" My Memory "

" My Memory "

Fanfic by: Jina🍀 6 - qism .

O'ylaganimdan ancha irodasiz ekansan...

Chaeryoung boshini yuqori ko'tarib , unga tepadan mensimaslik aks etayotgan nigoh bilan tikilib turgan Hoseokni ko'rishi bilan , o'rnidan turib , undan uzoqlashishga qaror qildi . Hozir unga muammolar kerak emas...

- kecha sizlarni universitet orqasida ko'rdim . - Chaeryoung ko'zlarini katta katta ochgancha Hoseokga hayrat bilan tikildi .

- nimalar qilganingizni .... Ya'ni ular senga nima qilganlarini barchasini ko'rdim .

- balki bularni videoga ham olgandirsan ... Bu bilan nima o'zgaradi . Mendan nima xohlaysan ?

- o'zingni juda g'ururli tutasan . Ammo , aslini olganda oddiy qo'rqoq qizsan ...

- men hech qanaqa qo'rqoq emasman !

- unda nega ularga qarshilik qilmading? Indamay jim turaverding ...

- menga muammo kerak emas . Ular bilan pachakilashgandan foyda yo'q ...

- o'zingni aldashni bas qil ...

Chaeryoung Hoseokning qahrli shu bilan birgalikda tashvishli qarashlaridan hech narsani tushunmay , unga tikilib turaverdi .

- ular seni yerga urgani sari , sen har safargidan ko'ra ko'proq jim bo'lyapsan. Ularga qarshi chiqish o'rniga , ularga ustingdan kulish uchun sharoit yaratyapsan . Bu bilan muammolarim hal bo'lib qoladi deb o'ylayapsan shundaymi ? Axmoq ekansan .... Ular senga har safargidan qattiqroq zarba yo'llaydi ...

- nima qilay ... Peshonamga shu yozilgan ekan . Jim bo'lishga majburman ... Bu mening taqdirim . Unga qarshi chiqa olmayman ... - Chaeryoung yig'lashni istamasada , tomog'iga tiqilayotgan alamlarni gap bilan to'xtatishga harakat qildi .

- to'g'ri taqdirga qarshi chiqa olmaymiz, hatto undan qochish ham qo'limizdan kelmasligi ayni haqiqat . Ammo baxting uchun kurashmaslik bu shunchaki axmoqlik va ojizlikdan boshqa narsa emas...

- ha axmoqman , ojizman . Buni senga nima ahamiyati bor ? Nega menga bu gaplarni aytyapsan ... Senga baribir emasmi . Axir o'shalardan birisan ...

Chaeryoung


- menga baribir emas... Bu sening hayoting ekan , menga varibir emas...

Hoseokning so'zlaridan so'ng oraga sukut cho'kdi . Faqat nigohlar bir biri bilan so'zlashmoqda . Javobi yo'q savollar va anglab bo'lmas hislar ... Hoseok Chaeryoung dan ko'zlarini olib qochdi

- shunchaki senga yordam bermoqchiman . Do'st sifatida ...

- do'st ... ? To'satdan bir inson kelib , senga do'st sifatida yordam bermoqchiman deyishi ... Va men ham unga ishonishim . Bu biroz erish tuyilmayaptimi ?

- sen uchun shundaydir , ammo men uchun emas . Hozir indamay turishim bilan hammasi tugaydi deb o'ylayapsan . Ammo hech narsa tugamaydi . Bundanda yomonlashadi xolos ... Butun umr mana shunday yerga urilib yashaysan , doim jim bo'lishga majbur bo'lasan . Hozir atigi ikki uch qizga qarshi tura olmas ekansan , keyinchalik hech narsani eplay olmaysan ... Butun umr mana shu qo'rquvlaring bilan yashaysan ... Senga shu kerakmi ?

- ...........

- hozir tavakkal qilmasang , keyin qattiq afsus chekasan . Hozir his etayotgan tuyg'ularingni juda yaxshi bilaman ... Joningni so'ramayapmanku ... Shunchaki do'stlikni taklif qilyapman

Hoseok Chaeryoung ga qo'l uzatib turar ekan , Chaeryoung biroz ikkilandi. Unga ishonib aldanib qolishdan juda qattiq qo'rqdi . Ammo bir tarafdan u to'g'ri gapirdi . Hozir tavakkal qilmasa , keyin qattiq afsuslanadi ...

