" My Memory "

" My Memory "

Fanfic by : Jina☘ 15 - qism.

- balki boshqa maqsadlar sizning oldingizga olib kelgandir ... - qizning nozik barmoqlari asta Jaehyunning suv tomchilayotgan sochlaridan ochiq yelkalariga tushdi .

- shundaymi ... - Jaehyun labi chetida kulgancha tezda qizning qo'llarini og'riqli siqib o'zidan uzoqlashtirdi . - ishingdan ayrilishni xohlamasang , hoziroq bu yerdan yo'qol va oyoq ostida o'ralashma .

Ko'rinishidan qizlarga suyagi yo'q bu yigitning qo'pol muomalasi Dahyunni esankiratib qo'ydi . U Jaehyunning yuz ifodasidan biroz gangib turdiyu ,qayta uning yo'lini to'sdi .

- rafiqam uyda demoqchimisiz , menga ishonishingiz mumkin , u bizni sezib.... Ahhhh ....

Dahyun to'satdan boshiga urilgan jismning og'rig'idan ingrab yubordiyu , yerda yotgan uzun zirakga ko'zi tushdi..

- kechirasan.... Bilmay sezib qoldim .

Dahyun tezlik bilan ortga o'grildi , naqshinkor ustunlarga suyanib turgan Aerani ko'rib joyida jim qotdi . Aera asata sekin ularga yaqinlashar ekan , nozik qadamlaridan chiqayotgan tovush shaffof pol va keng xonada aks sado qaytarardi .

- shahar senga boshqacha tasir qilibdi . Menimcha qishlog'ingga qaytadigan vaqting keldi . - Dahyun yuziga kelib tushadigan tarsakiga tayyor turganida uning bu sokin ifodasidan hayron qoldi.

- haligi....

- sen bu uyda qo'yilgan barcha taqiqlarni buzding ... Teginish mumkin bo'lmagan narsalarga tegding.... - Aera qizni suvga itarib yuboradigan darajada asabiy barmoqlarini siqar ekan , Jaehyunning yuziga tabassum yugurdi.

Jaehyun ( NCT)

- meni kechiring xonim.... Men ...

- sen hoziroq lash lushlaringni olib bu yerdan ketasan va aslo qorangni ko'rsatmaysan . Yoki .... sen uchun boshqa chora ko'raman .

- xonim...

- bir gapni ikki marotaba qaytarmayman

Dahyun u bilan gap talashishdan foyda yo'qligini tushunib , tezda ulardan uzoqlashdi .

- nega kulyapsiz... - Aera qizning ketganiga ishonch hosil qilgach , asabiylashgancha Jaehyunning yelkasini turtdi .

- shunchaki baxtliman .... - Aera Jaehyunning bu telbanamo kulgusi sababini tushunolmay , qo'llarini chalishtirgancha ko'z suzdi .

- nima ? Haaa.... o'sha qizning suykalishlari yoqib ketdimi . Kelmaganimda , nimalar bo'lardi . Balkim rafiqam allaqachon ishga ketgandir , sizning maqsadlaringizni yotoqxonada ko'rib chiqamiz dermi...

Jaehyun tezda qizni jim qilish uchun bag'riga tortdi . Ortga yig'ilgan mayin sochlarini asta silar ekan , yuzini qizning bo'yniga ko'mib iforidan to'yib nafas oldi .

- baxtliman ... nega bilasanmi ? Yana rafiqamning qizg'ongandan qizargan yuzlarini ko'rdim . U yana kimgadir men uchun ovozini balandlatti , meni rashk qildi ...

Aera yigitni bag'riga bosish uchun qo'lini yuqori ko'tardiyu , ammo ularni havoda muallaq ushlagancha jim qoldi.

- qo'rqishni boshlagandim.... Menga bo'lgan tuyg'ularing allaqachon so'nishga ulgurdi deb .....

Aera tezda Jaehyunni o'zidan itarib yubordi .

- ustingizga biron narsa tashlasangiz bo'lmasmidi , hammayerim ho'l bo'ldi . Qayta kiyim tanlashim kerak . Sizni deb ishga kech qolaman endi ....

