" My Memory "

" My Memory "

Fanfic by: Jina🍀 7 - qism .

Qasos... Unda eng yoqimli dam bu , dushmaningning ko'zlarida senga nisbatan qo'rquvning aks etishini ko'rish. Undan ustun ekanligingni , uning hayoti sening qo'lingda ekanligini his qilish qanchalar yoqimli . Uning titrayotgan lablaridan chiqayotgan iltijolarning sababchisi bo'lish , va unga yuqoridan nazar solish ... Bu tuyg'uning qanchalar rohatli ekanini faqat qasos o'tida yonayotgan insongina his qila oladi . Ammo ... , bari shu bilan tugaydimi ? Qalbimizda gurillab yonayotgan olov shu yoqimli lahzalar bilan so'narmikin....

Jin kiprik qoqmay oyoqlari ostida tinmay kaltaklanayotgan Krisga be'etibor tikilib turardi. Kris azoblanyapti , deyarli o'lar ahvolda , lekin negadir Jin ning ko'nglidagi g'ashlik hech ham yoyilmadi ... Jin yigitlarga to'xtash uchun ishora bergach, barzangilar Krisdan uzoqlashishdi . Og'zidagi qonni tupurib, yuzini zax yerga bosgancha , chuqur va tartibsiz nafas olayotgan Kris Jinga o'grilib , labi chetida kula boshladi .

- tugadimii .... Qo'lingizdan faqat shu keladimi ?

- osongina o'lib qutilaman deb o'yladingmi ....

- ehh... Jin , Jin... boshingga qanday kunlar tushishini tasavvur ham qilolmayapsan .

- nasib qilsa , taqdirimizga nima yozilgan bo'lsa barchasini ko'ramiz ... Bu seni tashvishlantirishiga aslo hojat yo'q . Hozir o'zing haqingda qayg'urganing maqul ...

Kim Seok Jin

- Kim Seok Jin.... Yaqinroq kel...

Jin bir zum Krisning yuziga tikildiyu , sekin uning bo'yi barobarida egildi .

- kam bo'lsada , birgalikda kelishib ishlaganlarimiz hurmati bu gapni senga yetkazishni burchim deb hisoblayman... Azoblaringni kutib olishga tayyorlan...

- Kris... Gapni chaynash odating hali hanuz seni tark etmagani ko'rinib turibdi . - Jin bepisand qaddini rostladi

- juda g'ururlisan ... Aynan mana shu g'urur ko'zlaringni ko'r qilyabdi . Uning qo'lidan nimalar kelishini tasavvur ham qilolmaysan . Ammo bir narsa aniqki uning har biringiz uchun tayyorlayotgan juda katta sovg'asi bor . Ishonchim komilki sovg'angni olganingda , sendan hatto Jungkokniki kabi tirik murda ham qolmaydi ....

Jin yuzidagi xotirjamlikni yo'qotmay , tishlarini qisgancha , qo'lini musht qilib tugdi . Undan yuz burdiyu saf bo'lib turgan yigitlarga buyruq berdi .

- adabini yegandan so'ng otasining oldiga olib boring va o'g'li evaziga qurollarning pulini oling .

- seningcha otam bebosh o'g'lining qilmishlari uchun pul beradimi ...

- albatta. Yagona vorisining hayoti uchun , o'g'irlagan qurollaring haqqini har bir tiyinigacha to'laydi .....

Yigitlar Krisning bog'langan qo'llaridan torgancha tashqariga sudrar ekan , Kris so'nggi daqiqalardan ham unumli foydalanib qolishni unutmadi .

- ha yana bir gap. Juda qiziqyapman Jungkokni nega uyimizdan olib ketmayapsizlar ? Do'st emasmidingiz ...- Krisning kulguchlari yuzida yoyilar ekan Jin xotirjamlikni yo'qotmadi .

- Kris... O'yin ichida hech chalajon o'yinchilarni ko'rganmisan ? Jungkok allaqachon o'yindan chiqqan . Do'stlik va ish boshqa boshqa tushunchalar...

