" My Memory "

" My Memory "

Fanfic by: Jina🍀 10 - qism

- Xoseok beraqolsangchi ...

- ........

- shu oxirgi so'rashim . Keyin umuman so'ramayman ....

- ..........

- hech bo'lmasa sen beraqol Chaeryoung

- janob Bam . Burpas jim turib bizga marhamat qilsangiz darsni o'tib olarmidim....

- kechirasiz , Kan xonim . - Bam Bam boshini egib , qayta joyiga o'tirdiyu , qo'lidagi ruchkani Xoseokning boshiga qaratib otdi . Besh daqiqa shunday jim turgach , sekin ortga o'grildi .

- Seolhyun .... Balki sen menga ...

- janob Bam !

- eshitaman ustoz Kan .

- o'rninggizdan turib , burchakka boring!

- nima .....

- hoziroq orqaga o'tib , burchakka turing . Dars tugaguncha o'sha yerda turasiz , keyin esa sizni kabinetimda kutaman .

- joyim yaxshi edi , orqada nima qilaman .

- bilmingiz ko'pligidan bir joyda turolmay uni hammaga ulashish bilan bandsiz . Bunaqada men dars o'tolmayman . Shuning uchun ortga o'tib , harakatlaringizni yaxshilab o'ylab taxlil qiling ...

Bam Bam ichida pichirlagancha ortga turib oldi . Bir oyog'ini devorga tiragancha , qo'llarini cho'ntagiga solib, o'tkir nigohlari bilan hayollarida Xoseokni ming bo'laklarga bo'lib tashladi .

- bersa o'lib qolarmidi .... Bu qizg'anchiqdan qishda qor so'rasang bermaydiyu , ko'chirishga berarmidi .... , nimalarni kutyapman undan ..... - Bam Bam pichirlagancha uning ustidan kulayotgan talabalarga qarab , sekin qo'llari bilan yuzini berkitdi .

Ey xudoyim..... Bu qanaqasi .... Maktab yetmaganidek , universitetda ham burchakda tursamaa.... Qanday sharmandalik . Universitetda birinchi marta burchakka turgan talaba sifatida tarixga kiraman shekilli ...

- Bamm... Jilmay ...

Bam Bam hayollarini yig'ib boshini yuqori ko'tarishi bilan Xoseok uni suratga oldi .

- yaramas.... Hoy....

- Chaeryoung ... Chaeroyung

- nima ? - Chaeryoung tushunmay Xoseokka o'grildi .

- kameraga qara va jilmay - Xoseok chap qo'li bilan Chaeryoungning yelkasidan ushlab o'ziga tortdi. Bir zum ham o'tmay Chaeryoung Xoseokning quchog'iga yiqildi .

Kamera tugmasi bosilishi bilan , Chaeryoungning hayrat to'la yuzi , Xoseokning yoqimli tabassumi va burchakda turgan Bam Bamning norozi ifodasi xotiraga nusxalandi .

Bam Bam ( Got7 )

- ko'rishguncha ... Men shu yerdan qaytaman - Chaeryoung o'zini noqulay sezib tezda yo'nalishni o'zgartirdi .

- biz bilan birga ovqatlanmaysanmi ?

- yo'q . Keyingi safar . Xayr .

Chaeryoung qo'li bilan sumkasini qisgancha , qadamlarini tezlatdi . Bam Bam avval Caeryoung , so'ngra hanuz uning ortidan tikilib turgan Xoseokni durtdi .

- u bilan qanday aloqangiz bor ?

- tushunmadim , kim bilan ?

- Xoseok , peshonamga axmoq deb yozib qo'yilganmi ? Seni juda yaxshi bilaman , hech qachon qizlar bilan bunday yaqin bo'lmagansan ....

- u bilan shunchaki do'stmiz , endi do'stlashib ham bo'lmaydimi ? Tezda hayoling har taraflarga ketadia ...