Aera Jaehyundan ko'zlarini olib qochgancha eshikka yugurdi .

- Aera...

- nima ?

- raxmat

- nima uchun ?

- yana bir ajoyib tong uchun ...

Aera qizargan yuzlarini yashirgancha yuqori qavatga yugurdi . Jaehyun esa xandon otgancha o'zini qayta suvga tashladi . Qayta qayta suvga sho'ng'ib , ko'ksidan otilib chiqishga urunayotgan hayojonni bostirishga harskat qilardi . Suv tufayli yuzlariga yopishib qolgan sochlarini ortga tarar ekan , telbalardek tabassum qildi.

- haliyam meni sevasan ....

Aera (

Dahyun shoshgancha xonaga kirdiyu , eshik qulfini buradi . Kiyimlar yig'ilgan javonni ag'dar to'ntar qilib , qidirgan quti ichidagi barcha narsani yotoq ustiga to'kdi . Kichik telefon va bir nechta simkartalardan birini qo'liga olib , tezda uni ishga tushurdi . Tanish raqamlarni terar ekan , tartibsiz nafas olib o'zini bosishga harakat qilardi .

👤:...............

- sen menga nima deganding .... Ular bir birini sevmaydi . Bir harakat bilan uni boshini aylantirib olasan demaganmiding ... - Dahyun asabiylashsada iloji boricha past ovozda gapirishga harakat qildi .

👤: ..............

- nega asabiylashmas ekanman . Jaehyun hatto menga qarashni ham istamadi . Seni anovi xonimchangni aytmasam ham bo'ladi . Qo'yib bersa meni bir qoshiq suvda cho'ktirishga tayyor edi .

👤: ............

- men bilmayman . Qo'lingdan kelgan barcha ishni qil . Men yana o'sha faqair hayotga qaytishni istamayman . Sen istagan barcha ishlarni qilyapman . Sen ham shunga yarasha meni bu vaziyatdan qutqar .

👤: ..............

- ishonching komilmi ?

👤: ..............

- Tushunarli ... Aytganingday qilaman .

Dahyun telefon o'chirib tezda simkartani chiqarib oldi va uni ikki bo'llakka bo'lgancha axlat qutisiga uloqtirdi .

- hammasi yaxshi ..... Hammasi yaxshi . Nima qilsam qilamanki , o'sha lanati qishloqqa qaytmayman . Tinchlan Dahyun.... Bu vaziyatdan ham chiqib ketasan .

Dahyun ( Twice )

- jin ursin ... Shu payt yoqilmasaya...

Xoseok universitet ortida joylashgan bog' tomon borar ekan , devor ortiga o'tib yon atrofga qaragancha tezda sigaret tutatishga tushib ketdi .

- faqat shumi ?

- qo'limdan kelgancha bajarishga harakat qildim ... O'zimnikiga ulgura olmayapman ...

Xoseok yaqin atrofdan eshitilgan tanish ovozdan atrofga alangladi va undan sal uzoqroqda Chaeryoung va bir yigit turganini ko'rib ular tomonga yaqinlashdi .

- hhh... - uzoqdagi yigit asabiy kulgancha sochlarini ortga tarab , labini tishladi . - Vazifalar evaziga mendan pul olyapsan , shu yodingdami

- senga tushuntirishga harakat qilyapman ... Bir vaqtda ikki kishi uchun bajarishga qiynal...

- senikini menga umuman ahamiyati yo'q . Kelishuvimiz yodingdan chiqmasin ... - yigit cho'ntagidan telefonini chiqarib yuqori ko'targancha silkitib , qizga ko'z qisdi . - birgina harakat va senda qolgan yagona narsadan ham ayrilasan . Shuning uchun aytganlarimni so'zsiz va nuqsonsiz bajar , xo'pmi shirinim...

Yigit Chaeryoungni qo'lidagi darslik vazifalarini tortib oldi va tezda ko'zdan g'oyib bo'ldi . Chaeryoung biroz muddat yigitning ortidan tikilgancha jim qoldiyu, uning ortidan ketdi .

