochiqni bir chetga uloqtirib , o'rindiqqa o'zini tashladi va ko'zlarini yumdi.

- nega haligacha bu yerdasan ? Tezda uyimdan qorangni o'chir .

- endi xavotir ola boshlagandim , meni tinmay jerkib berayotgan ekansan , demak ancha yaxshisan....

- senga ket dedim , nega haliyam bu yerda turibsaaannn ? - Yugyeom qizning shusiz ham qizarib ketgan yuziga bir zum tikilib turdiyu , uning qarshisiga o'tirdi.

Rose ( Blackpink )

- mmm... Nega ? - yigit biroz mayus tortgancha ko'zlarini yerga tikdi . - Shunchaki ... kim bilandir suhbatlashishni xohlayman... va ayni damda menda sendan boshqa hech kim yo'q . - xonada qizning sekin va kinoyali kulgusi yangradi.

- tasavvur qil . Bir kuni hayotingga bir begona kirib keldiyu , sen uchun eng qadrli inson bilan tahdid qildi . Sen esa o'sha inson uchun , u aytgan barcha ishlarni so'zsiz bajarding . Ya'ni u sen uchun olib kelayotgan og'ularni xuddi konfet kabi yuta boshlading . U mana shu konfetlar bilan seni sekin asta azoblab qazilgan chox tomonga sudrab boryapti .... va to'satdan sen bilan suhbatlashishni xohlashini aytdi . Qiziq holat shundaymi... ? - Rose yuragida g'alayon ko'tarayotgan bor alamlarni nigohida aks ettirgancha yigitga tikildi .

- Mayli.... Roziman . Baribir men ham hozir xuddi sen kabi yolg'izman .... Men seni ... sen esa meni juda yaxshi taniydigan yagona odamlarmiz . Xullas! Sen bilan qanday mavzuda suhbatlashishim mumkin? Hol ahvol so'raymi ? Yoki..... Ha...Nechtasini umriga zomin bo'lding yoki nechtasining yostig'ini quritishga tayyorlanyapsan deymi ? - qizning gaplaridagi kesatiqlar uning kulgusida namoyon bo'lib turardi .

- shunchalar yomon inson bo'lib ko'rinyapmanmi ? - yigit xuddi onasidan maqotov eshitish uchun mo'ltirab turgan bola kabi qizning ko'zlariga tikildi.

- yomon... Yo'q .... Sen unday emassan. Shunchakii ... Jirkanchsan!

- maqtov uchun raxmat . Ko'nglim ko'tarildi...

Rose avvallari ko'zlarida faqat nafrat olovi chaqnab turuvchi yigitning nigohlarida ilk bor mayuslikni ko'rib , negadir g'alati bo'lib ketdi va undan ko'zlarini olib qochdi .

- xo'sh.... Nima topyabsan odamlarni azoblab? Shunchalar rohat bag'ishlaydigan ishmi yoki bu....

- rohat bag'ishlardi.... Avvallari ... Jasadlardan tomchilayotgan qonlar... qichqiriqlar... yolvorishlar... yig'i ovozlari... barcha barchasi , mana bu yerimdagi o'tni biroz bo'lsada so'ndirishga yordam berardi ... - Yugyeom mushti bilan ko'ksiga ishora qildi.

- bunday bo'lish uchun odamda yurak degan narsa yo'q bo'lishi kerak ... - qiz jirkangandek yuzini burishtirdi .

- haa... menda na yurak na maqsad bor edi... Yashash uchun , kurashish uchun menda maqsad yo'q . O'layotgan insonlarning ham , o'zimning ham hayotimning sariq chaqalik ahamiyati yo'q edi men uchun... Shunchaki o'limini kutayotgan bir darbadar edim...

- hozirchi....

- hozir .... Hozir yashagim kelyapti.... Go'yo o'tmishim bir tush bo'lsayu , uyg'onib oddiy odamlardek hayot kechirsam...

- bildim... Sen hatto jirkanishga ham arzimas ekansan. Shunchaki senga achinaman .... - Yugyeom qayta boshini ko'tarib qizga g'alati tikildi . - menku... o'z hayotim yakuni uchun o'zim qaror qildim . Senda esa hatto shu huquq ham yo'q . Yashashni istasang ham yashay olmaysan .... Xuddi iplarga tortilgan qo'g'irchoqqa o'xshaysan ... Tizginingni qaysi tomonga tortishsa o'sha tomonga ildamlaydigan oddiy qo'g'irchoqsan....

