" My Memory "

" My Memory "

Fanfic by: Jina☘ 14 - qism.

- xo'sh ... Endi gapirchi , kim u yigit ?

- akaa... eshitmadingizmi , axir

- eshitdim . Uni aytishicha u seni boshlig'ing ekan . Endi esa bu gaplarni sendan eshitmoqchiman . - Iseul Yondoga biroz ensa qotirgancha qarab turdiyu , ammo bu qarashlar hech narsani hal qilmasligini tushunib vaziyatni tushuntirishga tushib ketdi .

- yangi kolleksiya ustida ishlayotganimiz uchun ishlar avvalgidan biroz kech tugadi. Aksiga olib tongda Taehyung bilan biroz gap talashib qolgan edik ... Uyga aftobusda qaytishni istamadim , yo'lda esa Minhyukka duch keldim . U esa uyga eltib qo'yishini aytdi . Shu xolos ...

Iseul Yondoning hali hamon pastga tushmagan qoshlaridan u yanada aniqroq bayo talab qilayotganini tushunib , barmoqlari bilan peshonasini uqaladi .

- xavotir olmang ... Mashinaga minayotgan paytimda ham unga tegib ketmadim . Mashina oldi o'rindig'ida o'tirgan bo'lsam ham oramizda sal kam yariimm metr joy bor edi . Atayin u mashina eshigini ochib bermasidan oldin o'zim tushdim va suhbat davomida ikki metrlik masofani saqladim . Ko'rib turganingizdek oldingizda hech qayerim o'pirilib tushmagan ahvolda turibman .

- bundan keyin ishdan chiqib menga qo'ng'iroq qil . O'zim olib qaytaman . - Yondo yana o'sha e'tiborsizlik bilan ortga o'grildi .

- shunchalar xavotir olar ekansiz , arazlashni yig'ishtirib , meni olgani o'zingiz borsangiz bo'lmasmidi ...

- sendan xavotir oldi deb kim aytdi ...

- men charchadim , bugun dam olaman degan odam hatto kiyimlarini ham alishtirmay eshik tagida qoruvuldek kutib turganidan so'ng nima deyishim kerak ... G'ururim ustunlik qilib ortingdan bora olmadim deng tamom...

Iseul huddi Yondo kabi qoshlarini ko'tarib , piching qilgancha akasining qarshisiga keldi

- mahmadonalik qilmasdan xonangga bor ....

- baribir meni yaxshi ko'rasizda....- Iseul kulgancha Yondoning qo'liga osildi .

- afsuslar bo'lsinkim bu achchiq haqiqatlardan biri ...

-mmmm... O'zimni qahramon akajonim ... Demak yarashib oldiga - Iseul Yondoning yuzidan chimchib ko'zlariga hayajon bilan tikildi .

- biz urushganmidik ...

Yondo qizga qaramay oldinga yurar ekan , Iseul xursandligidan joyida sakray boshladi .

- to'g'ri .... Albatta biz urushmagandik .

- ikkinchi seni begona yigitlarning mashinasida ko'rmay

- ko'rsangiz oyog'imni urib sindirasiz , buni bilaman .

- endi xonangga borib uxla ....

- sizga ham xayrli tun akajon , tushlaringizda meni ko'ring....

- o'ngimda ko'rayotganim ham yetadi...

Iseul xursand bo'lgancha qo'l silkitib qo'rg'on tomonga sakrab ketar ekan Yondo qizga sezdirmay sekin kuldi .

- tentakkinam o'zimni ....

Yondo ( Kim Woo Bin)

Iseul qo'rg'on eshigi yoniga keldiyu , bog' tomondagi kichik ayvonchaning chirog'i yoniqligini ko'rib , sekin yo'nalishni o'zgartirdi .

- kech bo'lganda , nega yolg'iz o'zing ichyabsan ... - Iseul uzun o'tirg'ichga suyanib , allaqachon bir necha shishani bo'shatishga ulgurgan mast yigitning qarshisiga turdi .

- iye ... iyee... Omadli xonim... kelsinlar..

- kesatishni bas qil ...

- kel ... o'tir . Birga ichamiz . - Taehyung qo'li bilan o'tirg'ich ustiga urgancha o'tirishga ishora qildi .

- qani berchi ... - Iseul tezda shishani ko'tarib bir necha qultum ichib , Taehyungga o'grildi . - xo'sh.... Endi gapir ... nima qiynayapti seni ....