- shundaymi ? Bu qizning suratini ikkinchi kursning oxirlarida ham ko'rganman . Ilk marta uni auditoriyada uchratganimda ham qayerda ko'rganligimni eslashga juda harakat qildim. O'sha payt sen qo'lga tushgan yigit misoli sevgilingga o'zingni oqlashga kirishding . Uning yonida o'zingni tutishing , kamiga bir hafta ichida , aynan sen unga juda yaqin bo'lib qolishing . Va aynan bugun bu gumonlarimni telefoningda paydo bo'lgan yangi suratlar tasdiqladi . Odamovi qiz va qizlardan yiroq yuradigan yigit uchun bu ajoyib natija . Tahmin qilib ko'rsammikin , birinchi qadamni kim tashlagan bo'lishi mumkin . - Bam Bam bir qo'lini Xoseokning yelkasiga qo'yib , qoshlarini ko'tardi .

- sen hali telefonimni titkiladingmi ... Nega shaxsiy narsalarimga tegasan ...

- omooo .... Demak chindan ham telefoningda uning rasmlari bor ...

- s-sen.... Sen ... Bu nima deganing ?

- shunchaki , parolni topa olmagandim .Tahmin qilgandim , lekin ular to'g'ri bo'lib chiqdi ...

- s-seennn ..... Ana endi tugading , ana endi o'zim seni burda burda qilaman ...

Xoseok ortiga ilgan sumkasini qo'liga olgancha Bam Bamning ortidan yugurdi

Xoseok ( J-hope . BTS )

- xonim .... Xonim qayerga kiryapsiz ... shoshmang ....

Iseul navbatchi hamshirani itargancha , uning gaplarini tinglamay xonaga otilib kirdi .

- akaa... - Yondo to'satdan xonadan paydo bo'lgan qizning baland ovozidan cho'chib ketdi .

- Iseul cho'chitib yubording .... Iseul ... - Yondo qizning oqargan yuzlari va qizargan ko'zlarini ko'rib , hayollari tarqab ketib , yuzini jiddiy qiyofa egalladi .

- menga qarachi .... Senga nima bo'ldi ? Yig'ladingmi ...

- akaa...

- gapir yagonam , nima bo'ldi senga

- m-men .... Men sizni yaxshi ko'raman, judayam qattiq yaxshi ko'raman .

Iseul tutilgancha gapirib , oxiri ushlab turgan ko'zyoshlarini qo'yib yubordi . Yondo uning yosh bolalarday piqqilab yig'lashini ko'rib , sekin kulgancha bag'riga tortdi .

- tentakkinam ... Menam seni yaxshi ko'raman . Shunga yig'lash kerakmi

- Taehyung ... Taehyung menga akang boshqarayotgan mashina portlab ketdi dedi . Akang kasalxonada deyishi bilan, siz ham meni tashlab ketdingiz deb qo'rqib ketdim ...

- Iseul .... Iseul boshingni ko'tar . Menga qara ... - Yondo qizning iyagidan ushlab boshini yuqori ko'tardiyu , sochlarini quloqlari chetiga olib , yuzidan siladi .

Iseul ( Hwang Boreumbyeol . Actress)

- men senga nima deb uqtirgandim ... Menga qara ... Senga aytganlarimni qaytarchi

- h-hech qachon ... birovlarning oldida boshingni egma ... va ko'z yosh to'kma ... Akang aslo bunga yo'l qo'ymaydi va doimo yoningda bo'lishga va'da beradi

- men va'da berdimmi , albatta bajaraman . Men bor ekanman , sening ko'zyoshlaringni ko'rishga hech kimning haqqi yo'q . Hatto .... hatto chindan o'lgan taqdirimda ham aslo yig'lama...

- akaaa....

- shusiz ham kunora , sababsiz yig'layverasan , har tomchi ko'zyoshlaring yuragimga xanjardek botishini aslo unutma . Nima bo'lgan taqdirda ham , qayerga ketsam ham , albatta yoningga qaytaman ...Yaxshi singil bo'lishni istasang , boshqa ko'zyosh to'kma ... Hopmi ...

- .........

- eshitmadim !

- hop . - Yondo qizning tinchiganinu ko'rib , tezda o'zidan itarib , boshini yostiqqa tashladi .

- qani endi bo'ldi . Yig'i va ezilish time tugadi . Tezda o'zingni o'nglab uyga chop ....

- nega - Iseul Yondoning mehribon aka ro'li o'z nihoyasiga yetganini ko'rib , ensa qotirdi .