Xoseok ularni bir chetda kuzatib turar ekan qo'llarini musht qilib tugdiyu , sochlarini to'zg'itdi .

Xoseok ( J-hope BTS )

- ahvoling yaxshimi ? Ranging oqarib ketibdi . - Chaeryoung o'z o'rnini egallashi bilan Bam Bam tezda qizning yoniga joylashdi .

- aa... Ha hammasi yaxshi .

- Xoseokni ko'rmadingmi ?

- yo'q , shu yerda ediku ...

- yaramas... Qayergadir g'oyib bo'ldi . Mensiz yashirincha chekishga ketgan bo'lsaya...

- Chaeryoung sen bilan gaplashib olishimiz kerak ... - Chaeryoung Bam Bamning qiliqlariga kulib turar ekan to'satdan ortidan kelgan Xoseokning ovozidan cho'chib ketdi .

- n-nima ... nega ?

- savol bermasdan o'rningdan tur ! - Xoseokning baland ovozidan butun auditoriyaning nigohi ularga qaratildi .

- Xoseok tinchlikmi , nimadir bo'ldimi ?- Bam Bam Xoseokning bu holatini tushunmay oldinga chiqdi .

- aralashma , sen esa men bilan yur ... - Xoseok Bam Bamni turtgancha gaplariga e'tibor bermay Chaeryoungning bilagidan siqib tashqariga sudradi .

- nima qilyapsan .... Xoseok qo'limni qo'yib yubor ....

- ............ - Chaeryoung yigitdan qo'lini tortqilagancha undan uzoqlashishga harakat qilmasin , Xoseok qizning qo'lini qattiqroq siqqancha qadamlarini tezlatdi

- og'riyabdi axir..... Qo'yib yubor ....

Chaeryoung bilaklarini ishqalagancha yigitdan uzoqlashar ekan Xoseokning o'tkir nigohlari qizdan uzilmadi .

- nima ? Nima bo'ldi ? Nega bunday tikilyapsan ...

- sen .... Sen Lucasdan pul oldingmi ?

- ..........

- javob ber undan pul oldingmi ?

- ha desam biron nima o'zgaradimi ?

- sen qanday qilib bunchalar xotirjam bo'la olasan

- biz kelishib oldik , men uning vazifalarini qilib berish evaziga undan pul olaman . Men uyaladigan darajada undan nasiyaga yoki ehsonga pul olganim yo'q . Agar shuni so'ramoqchi bo'lgan bo'lsang javobingni olding , endi meni tinch qo'y .

Chaeryoung ortiq bu masalada suhbatlashishni istamay ters ortga burildi , ammo yana o'sha kuchli qo'llar qizning bilaklaridan siqqancha o'ziga qaratdi .

- g'ururing yo'qmi ... Nahot ustingdan kulib masxaralagan insondan pul oladigan darajada subutsizsan . Shunchalar kerak ekan , so'rasang men berardim senga o'sha lanati qog'ozlarni

Xoseokning asabiy qichqirig'idan Chaeryoung biroz cho'chidi ammo yigitni tezda o'zidan itardi .

- kechir ... Men senday g'ururli emasman .

- nega bunday qilyapsan , ularga qarshi turib kurashish o'rniga , nega yana o'zingni ularning oyog'i ostiga tashlayapsan ...

- chunki qo'limdan kelmadi . Xoseok ... men bu gaplarni , pinhona pichir pichirlaru , oshkora kulgularni endi eshitmayapman. Ular butun hayotim davomida menga hamrohlik qilgan . Bugun Lucas bo'lsa , ertaga boshqasi topiladi . Men ularga qarshi turadigan darajada kuchli va irodali emasman . Kurashgandan ko'ra , ko'nikish osonroq ...

- ko'nikish ....

- ha... Men ko'nikdim . Barchasiga ko'nikdim . G'urur bilan qorin to'yg'azib bo'lmasligini ham tushundim . Mayli ... yerga urilay , qadrim toptalsin , ammo meni tinch qo'yishsin . Shuning o'zi yetarli ...