- ichimsanda.... Ichim... - Taehyung ko'zlarini bazo'r ochib kulgancha Iseulni durtdi.

- aynan qayering ... jigaringmi ... yoki ... YURAGING ....

- oshqozonim....

- hhh... Gapni aylantirma... - Iseul alamli kulib , shishani yuqori ko'tardi .

- uning bo'ynida izlar bor edi...

- nima ? - Iseul tushunmay Taehyunga hayron o'grildi .

- bugun uning bo'ynida qizg'ish tusga kirgan barmoq izlarini ko'rdim... Butun kun u shu izlari berkitish bilan ovvora bo'ldi. - Iseul sekin mayus nigohlarini yerga tikib , og'ir yutundi . - ichimdagi shayton , hoziroq borib Jaehyunni o'las qilib do'pposlab , tiriklay yerga ko'mib yubor dediyu , ammo unga hech kim emasligim yodimga tushib ketdi ... - Taehyung qo'lidagi shishani yerga uloqtirib , boshqasini ochdi .

- Iseul ayt ... nima qilay ? Ichimdagi bu olovni o'chirish uchun nima qilay ....

Taehyung ( BTS)

- bilmayman .... - Iseul bo'g'ziga bir narsa tiqilganday bazor ovoz chiqardi .

- bilmaysan... Sevmagansanda . Maslahatim... aslo sevma... Eshityabsanmi .... hech qachon kimgadir bog'lanib , osonlikcha.... ko'nglingni.... topshirib , qo'yma......

Taehyung so'zlarini dona dona qilgancha , holsiz boshini Iseulning yelkasiga qo'ydi .

- Sevma.... sen ham.... men kabi azoblanma......

Allaqachon alkagol ta'sirida nima deyayotganini tushunmagan yigit , nozik kipriklar og'irligini ko'tarolmay , qizning yelkasiga boshini qo'ygancha asta ko'zini yumdi .

- Tae .... uxlayabsanmi ?

Iseul yigitning qalin sochlariga asta qo'l uzatdiyu , sekin ortga qaytardi . Tiniq osmonu , undagi porloq yulduzlarga qarar ekan , oy yurug'ida asta ko'zlaridan yoshlar quyilib kela boshladi .

- kechir .... Maslahatingga amal qilolmayman . Allaqachon sen yo'l qo'ygan xatoga men ham qo'l urib bo'ldim . Sevmaslikka harakat qilsam ham qo'limdan kelmadi ... Ko'nglim qolishini xohlasam ham bunday bo'lmadi .... Har safargi urinishlarimda sevgi mendan g'olib kelaverdi ....

Iseul

- balki aytarsan nega ikki soatdan beri bu yerda qotib turganimizni ....

Yugyeom atrofi allaqachon turli o't o'lanlar bilan qoplangan , ko'p qismini daraxtlar egallagan eski istirohat bog'i tepaligidagi o'tirg'ich tayanchiga suyangancha , uyqu shirinligidan bazo'r ko'zlarini ochib atrofga tikilar , tongi havoning salqinidan har zamon qo'llarini bir biriga ishqalagancha isinishga harakat qilardi .

- bilasizmi ... Bugun bir film tomosha qildim. Ajoyib bir juftlikning baxtli hayotlariga yakun yasalishi haqida. Yigitning og'ir dardga chalinganligi sababli ular bir birlaridan erta ayrilishga majbur bo'lishadi . Ammo ular qolgan kunlarini avval birgalikda qilmagan ishlari qilish va orzularini ro'yobga chiqarish bilan o'tkazishadi . Bir kuni yigit har kuni yolg'iz o'zi termuladigan quyosh chiqishini qiz bilan birgalikda kutib olishga ahd qiladi . Ular birgalikda tunni tabiat qo'ynida o'tkazishadi va tongni intiqlik bilan kutishadi . Ammo .... Ammo yigit quyosh chiqishini ko'rmay bu hayotdan ko'z yumadi ...

Mire Yugyeomning nigohlaridan ko'zlarini olib qochib , asta yoshlanishga ulgurgan ko'zlarini yengi bilan artib qo'ydi .

- o'ylab qarasam , men ham siz bilan hech birgalikda quyosh chiqishini tomosha qilmagan ekanman . Ertaga nima bo'lishini bilmaymiz ... Shuning uchun menda paydo bo'lgan bu orzuni bugunoq ro'yobga chiqarmoqchiman ...

- yaxshi ... Unda sen bilan quyoshni birinchilardan bo'lib qarshilaymiz ...- Yugyeom javoban qizga tabassum qildi .