- ko'rmayapsanmi , akang kasal ...- Yondo gips oyog'iga ishora qilib qoshlarini ko'tardi . - uyga borib menga issiqqina sho'rva tayyorla , tezroq sog'ayishim uchun meni yaxshilab go'sht bilan siylab , parvarishlashing shart ....

- hhh..... Hozirgi shirin gaplar qayerda qoldi . Hech qachon odam bo'lmaysiz....

- nima deding ?

- xo'p bo'ladi akajon deyman ...

Iseul kulgancha xonadan chiqib ketishi bilan Yondo yostiq ostidagi telefonni qo'liga oldi .

- hammasi tayyor . Odamlarni yig' ....

Chon Yondo ( Kim Woo Bin . Actor )

- xo'shhh... Akang yaxshi ekanmi ?

Taehyung kasalxona eshigidan chiqib , tiniq osmonga qaragancha , xursand jilmayib turgan Iseulni ko'rib , tezda jig'iga tegishga harakat qildi .

- janob Kim.... Siz bilan gaplashib olsam maylimi ....

Iseul mashina ichidagi qo'riqchilarga qarab , Taehyungning qo'lidan tortgancha kasalxona ichkarisiga sudradi .

- sen menga nima degandingaa... - Taehyung Iseulning qo'llarini beliga qo'yib , asabiylashib gapirishidan rohatlanib kulgancha devorga suyandi .

- nima dedim ? Shunchaki akang boshqarayotgan mashina portlabdi dedim .

- sog' odam shunday deydimi ? Sal qog'ozga o'rab , halokat bo'libdi deydi , hayolimga nimalar kelmadi .... Qo'rqadi ham deb o'ylamaysan ...

- men senga akang o'ldi dedimmi ? U kasalxonada deyishim bilan otilib chiqib ketding ... Ayb o'zingda , oxirigacha eshitish kerak edi .

- hhhh....

- nima ? Nima ? Nega ensa qotirasan . Har holda , men baxona aka singillar ancha dardlashib oldingiz , bir biringizga yaxshi ko'rishingizniaytdingiz , nuqul bir biringizni g'ajib yurardingiz ....

- shunaqami ?

- shunaqa . Mening tengi yo'q aqlim yordamida , aka singillik rishtalaringiz yanada mustahkamlandi . Aslida menga raxmat aytishing kerak .

- Taehyung ... Bilasanmi seni mana shu aqling nimaga o'xshaydi ?

- nimaga ?

- 30 - aprelga

- 30- aprel yo'qku ...

- shuni aytamanda

Taehyung Iseulning ayyorona kulgusiga qarab , asabiylashgancha sochini ortga taradi .

- s-seen....

- ehhh... Kim aytadi sen seni sobiq mafianing o'g'li , nufuzli kompaniya vorisi deb .... Mayli ... Nima ham derdik ko'nikamiz endi.

Iseul mamnun poshnalarini taqqilatgancha , kasalxonadan chiqib mashinaga chiqdi .

Taehyung ( V . BTS)

Ulkan qandillar bilan yoritilgan zal va o'zgacha did va dabdaba bilan bezatilgan dasturxon . Yoshi qirqlardan oshib qolgan ikki ayol va yigirma besh yoshlar atrofidagi qiz qo'llaridagi patnislar yordamida uy egalari kechki ovqatga tushishini poylab turishardi .

Avval modellardek jozibali va yosh xonim viqor bilan dasturxon atrofidan joy egalladi . So'ngra yengil uy kiyimida bo'rtib turgan mushaklarini ko'z ko'z qilgancha uy xo'jayini o'z o'rnini egalladi .

Xizmatchilar taom tortishar ekan , Aera Jaehyundan ko'z uzmay harakatlanayotgan yangi qizning oyog'ini ingichka poshnalari ostida ezdi.

- ahhh.... - qiz og'riqdan baqirib yubordi .

- har tomonga alanglamay , ishingni qil

Qiz Aeraga yovqarash qildiyu , boshini eggancha , oshxonaga qaytdi .

-nega ovqatingni yemayapsan ? - Jaehyun likopdagi taomni sanchqi bilan o'ynab turgan qizga qarab qoshlarini chimirdi .

- qornim to'q .

- mmm.... Direktor Kim bilan tushlik ajoyib o'tgan bo'lsa kerak , to'g'rimi ? - Aera sekin uh tortkancha peshonasini ushladi.