- aqldan ozibsan... Butunlay aqldan ozibsan .

- nega asabiylashyapsan . Nega jahling chiqyapti . Bu mening muammolarim , nega bular seni bezovta qilyabdi . Senga baribir emasmi ....

- menga baribir emas . Senga aloqador barcha narsa menga taalluqli ...

- nega?

- chunki ..... Chunki.... Chunki menga do'stsan . - Xoseok yana qo'rqoqlik qildi. Aytishni istagan gaplarini , yana qalbiga ko'mdi .

- bemani do'stlik safsatalarini yig' . Biz hatto do'st bo'lish uchun ham bir birimizga to'g'ri kelmaymiz . Yaxshisi barchasini ko'rmaslikka ol .

Chaeryoung shunchaki ketdi . Bir marta ham ortiga qaramay ko'zdan g'oyib bo'ldi .

Chaeryoung ( ITZY )

- marhamat Iseul ... Shu yerga o'tiring .

Aera barcha maftun qiluvchi o'sha tanish tabassum bilan qizni stol atrofiga taklif qildi .

- siz bilan muhim masalada gaplashib olishimiz kerak ...

- bemalol gapiravering .

- yaqinda kompaniyamiz 45 yilligining yubileyi bo'lib o'tadi . Siz esa kompaniya tashkiliy ishlari bo'lim boshlig'i sifatida bu tadbirni o'z zimmangizga olishingizni xohlayman .

- ohh.... Albatta , qo'limdan kelgan barchasini qilaman .... - Iseul u uchun yuklatilgan ilk yirik ishdan biroz hayajonlandi .

- avvalo yubileyni o'tkazish uchun maqbul joy tanlash kerak . Tadbir mobaynida kompaniyaning kuzgi liboslar uchun yangi kolleksiyasi taqdim qilinadi ...

- tadbir davomida podyummi ?

- ha bir nechta retro liboslarni qayta , yangicha uslubdagi ko'rinishi va mutlaqo yangi to'plam . Keyingi rejada taqinchoqlar auksioni ham bor . Tadbir kamchiliklarsiz mukammal tarzda o'tishini xohlayman ....

- tushunarli ... Ishni bugunoq boshlayman .

- ha aytgancha.... Mana bu podyumda qo'yiladigan retro liboslarining eski jurnallardagi tasviri , ular bilan tanishib chiqing . Zal liboslar va matolarga hamohang bo'lishi kerak ...

- tushunarli xonim .

Aera xonani tark etishi bilan Iseul jurnallardagi turli xil bejirim liboslar olamiga sho'ng'ib ketdi .

- miss Iseul ishga sho'ng'ib ketibdilarda - Taehyung eshikdan mo'ralagancha xonada hech kim yo'qligini ko'rib , qo'llarini ortga juftlashtirib xona bo'ylab aylangancha erkin gapira boshladi .

- ko'rinib turibdi sen doimgidek g'irt bekorchisan ... Kim seni bu yerga boshliq qilib tayinladi o'zi ...

Iseul kelishi bilan divanga oyoqlarini chalishtirgancha joylashib olgan Taehyungga e'tibor bermay jurnallarni varoqlashda davom etdi .

Iseul

- nega endi bekorchi bo'lar ekanman . Ko'rmayapsanmi , men eng muhim ish , yani xodimlarni kuzatish bilan bandman

- juda muhim ekanda , mobodo men sizga halal bermayapmanmi janob Kim ... - Iseul mazah qilgancha qoshlarini yuqori ko'tarib kipriklarini pir piratdi .

- mana shu zahar tomib turgan tilingni aytmaganda , juda yaxshi turibsan .

- tentak ..... Omoo.... Bu ... bu nima ... Aera.... Aera xonim model bo'lganmi ?

Iseul hayratdan ko'zlarini katta katta ochgancha qo'lidagi jurnal muqovasini Taehyung tomonga burdi .

- nima bilmasmiding ?

- yo'q .