- osmonga qizg'ish rang yoyilyapti.... - Mire xursand bo'lgancha yuqoriga qo'l cho'zdi.

- demak quyosh chiqyapti . - Yugyeom qizdan ko'zini uzmay javob qaytardi .

- unda menga emas , bu yerga qarang ... - Mire Yugyeomning yuzini ikki qo'li bilan ushlab yon tomonga burdi .

- menimcha ... quyoshni ko'rish uchun osmonga emas , ko'zlaringga tikilishimning o'zi kifoya qiladi . Chunki u seni ko'zlaringda yanada tiniqroq va chiroyli ko'rinyapti ...

Mire Yugyeomning mehrli nigohlariga tikilib turdiyu , tezda xijolatdan yuzini boshqa tomonga burdi . Yugyeom esa qizning qo'llarini orasidan barmoqlarini o'tkazib , o'ziga yaqinroq tortdi va ayni paytda o'tayotgan bu baxtli daqiqalardan shunchaki zavq oldi .

Chindan ham u to'g'ri gapirdi .Balki Yugyeom xatarga , qonga va gunohlarga to'lgan bu hayotining so'nggi daqiqalarida yashayotgandir . Balki u bu qizning chaqnoq va shaffof ko'zlariga hozirgidek uzoq va xotirjam tikilib turolmas , kaftlarining iliq taftini hozirgidek yaqindan his qilmas .... Shunchaki , keyinchalik bizni qiynaydigan " qaniydi "lar bo'lmasligi uchun , bugun bilan yashab , baxtli onlarni xotiraga muxrlash kerak . Toki tushkunlikka tushganda , yodga oladigan bir ikki shirin xotiralarimiz bo'lsa yetarli .....

Yugyeom ( Got7)

- Felix nima qilyapsan o'g'lim ...

Min xonim xonaga kirar kirmas shoshilgancha kichik sumkaga bir ikki kiyimlarini joylayotgan o'g'lini ko'rib xavotirga tushdi .

- oyi , shu yerga o'tirib turing , hozir hammasini tushuntirib beraman .

Felix Min xonimni yotoq chetiga o'tqazib , sumka og'zini yopgancha tezda yotoqqa sakradi .

- oyi ... men bir ish boshladim ...

- bilgandim... Ko'nglim sezgandiya , agar otang bilib qolsa....

- oyi... Vahima qilmay gapimni oxirigacha eshitsangizchii . Bu juda yaxshi ish . Agar uni amalga oshirolsam , o'g'lingizdan faqatgina xursand bo'lasiz.

- xo'sh qanaqa ish ekan u meni xursand qiladigan ?

- faqat birooz... kutishingizga to'g'ri keladida

- qancha ?

- uch hafta . Va shu uch hafta davomida do'stimni uyida qolishimga to'g'ri keladi

- otang bunga aslo ruxsat bermaydi ...

- Oyi... oyi.... - Felix shartta Min xonimni bag'riga bosib , qo'llaridan ushladi . - axir siz... Men uchun dadamni ko'ndira olasizku... Shunday emasmi ?

Felix ( Stray kids)

- lekin...

- oyiii.... - Felixning iltijoli tilikilishidan Min xonimning rozi bo'lishdan boshqa chorasi qolmadi .

- mayli... faqat

- begonalar bilan gaplashmayman , yomon yigitlarga qo'shilmayman , to'yib ovqatlanaman , issiq kiyinaman va eng muhimi kuniga uch marotaba sizga qo'ng'iroq qilaman...

- o'zimni aqlligim... Arslonim menii... Faqat o'zingni ehtiyot qil bo'ptimi - Min xonim o'g'lining yuziga to'yib termulib , silagancha asta chimchiladi .

- xo'p bo'ladi xonim , buyrug'ingiz bosh ustiga .

Felix shartta o'rnidan turdiyu sumkani ortiga ilib xonadan chiqishga chog'landi.

- Felix .... hech bo'lmasa nima ish ekanligiga salgina ishora ber

- o'g'lingiz.... Yulduz bo'ladi.... - Felix Min xonimning qulog'iga egilib pichirladiyu , ko'z qisgancha xonadan chiqib ketdi . Zinadan shoshilgancha pastga tushar ekan , qo'liga telefonni oldi .

- aloo... Hyung . Men ruxsat oldim . Shu uch hafta davomida entertainment yotoqxonasida qolaman ....

- ...........