- Jaehyun , iltimos . Yana boshlamang .

- men nima dedim ? Shunchaki u bilan bo'lgan maroqli suhbatingizda nima seni bunchalar xursand qildi ekanki , yuzingdan kulgu arimadi ...

Aera yana uning ortidan odam qo'yilganini tushunib , sanchqini stol ustiga zarb bilan urdiyu , o'rnidan turib ters o'grilib keta boshladi .

- men hali turishing uchun ruxsat bermadim! - Jaehyun sekin asta sochiq bilan lablarini artgancha o'rnidan turdi.

- Jaehyun , iltimos bas qiling . Bas qiling bu axmoqona rashklaringizni . Meni bo'g'yapsiz , tushunyapsizmi ? Meni mana shu bemani va asossiz rashklar , turli xil cheklov va tahdidlaringiz bilan bo'g'yapsiz ... Yetmaganidek meni gumonda bo'lgan shaxsdek ortimdan odam qo'yib kuzatishingiz nimasi ...

Aera ( Lee Sung Kyung . Actress )

- men shunaqaman , o'zimniki bo'lgan hamma narsani o'zgalardan qizg'onaman , hatto nigoh tashlari ham meni aqldan ozdiradi .

- Jaehyun ... menga ishonmaysizmi ?

- senga ishonaman , lekin atrofingdagilarga emas...

- ular bilan shunchaki hamkasb yoki do'st ekanimizni qachon tushunasiz ... Axir butun umr shunday yasholmaymanku

- aynan ular bilan allaqanday do'st ekanliging meni qonimni qaynatadi . Lekin sen shularni bila turib ham , aslo chekinmaysan shundaymi . Meni yanada ko'proq yoqasan , menga yoqmasligini bila turib qilasan bu ishlarni ...

- menga erkinlik kerak . Sal bo'lsa ham nafas olishim uchun erkinlik kerak ! Men ham boshqalardek yashashni xohlayman ... Mahbusdek emas...

- sen boshqalar emassan ... Sen meni xotinimsan

- xotin emas , qotil qo'lidagi oddiy asiraman ...

Jaehyun keskin harakat bilan Aerani devorga tiragancha , bo'yin qismini kaftlari orasida siqdi .

- qotilmi.... Qotil shundaymi ? Meni shu ahvolga kim solyabdi.... Kim tufayli men qotilga aylandim ... Gapirr... Kim uchunnn....

Jaehyun g'azabini jilovlay olmay , qizni devorga siqqancha , bor ovozida baqirar ekan , Aeraning tobora bo'g'ilayotgan ovozidan o'ziga kelib , undan qo'llarini tortib oldi .

Aera qizg'ish rangga kirishga ulgurgan bo'ynini ushlagancha chuqur chuqur nafas olar ekan , Jaehyun unga bir zum tikildiyu , uydan chiqib ketdi .

**************

Aera ko'zgu oldida kremlar bilan kaft izlarini yo'qotishga harakat qilar ekan , pastdan o'q ovozi yangradi . Yugurib deraza oldiga bordiyu , pardalarni qiya ochib , pastga nazar soldi .

Yashil maysalar uzra asta yoyilib borib , qonga cho'mayotgan jasaddan ko'zini uzmay turgan Jaehyunning qonga to'lgan nigohlari yuqoridagi derazalarga qaratildi .

- endi majbursan ... Chidashga majbursan . Meni bunga o'zing majbur qilding .

Jaehyun ( NCT )

Felix mototsiklni uy oldida qoldirib , shoshilgancha ichkariga shoshildi . Mehmonxonadan chiqib , oshxonaga kirdiyu , kuyib pishib taom tayyorlayotgan , to'lachadan kelgan , yoqimtoy , o'zidan atigi uch yosh katta Arinni ko'rib , jim chiqib keta olmadi .

- mmmm.... Juda hushbo'y hid taralyapti ... Nima pishiryabdilar ? - Arin orqaga o'grilib , uyning bezorisi va asablari egovi bo'lmish Felixga javob bergisi kelmay , ensa qotirgancha yana ishida davom etdi .

- javob bergingiz kelmadimi ... Mayli ...- Felix uning yoniga borib , pechda pishayotgan yumshoq shirinliklarga qaragancha , sekin jilmaydi .