- Aera .... universitetning birinchi yilidanoq modellik bilan shug'ullangan . Uning uzun bo'ylari , nozik qaddi qomati va mukammal yuzi hatto eng mashhur kompaniyalarni ham o'ziga jalb etgan .

- qanday ajoyibb.... - Iseul suratlarga hayrat va havas bilan tikildi.

- ha.... U chindan ham ajoyib edi ... Tabassumi ... , qirmizi yanoqlari , qahvarang ko'zlari , mayin ovozi....

Taehyung yonida kimdir borligini unutdi , o'zi bilmagan holda uning ismini aytganda mayin tabassum qilib qo'yar , xotiralar esa tobora uni o'ziga tortardi . Ammo bu shirin xotiralar doimgidek kimgadir azob berardi.

- shunchalar mashhur ekan nega hozir model sifatida faoliyat yuritmaydi ?- Iseul tezroq bu mavzudan qochishga harakat qildi .

- nega.... Nega... Chunki u sevib qoldi . Birgalikda shartnoma imzolagan kompaniya vorisini sevib qoldi . Barchasi shu darajada tez bo'ldiki , men tuyg'ularim egasini ko'z ochib yumguncha oq libosda ko'rdim .

Xonani noqulay sukunat va Taehyunning og'ir nafas olishi qopladi . Iseul esa hozirgi vaziyatda nima deyishini bilmas , asabiylashgancha jurnal varoqlari cheti buklardi .

- o'sha paytda men unga baxt tilab xato qildim . Hayotini barbod qilish uchun qo'yilayotgan qadamini jimgina kuzatdim . Undan barcha sevimli narsalarini tortib oladigan qotilning qo'liga topshirdim

- qotil ? Unda sen kimsan ?

- nima ? - Taehyung hotirjam turgan holda berilgan bu savoldan dovdirab qoldi.

- sen kimsan ... Hayoti qora ishlardan toza bo'lgan adolat elchisimisan ... - Iseul kesatiq bilan gapirar ekan Taehyung qo'llarini asta musht qilib tuga boshladi .

- Iseul...

- Taehyung ! Bazan ko'zimga sevimli o'yinchog'idan ayrilgan bola kabi ko'rinasan . Katta bo'lganini , tuyg'ulari , sevgisi va imkoni ham o'sha o'yinchoq bilan ketganini qabul qila olmaydigan qaysar bola kabi ko'rinasan .

- Iseul ! - Taehyung g'azab bilan o'rnidan sapchib turdi .

- nima Iseul . Bu hayot . Uning hayoti . Uning tanlagan yo'li . U o'zi istab turmushga chiqqan . Eshityabsanmi , u sevgani uchun turmushga chiqqan , uning eri bor . Qachon bu haqiqatni qabul qilasan ? Jaehyun uning turmush o'rtog'i , butun umrlik yo'ldoshi . Agar Aera uni sevmaganida allaqachon u bilan orani ochiq qilgan bo'lardi...

- sen uni yonini olishga....

- Men uning yonini olmayapman . Go'yo sen barcha qora ishlardan holi bo'lgan , faqat yorug' kunlardan iborat baxtli hayotni unga sovg'a qila oladigan inson kabi gapirayabsan . Uning oilali ekanligini qabul qila olmaysan . Tushunmayman nimani kutyabsan .... Oilasini tashlab seni yoningga kelishinimi ?

- ha . - Iseul Taehyungning bunday ters javobidan alamli kulib qo'ydi .

- chindan ham senga gapirishning foydasi yo'q . .......Yozda qor yog'ishini kutayotgan insonga o'xshaysan . Mayli ... unda mana shu bemani hayollar bilan uni kutib turaver ....

Iseul zarda bilan jurnallar va sumkasini qo'liga oldiyu eshikni qarsillatgancha yopib xonani tark etdi .

- adashasan Iseul ... Meni uni yonimga kelishini kutmayman . Bunga majbur qilaman . Kerak bo'lsa o'sha qorni yozda yog'diraman .