- aslida bu hayotta barchamiz iplarga tortilgan qo'g'irchoqlarmiz . Faqatgina yaqin insonlarimiz xavf ostida qolganda , biz... tizginni o'z qo'llarimiz bilan boshqasiga topshiramiz ..... Xuddi sen Jimin uchun tizginingni menga topshirganingdek .

Yugyeom ( Got7 )

- namuncha egasini kutayotgan buzoqday eshikka tikilding ?

Xoseok eshik yonidagi ustunga suyanib turgan Bam Bamning yoniga kelib yelkasidan durtib qo'ydi .

- Xoseokk... Qachon kelding ...

- tug'ilgan kun muborak chaqaloq ... - Xoseok kulgancha yigitni qattiq bag'riga bosib ortiga urib qo'ydi .

- endi siqilishni boshlagandim . Lutfan taklif etganlarim qolib , nomiga taklif etganlarim kelyaptimi deb ...

- ko'p bidirlamay sovg'ani och . O'zi avvaliga bir quti pampers va sut olaymi dedimu... Ota onang allaqachon ularni zaxiralab qo'ygandir deb shuni olaverdim...- Xoseok yigitning qo'liga moviy rangli zar qog'ozga o'ralgan sovg'ani tutqazdi . Bam Bam sovg'ani ochishi bilan yuziga keng tabassum yoyildi .

- ey xudoyimmm.... Bu axir kitobkuu.... Kitoobbb ! Hozir shu bilan kallangga bir solaymii.... - Bam Bam qo'lida qalin kitobni siqqancha uni yuqori ko'tardi .

- hoy .... Hoy nima , nima bo'ldi ?

- yo aytchi meni peshonamga bilimdon deb yozib qo'yganmi yoki eng yaqin do'stingdan pulni qizg'anyabsanmi ? Hayotda kitob o'qiganimni ko'rganmisan

- voyy xumpar.... tinmay Chaeryoungni yoniga suqilib , dars tayyorlaymizmi , dars tayyorlaymizmi deganingga odam bo'libsanmi deb quvonib o'tiribmana....

- agar bilsang men...

- kechirasiz ...

- hozir bir daqiqa shoshmay turing ...

Bam Bam ovoz kelgan tomonga bir qarab Xoseokka gapini davom ettirmoqchi bo'ldiyu , yana ortga o'grildi .

- Chaeryoung.... - yigit xuddi bir necha yil avval yo'qotgan yaqin insonini topganday ko'zlari chaqnab ketdi. Tezda qo'lidagi kitobni Xoseokka tutqazib , qizga peshvoz chiqdi . Xoseok esa avval qizga so'ngra uni ko'rganidan o'zida yo'q xursand do'stiga allaqanday yovqarash qildiyu , unga salom ham demay raqsga tushayotgan talabalar orasiga kirib ketdi . Chaeryoung bir unga orqa o'girib ketib qolgan Xoseokning ortidan qaradiyu , yana tabassum qilgancha Bam Bamga yuzlandi .

- tug'ilgan kuning bilan ...

- kelmaysan deb o'ylagandim...

- sen aytasanu kelmaymanmi ...- Bam Bam xuddi yosh bolalarday yuzlarini qo'llari bilan yopib kulgusini yashirdiyu , yana tezda jiddiy qiyofaga kirdi .

- qani ichkariga yur ...

- shoshma avval sovg'ani beray ...

Chaeryoung qo'lidagi sovg'ani yigitga tutqazdi .

- to'g'risi senga nimalar yoqishini bilmadim... Shuning uchun shuni olaverdim...

Bam Bam qiziqish bilan qutini ochdiyu , Xoseok sovg'asining ikkinchi nusxasini ko'rib bur zum hafsalasiz tikilib qoldi .

- n-nima... Senga yoqmadimi ?

- yo'q .... Yo'q . Menga juda yoqdi . To'g'risi bunday kitoblarni o'qishni juda yaxshi ko'raman , ayniqsa mana shu muallifning asarlarini .... faqat anchadan beri hech kim menga kitob sovg'a qilmagandi , shunga biroz hayratda qoldim... - yigit tabassum qilgancha qizni ichkariga boshladi .