- ohhooo.... O'zimga o'xshagan yumshoqqina , do'mboqqina , shirin bulochkalar pishiryapman deng ... - Arin axiyri chiday olmay yorildi.

- menga qarang , kichik janob Felix ! Agar yana bir marta qomatimga til tekkizsangiz , yuzingizga shunday shapaloq tortamanki , boshqa men tomonga qarolmay qolasiz ... Tushundingizmi ?

- tushundim...

- nimani tushundingiz

- sizning ortiqcha vazninggiz kelishgan yuzimga juda katta zarar olib kelishini

Felix xandon otgancha , oshxonadan chiqib , yuqoriga yugurdi . Xonasi tomon borar ekan , otasining kabinetidan chiqayotgan ovozlarni eshitib joyida to'xtadi .

Felix .

- hammasi o'z o'rnida bo'lishi kerak ... Xizmatchilarga ham tayinla , uyda kamroq aylanishsin . Eng muhimi , o'g'lingga ko'z quloq bo'l va yaxshilab uqtir , agar yana muammo chiqarsa bu safar kechirib o'tirmayman .

- shusiz ham u o'qishlar bilan band , xavotir olmang ... Hech qanday muammo bo'lmaydi .

- sen ham xonangdan zarurat bo'lmasa chiqmaganing ma'qul ... Bilasan Yoongi seni uncha xushlamaydi . - Min xonim boshini quyi solgancha , sekin hop deya qoldi .

Felix Yoongi ismini eshitishi bilan tok urgandek ichkariga otildi . Janob Min xonaga ruxsatsiz kirgan o'g'liga dakki berish uchun og'iz juftladiyu , uning tashqi ko'rinishiga tikilib qoldi .

- nega u to'satdan qaytadigan bo'ldi ...

- senga xonaga taqqillatib kirishni o'rgatishmaganmi - Janob Min iloji boricha o'zini bosishga harakat qildi .

- savolimga javob bering . Nega uni ortga qaytaryabsizz... - Felix jazavaga tushgancha otasiga baqirdi .

Min xonim o'g'lining bu harakatlaridan so'ng , otasi shunchaki jim turmasligini bilib o'g'lini to'sdi .

- seen... Tirmizak - Janob Min jahl ustida qo'l ko'tarishi bilan , Min xonim jon holatida uning qo'llariga yopishdi .

- azizim.... Iltimos o'zingizni bosing .... U bilmay , jahl ustida shunday deb yubordi .

- uni hoziroq ko'zimdan yo'qot ... Bo'lmasa shu yerning o'zida , uni bir narsa qilib qo'yaman ....

Min xonim hech qanday hissiz hali hamon otasiga nafrat bilan tikilib turgan Felixning qo'lidan tortqilab xonadan olib chiqdi .

- bu nima qilganing ? Menga qara bu nimasi ... Otangga ham shunday muomala qilasanmi ...

- oyiii.... Siz ham boshlamang iltimos . O'zingizni go'llikka solishni ham bas qiling ... Sizni yerga urishiga qachongacha chidamoqchisiz...

- sekinroq ... Felix sekinroq , otang eshitib ...

- eshitsa eshitsin. Endi undan qo'rqadigan kichkina yigitcha yo'q . Bilasizmi nima . Uni joniga tegdik . Agar Yoongi kelsa bizga kun bermasligini , bu uydan meni ham , sizni ham siqib chiqarishini bila turib u shunday qilyabdi .

- Felix ... O'g'lim ... Yoongi ham uning farzandi . Yonida bo'lishini istaydi ... Shusiz ham ancha yil bizdan uzoqda yashadi .

- shunday deb o'zingizni ovuting ...Davom eting ... U bu uyga qadam qo'ygan kunidan hayotimiz jahannamga aylanishini tomosha qilasiz ...

Felix Min xonimning qo'lidan siltagancha , uydan chiqib ketdi .

Min xonim

- eshitaman hyon ...

- .......

- xavotir olmang . Menda hammasi tayyor . Barchasi rejadagidek ketyabdi . Taehyungni bundan o'zim xabardor qilaman .

- .........

- albatta . Axir bu kunni uzoq kutdi .

- .......

- xo'p . Ko'rishguncha hyon .