Taehyung ( V BTS )

- bizda atigi uch daqiqa bor . Siz shu uch daqiqa ichida bor mahoratingizni ishga solib aytmoqchi bo'lgan dil so'zlaringizni , harakatlaringizni tomoshabinga raqs va musiqa orqali yetkazib berishingiz kerak .

Kompaniya direktori , prodyuser va xareograf raqs xonasi oynalari oldida tizilib turgan to'qqiz yigitga jiddiy tikilgancha bugungi ish rejalarini tushuntirardi .

- bu boshqalar uchun oddiy raqs , ammo siz uchun butun borlig'ingiz bo'lishi kerak . Har bir harakatlaringiz yurakdan chiqishi kerak . Raqsni to'liq o'rganguninggizga qadar faqatgina mikrafonni ushlab turasiz , keyin esa raqs bilan birgalikda jonli ijroni olib borasiz . Tushunarlimi....

- Tushunarli ..... - xona bo'ylab yigitlarning yo'g'on va baland ovozlari jarangladi .

- kunning yarmigacha xareografiya xonasida bo'lasiz . Tushlikdan so'ng barcha ovoz yozish studiyasida bo'lishi kerak .

Yigitlar bosh irg'ab roziligini tasdiqlagach prodyuser va direktor ketish uchun shaylanishdi . Ammo eshik yoniga yetganda prodyuser to'xtab guruh lideriga o'grildi .

- ha aytgancha Bang Chan... studiyaga borishdan avval barchaning telefonini terib menejer Xanning xonasiga qo'y .

- xo'p bo'ladi janob .

Prodyuser xonani tark etgach , xareografning buyrug'i bilan yigitlar raqs ishlarini boshlab yuborishdi .

- tezroq .... Tezroq . Yigitlar iloji boricha ritm bilan birgalikda harakat qiling .

- Seungmin .... biroz orqada qolyapsan . Harakatni tezlatamiz....

- musiqani his qiling . Uni butun tananggiz bilan birga olib boring .

- Felix hayoling qayerda ? - murabbiy musiqani o'chirib yigitga jiddiy tikildi .

Felix ( Stray kids)

- kechiring janob .

- harakatlaring juda noaniq . Biron muammo bormi ?

- yo'q janob .

- Felix jamoa nima ekanligini bilasanmi? Ular seni yarming . Sen ularni , ular esa seni to'ldirib turadi . Shunga yarasha sen qilgan xatolarga ham hammangiz birgalikda javob berasiz . Yani seni oddiy kamchiliklaring ham guruhninortga tortishi mumkin . Shuning uchun guruh yonida musiqa yangraganida sen barcha narsani unut . Sen musiqa olamidasan . Qolgan muammolarni esa real olamda qoldir . Meni tushundingga....

- ha janob . Kechiring boshqa takrorlanmaydi .

Felix murabbiyga bosh egib , safga qaytdi . Tushlikka qadar 4 soat davom etgan tinimsiz repetitsiyadan so'ng yigitlar birin ketin yerga cho'zilishdi .

- Felix ....- Felix Bang Channing bu o'tkir nigohlarida u uchun aytiladigan og'ir gap borligini tushundi .

- eshitaman hyung ...

- menimcha orani ochiq qilganing yaxshi

- tushunmadim....

- sen har tunda tinimsiz gaplashadigan , va bugun raqs davomida hayolingdan ketmagan qiz haqida gapiryabman .

- .............

- bir kunmas bir kun barbir sezib qolishadi . Shuning uchun hozirdan undan uzoqlash . Senga ham unga shunisi yaxshi .

Bang Chan ortiq bir so'z aytmay yigitlarni tushlikka chaqirgancha xonani tark etdi . Felix bir necha daqiqa telefonga tikilib turdiyu Jia uchun xabar yubordi .

- senga qo'ng'iroq qilmagunimcha , men bilan bog'lanma . Sababini keyinroq tushtiraman .

Felix xabar yuborilishi bilan xotiradan barcha xabarlar va qo'ng'iroqlarni o'chirib tashladi va yigitlarning ortidan chiqdi .

***************

Telefon ovozi kelishi bilan xursand bo'lgancha xabarni ochgan qizning ko'zlarida biroz yosh aylandi .