Chaeryoung ( ITZY )

Klub atmosferasi .... Barcha yoshlarga bu yer albatta yoqadi . O'chib yonayotgan chiroqlar va qo'shiqning raqsbop ritmi insonga o'zgacha zavq berib harakatga boshlaydi . Davrani o'rab olgancha allaqachon yigit va qizlar qiy chuvni boshlab yuborgan . Stol atrofida esa faqat Xoseok , Chaeryoung va Siren qolgan ...

Xoseok shishalarni bo'shatish bilan ovvora bo'lsa , Chaeryoung davradagilarni zavq bilan kuzatib turardi . Siren esa hech bu ikkisini stol atrofida yolg'iz qoldirishni istamas , go'yo hozir u turib ketsa , ikkisi uchun ajoyib romantic muhitni yasab bergandek tuyilardi .

- senga Xoseokning yonida kamroq o'ralash demaganmidim ... - Chaeryoung Sirenni eshitmaganlikka olib e'tibor bermaslikka harakat qildi .

- hhh.... Shunaqa zo'rman degin ... Nima oramizda bo'lganlarni juda tez unutdingmi? - qiz ayyorona jilmaygancha , kipriklarini pirpiratdi .

Chaeryoung avval Xoseokka bir qarab qo'ydiyu , musiqa shovqinidan qizning qulog'iga egildi .

- unutmadim... Hech narsani unutmadim... Lucas bilan kelishib meni kiyinish xonasida suratga olganingni ham unutmadim ....

Chaeryoung qizning kattalashgan ko'zlariga qarab , gapida davom etdi .

- Men uchun hozircha Lucasga vazifalarni qilib berish qiyin emas ... Ammo men o'zim uchun dalillarni topib , sen va Lucasni bezorilik , inson shaxsiyatiga tegish va tahdid qilish uchun sudga bersam senga anchagina qiyin bo'ladi . Shuning uchun telefoningni ehtiyot qil , meni kuzatgancha...

Chaeryoung qizdan uzoqroqqa o'tib wayta stolga suyandi . Xoseok esa Chaeryoungga biroz qarab turgach , qo'ng'iroqqa javob berish uchun tashqariga chiqdi .

Xoseok ( J-hope . BTS )

Bam Bam raqsga tushayotganlar orasidan chiqib stolga qaytdi . U yerdan na Chaeryoung na Xoseokni topa olmagach , ularni qidirib atrofga ko'z yugurtirdi . Tashqariga chiqdiyu , telefonda kim bilandir gaplashayotgan Xoseokni ko'rdi . Ammo u yerda Chaeryoung yo'q .

- yaxshi . U yana tez orada yoningga boradi. Bizga ko'proq kerak bo'ladi deb o'ylayman

- Xoseok ... - yigit Bam Bamning ovozidan tezda telefonni o'chirdi .

- h-ha... Tinchlikmi ?

- bu yerda nima qilyapsan ...

- qo'ng'iroq bo'lgandi ... - Xoseok telefonga ishora qildi .

- Chaeryoungni ko'rmadingmi ?

- ichkarida Serin bilan o'tirgandiku...

- Serin bilan ?

Bam Bam tezda qizlarning yoniga borib Serinni surishtira boshladi . Albatta Serin bor joyda biron tinchlik bo'lmasligi aniq , ayniqsa Chaeryoung bilan....

- Serinmi ? Boyagina yuvinish xonasiga kirib ketdi ...

Qizning bu gapidan keyin , Bam Bam ning hayoliga turli xil yomon o'ylar kela boshladi . Yuvinish xonasi oldiga bordiyu , eshik oldida biroz turib , eshikni qiya ochgancha qizlarni chaqirmoqchi bo'ldi , ammo u yerda yigit kishining ham ovozini eshitib to'xtab qoldi .

- axmoqmisan .... To'g'ri o'zim o'zim topshirgan bo'lamanku ...

- qo'rqoqlik qilmasangchi...