Jimin telefonni bir chetga uloqtirdiyu , qarshisidagi yigitga o'grildi .

- davom et .

- menimcha u meni sezib qoldi .

- tushunmadim .

- Taeyongning ortidan shahar chetigacha kuzatib bordim . Ammk bir zumda ko'zdan g'oyib bo'ldi . Bu hodisa ikki marotaba yuz berdi . Hatto qanday ortga qaytganini ham bilolmadim . U hech qanday iz qoldirmayapti .

- ketaver....

- uni yana kuzataymi ?

- yo'q . Endi hojati yo'q . Haa... yana aytgancha kotibaga qo'ng'iroq qilib ertangi kunga belgilangan barcha majlislarni bekor qil

Yigit bosh egib , xonadan chiqib ketdi . Jimin esa o'yga tolgancha bir nuqtaga tikilib turdi . Birozdan so'ng yotoq yonida turgan tokcha tortmasini ochib qo'liga suratni olib , uzoq termuldi .

Suratdagi qizning yuzidan asta silaganday bo'ldi . Uning quyoshda tovlanayotgan tillarang sochlari , qirmizi lablaridan chiqib, go'yo atrofga nur sochayotgan mayin tabassumi .... Barcha barchasi.... uni sog'intirdi .

Jimin sekin jilmaydi , eski xotiralar ichra qalbiga iliqlik kirdi . Suratni qayta tokchaga joyladiyu , yotoqga cho'zildi .

- charchadim.... Hozir menga judayam keraksan ... Yana yelkangga bosh qo'yib uxlashni istayman .... Ammo bari ilojsiz shundaymi ...

Jimin ( BTS )

Ulkan hovlini uy egasini qutlash uchun kelgan mehmonlarning g'ala g'ovuri tutib ketgan . Bir xil kiyinib , tinmay mehmonlarga xizmat qilayotgan xizmatchilarning yuzida doimgi tabassum . Salkam ellik yetti yoshni qarshilagan Jeon Jung Hyunning tavallud ayyomi katta dabdaba bilan o'tkazilyapti . Qadahlarning bir biriga urilishidan chiqayotgan tovushlar , nozik nihol ayollarning mayin qah qahalari , yoshlarning o'yin kulgulari . Bu kechadan barchaning ko'ngli yayramoqda .

Alice mehmonlar oralab , sharoblarni tarqatib chiqdiyu , bir zum tin olish uchun chetga chiqdi . O'zi tengi yoshlarning qanday vaqtini o'tkazayotganini maroq bilan tomosha qildi . Birdan qo'rg'on ichra o'q ovozi jaranglab va qiy chuv boshlanib ketdi . Alice odamlarning g'ala g'ovuridan biroz gangib , o'ziga keldiyu birinchi bo'lib hayoliga kelgan o'ydan , uyga qarab yugurdi . Jon holatida Jungkokning xonasiga otilib kirdiyu , joyida qotib qoldi .

U yo'q .

- qanaqasiga.... Lanati...Bo'lishi mumkin emas....

Ortdan Krisning asabiy ovozi yangradi . U ham birinchi bo'lib Jungkokning yoniga yugurgani aniq . Kris ichida so'kingancha ortiga qistirilgan qurolni olib pastga shsoshdi . Alice ham Krisning ortidan ergashib atrofga alangladi .

Hovli bir zumdan bo'shab , bir nechta jasadlarning qoni bilan qoplanib ulgurgan . Hovli o'rtasida bir biriga qurol turab turgan bir nechta yigitlarga Alice zimdan nazar tashladi . Ular orasida bu uyga tez tez kelib turuvchi xushmuomala va uning takidlashicha Jungkokning yaqin do'sti bo'lgan Jimin ... Keng yelkali va baland bo'yli , yuzlarida sovuqlik aks etib turgan ikki begona va bir to'da qurollagan qora kiyimlilar

Bu hammasi emas , ortdan bir nechta yigitlar hamrohligida viqor bilan kirib kelayotgan yigit .... Bu qaddi qomat , bu chehra , bu qarashlar ...

- bo'lishi mumkin emas..... Nahotki bu u bo'lsa.....

Alice .


10 - qism tugadi.


#Jina🍀

#Dreams_Team

@Dreams_Chapter



Sanobar Sadullayeva


Report Page