- demak o'sha kun kelibdi ... Endi chindan ham mendan uzoqlashyabsan .

Jia telefonni o'chirib yotoqqa cho'zildiyu , yostiq ostida turgan kichik rasmni qo'liga oldi . Suratdagi yigitning tabassumi ustidan sekin chizib chiqdiyu , o'sha tabassum ustiga asta labini bosdi

- sog'indim.... Halittan seni juda qattiq sog'indim ....

Jia

- Aaaaaaaaaaaaaa........

Butun uy bo'ylab qizning qichqirig'i to'xtamay yangragach Jin boshini yostiqdan ko'tarib erinib ko'zlarini ochdi

- ey xudoyim.... Erta tongdan bu yana nimasi.....

Jin yostiqni quchoqlagancha xona eshigidan sekin atrofga mo'ralab , mexmonxonaga yo'l oldi .

- ommmaaaa..... Bu yigitlar meni o'ldiradiiiiii.....

Jin ko'zlarini chala yarim ochgancha tinmay televizor oldida sakrayotgan qizga telbadek tikildi .

- Hana...... Nima qilyabsaan....

- Aaaaaa..... Sochlarini qizilga bo'yaptiiiiii....

- kim ?

- kim bo'lardii.... Meni jonim Minhaooo

- joning ... ? - Jin tezda qo'lidagi yostiqni bir chetga uloqtirib , qizning oldiga keldi .

- hozir nima deding ....

- ohhh my goddd ..... Hozir yuragim otilib ketadiii .... Wonwooginamning ovozinii qarangggg

- Wonwooginang ? - Jin ko'zlarini katta katta ochgancha qizni aylanib boshqa tomoniga o'tdi .

- ohhhhh qarashlaringga jonim qurboonn . Mingyuuuuu my killer boyyyy

- Hana aqldan ozdingmi , qichqirishni bas qil .

- eee jim turing . - Hana Jinni nariroqqa itarib televizor oldiga o'tirib oldi .

- yaaa..... Uni raqsini qarang , tanasining har bir qismi qimirlaydiyaa , Hoshiiii..... sen eng zo'r dancersan .... Sarangeeeee .....

Hana .

Jin devorga suyangancha deyarli yarim soat Hanani bir klipni qayta qayta tomosha qilib qichqirishini jim kuzatdi .

- menimcha bu klipdan so'ng bir necha kun o'zimga kela olmayman ...... Yigitlar ham qo'shiq nomiga mos .... HOT . Seventeendan haqiqiy hot comback bo'ldi.....

- haa.... Menimcha ham seni bu qichqiriqlaringdan bir necha kun quloqlarim o'ziga kela olmasa kerak .

- ooo.... Oppa qachon uyg'ondingiz ?

- nimaaa ? Qachon uyg'ondingiz ? - Jin asabiylashgancha sochlarini to'zg'itti . - bir soatdan beri seni telbanamo qichqirishu qiliqlaringni shu yerda tomosha qilib turibmankuuu.....

- kechiring oppa.... sezmay qolibman .

- haaa sezmay qolding . Ekrandagi yigitlarni ko'rishing bilan meniku mayli o'zingniyam unutasan .

- nima qilay yaxshi ko'ramandaaa...

- yaxshi ko'rasan ... menichiii ?

- sizni boshqacha yaxshi ko'raman .

- haa.... Sezildi .

- nega bunaqa qaraysiz.... Yuragim keng ... bir emas naq to'rtta kamerasi bor . Hammangiz sig'asiz . - Hana Jinga jilmayib gapirar ekan , Jinning tund yuzi o'zgarmadi .

- Hana.... hoziroq ishingga jo'na.... Menimcha bugun uchun juda ko'p hayajonlanding . Biroz sovib kel .

- bugun ishga bormayman . Kechqurun navbatchiligim bor .

Hana jahl qilgancha o'rnidan turib zarda qilgancha xonasiga kirib ketdi . Jin biroz divanga suyanib , sekin o'rnidan turdi . Ko'zgu oldiga kelib o'ziga boshdan oyoq razm soldi .