Chaeryoung Hoseokning qo'lidan ushlashi bilan uning yuziga kulgu yozildi .

- nihoyat... O'ylashing uchun naq yarim soat vaqt ketdi . Agar kimdir , qo'lingni so'rasa ikki hafta o'ylaysanmi ... Hazl...

Hoseok xijolatli jilmayib , sochlarini ortga taradi . Chaeryoung esa uning yana qayta uning mayin tabassumiga termulib qoldi .

- (juda chiroyli kulasan ...Aslini olganda , chiroyli kuladi deb qizlarga aytishadi . Lekin chindanda qizlardan chiroyli tabassum qilasan ...)

Jung Hoseok

- iltimos qilaman , hyung ... Menejir bilmasin ...

- Felix , balkim bu xavflidir .

- hecham xavfli emas . Salgina qayrildi xolos ... Bir kunda o'tib ketadi . Iltimos menejirga aytmang . U meni tezda guruhdan chetlashtiradi .

- Felix .....

- hyung .... Yolvoraman ... muvaffaqqiyatga erishishimga oz qoldi . Shu yerda barchasidan ayrilishni xohlamayman ....

- mayli ... ko'ndirding . Ammo hoziroq uyga borasan va dam olasan .

- siz eng zo'r hyung va eng zo'r lidersiz...

- bo'ldi bo'ldi ... Bas qil ... - Bangchan bo'yniga osilib , uni o'pishga harakat qilayotgan Felixni o'zidan itardi

- kompaniyaning orqa eshigidan chiq. Iloji boricha ko'zga tashlanma .

- xo'p bo'ladi kapitan !

Felix kulgancha sumkasini ortga ilib , chap oyog'ini nomiga yerga bosgancha , eshikka yo'naldi .

- Felix ...

- ha

- o'zingni ehtiyot qil ...

- xo'p ...

***************

Yotoq ustida oyoqlarini cho'zgancha, ko'zlarini yumib yotar ekan , oyoqlariga tekkan muzdek jismdan seskanib , cho'chib o'rnidan turdi .

- oyiii....

- ha ?

- nima qilyapsiz ?

- muz bosyapman . Ko'rmayapsanmi... Oyog'ing shishib ketibdi .

- buyoqqa bering , o'zim qilaman ...

- nega endi ? Jia xonim qilsalar mayli , oyingiz qilsa xijolat bo'lasizmi ...

- nima...

- haaa... Meni bilmaydi deb o'ylaysanmi? O'tgan safar oshxonada , yolg'on to'qib qochib qoldingiz , ammo men ko'r emasman ...

- oyii... nimalar deyapsiz ...

Felix


- ha nima , uyaldilarmi ? Bir biringizga qanday ko'z qisishlaringizni , imo ishoralar bilan gaplashishingiz ... Tunda chordoqdagi uchrashuvlar ...

- ortimizdan kuzatdingizmi ? - Felix ko'zlarini katta katta ochdi .

- sen mening butun borlig'imsan , seni hech kimga alishmayman ... Hech kim birga bo'lishimizga qarshilik qilolmaydi. Hatto dadang menga bunday gaplar aytmagan .

-oyiiiii..... - Felix qizargan yuzlarini yerga qaratdi . Min xonim esa muzlarni yerga qo'yib uning yoniga joylashdi , va yuzlaridan sekin siladi .

- ulg'ayganingni sezmay qolibman ...

- oyi , bilasizmi ... Jiada ayb yo'q . Uni men bilan uchrashi...

- meni yomon onaga o'xshaymanmi o'g'lim . Jia juda yaxshi qiz ... Ko'z oldimda ulg'aydi , o'z qizimdek bo'lib qolgan ...Munosabatlaringizga qarshi emasman ...

- chindanmi ... - Min xonim Felixning chaqnab ketgan ko'zlariga qarab tabassum qildi

- yoqmay qolsin . Hozir inkor qilayotgandi .... Endi esa ...

Min xonim qayta pastga tushib , Felixning oyog'iga kerakli muolajalarni qilgach , uni bog'lab , oyog'i ostiga yostiq qo'yib , stakanda suv uzatdi .