- hhh..... Jin xaziningni yashir . Iloji boricha xavfsiz yerga yashir ... Chunki u allaqachon yashirin joyingni aniqlagan deb qo'rqaman ....

Jinning yuzida paydo bo'lgan sezilar sezilmas xavotirdan Kris rohatlangancha kuldi .

Kris

- buni qaraya.... Shuncha janjaldan so'ng bu yerda qanday turibdi ....

- uyalmay birovning yigitiga osilishini qara...


- ular sen haqingda gapirishyapti .

Chaeryoung tezda Xoseokka o'grildi . U ko'zlarini kitobdan uzmasdan , qo'li orqali ortga ishora qildi .

- nega jim turibsan ? Ular sen haqingda gapirishyapti , eshitib turibsanku...

- buning nima ahamiyati bor

- ahamiyati bor . Bunday jim turma .

- nima qilay ? - Chaeryoung biroz asabiy ohangda ajablanib Xoseokka tikildi .

Xoseok qo'lidagi ruchkani joyiga qo'yib, boshini o'ng va chapga silkigach Chaeryoung ga qat'iy nigoh bilan , buyruq ohangida gapirdi .

- ur !

- n-nimaa?

- ur . Kim bo'lishidan , qanday mansabda , yoshda bo'lishidan qat'iy nazar , sen haqingda kurakda turmas so'zlar bilan haqorat qilib gapirayotgan insonlarni ur . Qo'lingdan kelgancha , bilganingcha , topgan narsang bilan ur . Indamayapsanmi ? Inkor qilmayapsanmi ? Demak ularning gapi to'g'ri ekanini tasdiqlayapsan .

- bu fikr ... Ishonching komilmi , chindan shunday qilaymi ?

- bilishsin ... Senda ham ko'ngil borligini , ularning gaplaridan qanchalar ranjiyotganingni , azoblanayotganingni ... Hamma ko'rsin. Qanchalar qattiq xafa qilishsa , shunchalar qattiq ur . His qilishsin ... Sezishsin ... Azob berayotganlarini. Himoya qil . O'zingni .....

- ularning o'rtasida chindan ham biron nima bor deb o'ylayapsanmi ?

- yo'q . Ishonchim komilki Xoseok undan foydalanyapti . U haqiqiy bit*h....

Pov Chaeryoung: so'nggi so'zlarga chidab tura olmadim . Qanday qilib bir inson to'g'risida bilmay turib , bunday gaplarni aytish mumkin . Xoseokning gapida jon bor . Jim turmasligim kerak. Qo'llarimni musht qilgancha qattiq stolga urib o'rnimdan turdim . Barchaning nigohi menga qadaldi . O'qituvchining norozi ovozi yangrashi bilan , ortimda turgan yigitning yuziga tarsaki tortdim . Hamma menga hayrat to'la yuz bilan tikilar ekan , yigit qizargan yuzini ushlab , hayron turgan qiyofasidan xursand bo'ldim .

- s-sen.... Yaramas , qanday had....

Yana bir tarsaki va yigitning uni o'chdi, qo'lini musht qilib tugganini ko'rib , o'zimni himoyalashga o'tdim . Avval kitob , so'ngra og'ir sumkam . Qo'limga tushgan narsa bilan uni ura ketdim . Xuddi Xoseok aytganiday . Baqir chaqirimiz xonani tutib ketdi . Birinchilardan bo'lib , o'qituvchi qo'limdagi sumkani yulib oldi . Avval yigitga , so'ngra yonidagi qo'rquv va hayratdan qotib qolgan qizga g'olibona tikildim va Xoseokka o'grildim .