- biz sen bilan faqatgina uni qo'rqitishga kelishganmiz... Suratlarni tarqatishga emas

- to'g'ri o'sha payt shunday edi . Ammo Chaeryoung bizni sezib qolibdi . Menga tahdid qildi . O'sha qiz niyatidan qaytmoqchi emasga o'xshaydi . Shunday turaversam u mendan Xoseokni tortib oladi - qiz jazavaga tusha boshladi .

- unda bu ishni o'zing qil . Men senga suratlarni qaytarib yuboraman...

- qanaqa surat haqida gapiryabsiz ?

Bam Bamni ko'rishi bilan Serin endigina qo'liga olgan telefonini yerga tashlab yubordi . Lucas esa tezlikda telefonini cho'ntagiga soldi .

- B-bam .... b-buyerda nima qilyapsan ... ?

- menga telefoningni ber ? - yigitning jiddiy nigohlarida Lucas Seringa nima qilay degandek tikildi .

- menga telefoningni ber dedim.

- nega endi senga berar ekanman ... - yigit o'zini chetga olishi bilan Bam Bam yigitni devorga itarib , cho'ntagini tita boshladi .

- Bam nima qilyapsannn.... - Siren uning qo'lidan tortqilashi bilan , Bam Bam uni ham bir chetga itarib yubordi .

- qo'lingni tort ...

Lucas ham qarshilik qila boshlashi bilan , Bam Bam mushtlashishga o'tdi . Ichida paydo bo'lgan qandaydir g'azab hozir uni o'ldirishga ham tayyor edi . U yigitning to'g'ri kelgan joyiga zarbalarni yo'llab , qo'llarini ortga qayrgancha cho'ntagidan telefonni oldi .

Bam Bam telefon ekraniga tikilib qolganini ko'rib Siren qo'rqqancha yigitga sekin yaqinlashdi .

- Bamm... Bam bilasanmi....

- Bu suratni kimmm oldiiii ? - yigitning baland va vajohatli ovozidan qiz qo'rqqancha qo'llari bilan quloqlarini yopib oldi .

*****************

- qayerda eding?

- tashqarida , nima edi ?

- menga qayerda ekanligingni umuman farqi yo'q . Bam seni qidirayotgandi ... - Xoseok qizga engsa qotirgancha , jahlini sochdi .

- menga bunday ....

Chaeryoung yigit barobar u bilan gap talashmoqchi bo'ldiyu , to'satdan yigit qizlarning qiy chuvi va , musiqaning tinchib qolganidan ortga o'grildi .

Yigit qizlar chetga qochib , bir birini kaltaklayotgan Bam Bam va Lucasni Jim kuzatishardi . Faqatgina Siren ko'zyosh to'kkancha ularni ajratishga harakat qilardi. Xoseok tezda Bam Bamning yoniga yugurib yelkasidan qisgancha yigitdan ajratishga harakat qildi .

- Bammm .... Aqldan ozdingmi , nima qilyapsan... ?

- nari tur... Aralashma .... - Bam Bam , Xoseokni o'zidan itarib , endigina o'zini o'nglashga harakat qilib o'rnidan turgan Lucasni qayta yerga yiqitgancha , yuziga qarata musht tushura boshladi .

- Bam nimalar qilyapsan , uni qo'yib yubor ...... - Bam Bam bu safar qo'liga yopishib olgan odamni ham bir chetga uloqtirmoqchi bo'ldiyu , uni Chaeryoung ekanligini ko'rib , yigitning yoqasini siqib turgan qo'llarini bo'shatdi .

Qonga to'lgan ko'zlarini qizdan uzmay o'rnidan turdiyu , uning ikki yelkasidan siqib o'ziga yaqinroq tortdi .

- Ch-chaeryoung ..... Menga rostini ayt . Bu ikkalasidan qaysi biri seni suratga oldi ?

- s-surat... ? - Chaeryoung gap nimada ekanligini tushunishi bilan ichida allaqanday qo'rquv uyg'ondi .

- Bam nimalar bo'lyapti o'zi tushuntirib bersangchi...

Bam Bam Xoseokka e'tibor ham bermay , avval yerda holsiz yotgan, yuzlari tilinib qon bo'lgan Lucasga , so'ngra bir chetda yig'idan titragancha qizarib turgan Seringa tikilib qolgan Chaeryoungning ko'zlarini o'ziga qaratdi .