- pfff.... Kerak bo'lsa o'sha Seventeendan ming marotaba kelishganman.... Qarshingda shunday ko'rkam yigit turibdiyu... Sen bo'lsa , Wonwoo , Mingyuu deysan...

Jin ko'zguga termulgancha , o'ziga o'zi gapirar ekan , telefon ovozidan sergak tortdi . Ekrandagi yozuvni ko'rishi bilan Hana kirib ketgan xonaga bir ko'z tashladiyu , qo'ng'iroqni ko'tardi .

- eshitaman Donghyuk ....

Seok Jin ( BTS )

- xayrli kech , yaxshi yetib ol....

Sana hamkasb qizga qo'l silkigancha to'g'riga yo'l oldi . Ammo kompaniya oldidan uzoqlashmay , qarshisidan chiqqan insonni ko'rib joyida to'xtab qoldi .

Ustki kiyimlari yupun , yuzlaridagi ajinlar ancha ko'paygan , sigareta hidi anqib turgan , qiyinchiliklar balki xorliklar qaddini egib qo'ygan bu tanish chehra egasini ko'rishi bilan Sananing yuzini kulgu tark etdi .

- Sanaa... - erkakning xasta ovozi yangrashi bilan Sana tezda uning yoniga bordi .

- bu yerda nima qilyapsiz.... Meni qanday toptingiz ...

- qiziim... - erkak qo'llarini Sana tomon cho'zishi bilan , Sana o'zini chetga tortdi.

Sana ( Twice)

- yaqinlashishga harakat ham qilmang . Nima istaysiz o'zi.... Bizdan tortib olmagan yana nimanggiz qoldi ? Yoki o'tgan safar olib ketgan pullaringiz kamlik qildimi ? - Sana shafqatsizlarcha otasiga savollarni yog'dira boshladi .

- qizimm.... Men shunchaki ....seni ko'rgim keldi ...

- buni qarangga.... Endimi ? Boshqa bu yerga kela ko'rmang ...

- Sana bir marotaba meni eshit qizim....

- eshitishni istamayman . Ko'rishni ham istamayman sizni . Oyimni tinch qo'ying. Boshqa uyga ham bu yerga ham kelmang .

Sana yoshlanishga tayyor turgan ko'zlarini yashirib ketish uchun shaylandi ammo uni mahkam siqib qolgan qo'llardan joyida to'xtadi .

- qizim... Bir marotaba meni eshit ....

- qo'yib yuboring ..... Meni tinch qo'ying ..... - Sana chidolmay baqirib yubordi .

- meni eshitsangchii....

- sizga meni tinch qo'ying deyapman... - Sana qo'llarini tortqilagancha undan uzoqlashishga harakat qildi .

- bu yerda nimalar bo'lyapti ?

Sana ovoz kelgan tomonga o'grildiyu ular tomonga shaxdam qadamlar bilan kelayotgan Jiminni ko'rib nima deyishini bilmay dovdirab qoldi .

- d-direktor Park ...

- Sana ... Tinchlikmi , bu odam...

- bu ... Bu odam ... Haaa.... oddiy tilanchi ekan . Mana amaki ... Bu pul sizga , endi yo'lingizdan qolmang ....

Sana sumkasidan pul chiqarib otasiga tutqazgancha unga keting ishorasini qildi .

- sizga xayrli kech janob Park , men ... men uyga ketishim kerak .

Sana shoshgancha katta yo'l tomon ketar ekan , Jimin haligacha qo'lidagi pulni g'ijimlagancha Sanadan ko'z uzmay turgan , erkakga o'grildi .

- Sana..... qizim..... - erkak boshini quyi solib , sekin ortga o'grildi .

- Janob ? - Jimin erkakning yo'lini to'sdi

- hozir nima dedingiz .... Qizim ? Sana... sizning qizingizmi ?

Jimin ( BTS)


15 - qism tugadi.


#Jina☘

#DREAMS_TEAM

#Dreams_Chapter

Sanobar Sadullayeva


Report Page