U hayratdan qo'llari bilan lablarini yopib turardi . Mendan bunday natija kutmagani aniq . Unga qanday degandek tikildim . U bir muddat menga tikilib , qo'llaridan zo'r ishorasini qildi . Unga qarab jilmaydim , chin dildan .... Hech qachon bunchalar yengil bo'lmagandim.... Bundan keyin qilmishimga yarasha nasibamni olishimni bilardim ammo hozir katta olimpiadada oltin medal yutganday baxtiyor his qildim o'zimni . Chindan ham bu ajoyib tuyg'u ekan . Menimcha bu ishni tez tez takrorlab tursam yomon bo'lmasdi . Kamsituvchilarga nisbatan ....

Chaeryoung

Flashback:

- ishonching komilmi ? Ya'ni uni chindan ham o'ldirdingmi .... - Jiminning hayrat va biroz gumon aks etayotgan nigohlaridan Taeyong o'zini olib qochdi .

- janob Park , ishonchim komilki murdalar tirilmaydi va kuli ko'kka sovurilgan uydan hech kim hech narsa topolmaydi .

- .......... - Taeyong Jimin jim bo'lib qolganidan yanada dadillashib gapida davom etdi.

- uning sheriklari bo'lmagani aniq . Harakatlaridan va gap so'zlaridan u yolg'iz ishlashini oshkor qilib qo'ydi . U ham xuddi siz kabi mahoratimga shubxa va bepisandlik bilan qaradi .

- yo'q . Men shunchaki ....

- xavotir olmang janob hech kim hech narsadan xabar topmaydi . Hech qanday izlar qolmadi .

- ..........

- ruxsatingiz bilan janob Park . - Taeyong eshikka yo'nalar ekan Jimindan sekin sado chiqdi .

- Taeyong ....

- eshitaman janob .

- senga ishondim ...

- kuninggiz xayrli bo'lsin janob .

Taeyong eshikni ortdan yopishi bilan Jimin sochlarini barmoqlari orasida qisib , boshini ortga tashladi .

Pov Jimin: Yoningdagi eng ishonchli odamdan qo'rq ! Nima qilay dada ? Unga ishonaymi , yoki maslahatingizga amal qilib , uni o'zimdan uzoq qilaymi? Taeyongga ishonchim kuchli ... Ammo bari juda oddiy ... Juda oddiy.

Flashback tugadi.

Taeyong

- direktor Park . Direktor.... Meni eshityapsizmi ?

- aa... Ha.. Nimadir dedingizmi ?

- hayollaringiz parishon ko'rinadi . Hamkorlar bilan ham be'etibor suhbatlashdingiz .

- shunchaki bugun biroz charchaganman .

- tushunarli ...

Sana nigohlarini Jimindan olib , atrofi shisha devor bilan qoplangan restoranning ikkinchi qavatidan atrofni kuzatgancha qahvadan xo'pladi . Yomg'irning ilk tomchilari shisha oyna ustidan sirg'alib tushar ekan , Sananing yuzlari norozi burishdi .

- mmmm.... Yomg'ir yog'yapti . - Jimin uning yuziga tikildiyu sekin jilmaydi .

- yomg'irni yoqtirmaysiz shekilli ...

- ha . Umuman yoqtirmayman . Essiz... restoran ishchilariga qiyin bo'ladigan bo'ldi .

- nega ?

Park Jimin

- shunday katta joyning oynalarini yomg'irdan so'ng artib chiqish oson deb o'ylaysizmi ...

- bu ularning ishi .

- sizda boshqalar uchun achinish hissi yo'q shekilli ... - Jimin ko'zlarini yomg'ir tomchilaridan olib , unga qat'iy tikilib turgan qizga qaratdi .

- Sana xonim ... Menimcha siz direktor va kotiba o'rtasidagi muomala chegarasini unutib qo'ydingiz...

- suhbatimiz ishdan tashqari deb o'ylabman ...

Jimin arazlagancha yuzini yosh bolalarday derazaga o'girib , finjon ichida qoshiqni o'ynatayotgan qizga qaratib miyig'ida kuldi .

- Sana xonim... Siz kirishuvchan , sodda va juda ochiq qizsiz ... Yigitlar bilan muloqotga kirishayotganda bu sizga pand beradi deb qo'rqaman

- nega ?