- tushunarli ... Yarim soatda o'sha yerda bo'laman .

- xush kelibsiz janob .

- xayrli kun .

Bir tekisda tushayotgan qadam tovushlari , o'tkir atir hidi va qordek oppoq yuz ustida porlayotgan nim tabassum . Felix bu yo'g'on ovozdan zina qatlamida jim qotgancha qarshisidagi yigitga o'zgacha hadik bilan tikildi .

- salom ukajon ... Erta tongdan qayerga otlanding ?

Yoongi ( BTS)

- ehhh.... Kambag'allik qursin... Umrim endi bittagina Ferrari minmay , mana shu BMV da o'tib ketadimi .... Yo'qchilik yomon narsa ekan ...

Jungkok yangi rusumdagi mashinalar suratini qiziqish bilan tomosha qilar ekan , uning yuqorisida patnisda sharbat ushlab turgan Alice ensa qotirgancha kuldi .

- buni nimasi kulguli ?

- shunchaki ... Siz tasavvur qilganimdan umuman boshqachasiz ...

- ya'ni ? - Jungkok qoshlarini chimirib , qo'lidagi jurnalni stol ustiga irg'itdi .

- ya'ni xayolimda ham , hayotda ham siz juda jiddiy, sovuqqon va qat'iyatli odam deb o'ylagan edim .... Ammo ...

- ammo nima ? - Jungkok o'rnidan turib ko'ylagining ikkita old tugmasini bo'shatdi .

- ammo.... - Jungkok bilaklaridagi tugmalarni ham bo'shatib , yenglarini yuqoriga shimargancha oldinga qadam tashlar ekan , Alice qo'rquvdan bitta so'zni takrorlab turaverdi .

- xo'sh .... gapingni davom ettir ...

Jungkok qiz sekin burchakka tiradiyu , qo'llarini devorga qo'yib qizning qo'rquvdan javdirayotgan ko'zlariga tik qaradi .

- sh-sharbat..... - Jungkok qizning qo'lida qaltirab , ularga to'siq bo'lib turgan sharbatga bir qaradiyu nim tabassum qilgancha uni yerga uloqtirdi .

Shishaning chil chil bo'lib singan ovozidan Alice quloqlarini berkitib oldi . Jungkok sekin qizning titrayotgan bilaklarini ushlab , pastga tushurdi va yoyilgan sochlarini asta yon tomonga olib quloqlariga egildi .

Yigitning issiq nafasi bo'yniga urilar ekan , Alice hayajon va qo'rquvdan tartibsiz urayotgan yuragini tinchlantirishga harakat qilardi .

- qo'limdan sen o'ylagandanda ko'proq ishlar keladi va aslida , sen tasavvur qilgandanda qatiyatliroq va sovuqqon insonman .... Ammo , sen bilan bunday sovuqqon va jiddiy bo'la olmayman . - Jungkok tezda qizdan uzoqlashib mayin tabassum qildi .

- endi esa ishingni davom ettir , men yangi mashina haqida bosh qotiraman .

Jungkok qizga ko'z qisgancha bamaylixotir zinadan yuqori qavatga ko'tarildi . Alice esa sekin yuragini ushlagancha yerga o'tirib qoldi .

- y-yaramas.... O'takam yorilay dediya... Shunaqa ham bemani hazil bo'ladimi Vooyy yuragim.... qayerlargadir tushib kettimi deyman ....

Alice

Qiz qo'rg'onning ulkan hovuz joylashgan qismiga o'tib , asta devor ortidan ichkariga mo'raladi . Suvda suzayotgan yigitga ancha paytgacha termulib turdiyu , uning yuqoriga chiqayotganini ko'rib , tezda ichkariga odimladi .

- shu kerakmidi ... - Dahyun yigitdan avval unga sochiqni uzatib , boshdan oyoq uning nuqsonsiz tashqi ko'rinishini ko'zdan kechirdi . Asta mushaklari bo'ylab pastga tushdiyu , qayta yigitning o'tkir nigohlariga tikildi.

- bu yerga qanday kirding ....

Yigit beetibor sochiq bilan ochiq tanasini yopishga urindiyu , ammo qiz sochiqning bir chetidan ushlab , uni to'xtatib qoldi .

- balkim .... Qandaydir maqsadlar meni bu yerga chorlagandir ....



Jaehyun ( NCT )





14 - qism tugadi.

#Jina☘

#DREAMS_TEAM

@Dreams_Chapter


Sanobar Sadullayeva


Report Page