- menga qara.... Ulardan qo'rqma , men yoningdaman . Menga ayt ular seni o'sha suratlarni tarqatib yuborish bilan qo'rqitishdimi .... ? Qaysi biri ? Seni biron nima qilishga majburlashdimi ....?

- Men......

Bam Bam ( Got7 )

- katta raxmat amaki . Mani haqqingiz...

Qiz ko'cha boshida mashinadan tushib , sekin asta atrofni tomosha qilgancha qo'rg'onga yo'l oldi . Allaqachon daraxtlardan qurib to'kilgan barglar oyoq ostida qordek g'ichirlaydi . Qiz uchun ko'cha chiroqlari yorug'ida bo'shab qolgan daraxtlar biroz qo'rqinchlidek ... ammo ular emas boshqa nimadir qizda g'alati qo'rquv tuyg'usini uyg'otayotgandi . Jia uy oldiga yaqinlashar ekan o'chib yonayotgan bir nechta politsiya sirenalarining chiroqlarini ko'rib , bir zum yuragiga g'ulg'ula oraladi . Qadamlarini tezlatib qo'rg'on oldiga keldiyu , eshikdan kirishga negadir yuragi betlamay turdi .

Bog' oralab qo'rg'on oldiga yaqinlashar ekan , avval mashina yonida sigaret chekkancha politsiya xodimi bilan asabiy bir nimalar degancha suhbatlashib turgan Yoongini keyin bir chetda to'planib turgan qo'riqchilarni ko'rdi .

- Jemin oppa... - qiz qo'riqchi yigitni sekin turtdi . - uyda nimadir bo'ldimi ?

Yigit qizga allaqanday achinish hissi bilan bir zum tikilib turgach , bosh chayqagancha qo'rg'onga ishora qildi .

- ichkariga kir ....

Jia yuragiga oralagan qo'rquvni unutishga harakat qilib , sekin ichkariga kirdi . Uy bo'm bo'sh ... ahyon ahyon kimningdir eshitilar eshitilmas past yig'isi quloqqa chalinadi . Qiz tezda oshxonaga yugurdi .

- oyi .... Oyi qayerdasiz....

Jia oshxonaga kirishi bilan finjonlarni patnisga terayotgan , yig'idan ko'zlari shishib ketgan onasini ko'rishi bilan kapalagi uchib ketti .

- Oyii.... sizga nima bo'ldi ? Yaxshimisiz...

Ayol qiziga qarab yana yig'lab yubordiyu , sekin bosh chayqadi .

- y-yaxshiman . ..

- oyii.... nega yig'layabsiz o'zi ? Tashqarida polit...

- Yuna.... - Jia Min xonimning ovozidan tezda ortga o'grildi . Doim yosh qizlardek ko'rinadigan Min xonimning lab bo'yoqlari yuziga surilib ketgan , ko'zlari osti qorayib , ancha shishib qolgan . Sochlari tartibsiz.... Go'yo u shu bir kun ichida bir necha o'n yoshga qarigandek edi.

- iyee... Jia keldingmi.... - ayol biroz kulgu aralash telbalardek sekin gapirdi .

- Felix keldi ... - ayol xursand bo'lgancha keng jilmaydi . - lekin... o'g'lim juda charchabdi ... Kelgandan beri uxlaydi . Unga sharbat olishga tushgandim... Sen olib chiqaqol... Ko'rib xursand bo'ladi ... Sen ham uni sog'ingandirsanaa - ayol yosh boladay yelkasi bilan qizni turtib ko'z siqib qo'ydiyu pech yoniga o'tdi .

- Yuna , o'g'limga sevimli pirogini pishirmoqchiman , yordamlashivor ....

Ayol muzlatkichni ochdi , Jia qo'rquv aralash onasiga tikilar ekan sukut va yig'idan boshqa hech qanday javob olaolmay yuqoriga yo'nalishi bilan Janob Min va politsiya ofitseri yuqoridan tushib kela boshladi .

- otopsiya haqida xavotir olmang ... barchasini o'zim nazorat qilaman .

- yaxshi . Dafn marosimi ertaga o'tkaziladi . Barcha javobgarlikni o'z zimmamga olaman

- d-dafn marosimi.....?

Jia ( Nagyung Fromis_9 )






18 - qism tugadi .


#Jina

#Dreams_Team

@Dreams_Chapter


Дилдора


Report Page