- bunday ko'rinish va muomila bilan siz ularni o'zingizga juda yaqin olayotganday tuyilasiz ....

- hhh.... Uzur , sizni faqat boshliq ko'rinishida qabul qilib , bo'ydoq yigit ekaningizni unutib qo'yibman ... - Sana mamnun holda jilmayib lablariga finjonni tutdi .

- endi yodingizdan chiqarmaysiz deb o'ylayman , har xolda yigitligimni isbotlashimni istamaysizku to'g'rimi...

Sana unga o'tkir nigohlarini tikib , ko'z uzmay jilmayib turgan yigitdan biroz hayiqgancha yuzni boshqa tomonga burdi .

Sana

- xo'p aka . Xo'p deyapmankuu...

- .........

- albatta bu safar annniiqq bu fandan 50 dan yuqori ballni olaman .

- .......

- mmm... Bo'pti... va'da beraman .

-..........

- mayli akajon , keyin gaplashamiz . Dugonam kelib qoldi .

Mire telefonni tezlik bilan o'chirib , yo'lning chetida turgan yigitga qarab qo'l silkidi .

- oppaaa.... - qiz oldinga qadam bosishi bilan yigit to'xta ishorasini qildi va mashinalar orasidan yugurgancha uning oldiga keldi .

- oppa... - qiz erkalanib yigitni mahkam quchdi . Yigit ham tabasum qilgancha uning nozik bellaridan qattiqroq siqdi .

- xo'shh... qorinchang to'qmi ?

- haa, boya qizlar bilan ovqatlangandim

- unda yur . Biron joyda o'tiramiz

Yugyeom

- yooq . Istirohat bog'iga boraylik...

- mmmm... Juda charchadim .

- nima qilib ?

- seni o'ylab charchadim .

- haaa , shunday denggg...

- Bu qanchalik qiyin ishligini bilasanmi ? Tinimsiz seni o'ylayverganimdan hamma ko'zimga Mire bo'lib ko'rinyapti ...

- yo'q , yo'q . Bahonalar o'tmaydi . Baribir boramiz .

Mire yigitning qo'lidan tortgancha aftobusga sudradi. Aftobusda odamlar ko'payar ekan yigit qizni chetga olib ikki qo'lini yon tomonlariga qo'ygancha, yo'lga jim termuldi .

- nima shunday qilsangiz ko'rinmaymanmi ? - Mire sekin kuldi .

- o'zi jimitdeksan . Keng yelkalarim ortida umuman ko'rinmaysan ...

- shunaqa deng ...

- ee... , jim tur chittak . Bo'lmasa hammaning oldida o'pib olaman ...

Yigit kulgancha gapirar ekan Mire sekin yigitning pidjagiga yuzini yashirdi.

***************

- yo'q . Bo'ldi.... Boshqa bir qadam ham bosmayman ....

- oppa bu ohirgisi...

- agar bunga ham minsam aniq hushimdan ketaman.... Ko'nglim aynib ketyapti..... Tobim qochyapti...

- ro'l o'ynamasangizchi.... Men uchun...

- ............

- oppaa.... Oppaaa... Yugyeom.

Yigitning keskin o'zgargan nigohidan Mire sekin qo'llarini undan oldi .

- Mire... meni sensirama .

- k-kechiring.... Haligi bilmasdan...

Yugyeom bir zum qizga qarab turib keyin sekin jilmaydi va uning qo'lidan ushlab bag'riga tortdi .

- mayli... Bir marta uchun kechiramiz .

Pov Yugyeom : yana biroz chidaymiz Mire ... Keyin sen meni zardalarimdan , men esa sening erkaliklaringdan qutulaman . Axir hali menga hali judako'p kerak bo'lasan . Shunchaki ungacha yaxshi yigit bo'lishga majburmiz ....

Mire

7 - qism tugadi.


#Dreams_Team

#Jina🍀

@Dream_Chapter


Report Page