Felix suvga qarab turar ekan , egik boshini ko'tarib , onasining ko'zlariga qaray olmadi .

- oyi ... Meni kechiring . Men ...

- shart emas...

- nima ?

- men ishonaman ... O'g'lim yomon ishlar qilmasligiga , onasining yuzini yerga qaratmasligiga ... ishonchini oqlashiga ... Hamma hammasiga ishonaman ... Hozir tushuntirishni xohlamasang , keyin aytasan ... Men tayyor bo'lishingni kutaman ....

- oyii.... - Felix Min xonimni qattiq quchoqladi . Uning issiq quchog'i , yoqimli ifori , onalik mehri ... Mana u uchun eng kerakli narsa ... Ishonch !

- erkatoyim .... Nima bo'lgan taqdirda ham o'zingni asra . Joningni azobga qo'yma . Sen qiynalsang , men yuz barobar ko'proq azob chekaman ... Agar meni o'ylasang , o'zingga g'amxo'rlik qil ...

- oyijonim o'zimni ....

- mening kelushgan shaxzodam ... Yana kimda shunday mukammal o'g'il bor ?

- oyiii....

- uyaldilarmi... O'zimni kichkintoyim .

Min xonim

- Lee xonim.... qutini menga bering .

Lee xonim bir zum Jiminga hayron tikildiyu , sovg'a qutisini unga uzatdi . Jimin zudlik bilan yuqoriga ko'tarildi . Xona eshigini qulflagach , qaltirayotgan qo'llari bilan qutini stol ustiga qo'ydi . Bir zum ko'zlarini yumib , hozir ko'radigan manzarasiga tayyorlangandek bo'ldi . Chuqur nafas olib , sochlarini ortga taradiyu , gulqog'ozlarni olib , qutini ochishi bilan jimib qoldi .

- b-bu... Nimasi ?

Jimin quti ichidagi odfiy tortga qarab , yuzlari qizara boshladi . Bir tarafdan uning ichida Taeyongning o'lganligini anglatuvchi belgilarni ko'rmaganligidan xursand bo'lsa , ikkinchi tomondan boshqa xavf bo'lishi mumkinligi uni tashvishga soldi .

- janob.... Janob eshikni oching ...

Eshik ortidan qo'riqchining ovozi kelishi bilan Jimin bir oz o'ziga kelgandek bo'lib , eshikni ochdi .

- j-janob .... Tashqarida...

Jimin zinalardan yugurib tushar ekan , go'yoki yerni his qilmasdi . Har tomonga tarqab ketgan tarqoq hayollarni bir joyga jamlay olmay , miyasida faqat bir hayol , lablarida esa faqatgina bir ism edi ... Taeyong ...

- T-taeyong ....

Jimin Lee xonimning yonida , savollariga kulib javob qaytarayotgan , ust boshi toza , hattoki yuzida bir tirnalish bo'lmagan Taeyongga qarab butunlay lol bo'lib qokgandi .

- xayrli kun janob . - Taeyong jilmayib qo'yib , boshini egdi .

Park Jimin.

- Iseul meni tinch qo'y .... Yolvoraman ..

- bir pas jim turing ...

- menga rahming kelmasa ham , begunoh sochlarimga rahming kelsin...

- buncha nolimasangiz.... Shu sochlaringizga rahmim kelganidan qilyapman bu ishlarni ....

Biroz vaqtdan so'ng Iseul , mamnun kulgancha Yondoning yuzlaridan chimchiladi va oynaga qaratdi .

- buni qaranglaraa.... Qanday kelishgan yigit bo'ldingiz qoldingiz .... Tuppa tuzuk , sartarosh ekanman , bitta salon ochivolsammikin ....

- hmmm... Chakki emas ... Lekin sochimni tepaga ko'targanim ko'proq yoqardi .

- noshkur ...

- nega o'zi birdan soch turmagimga yopishib olding ?

- Iseul senda qora....

Tillarang sochlari tovlanib turgan , moviy ko'zlari bir qarashda har qanday insonni o'ziga rom qiluvchi , kalta qora xizmatchilar kiyimidagi qiz kirib keldiyu , Yondoni ko'rishi bilan , ters ortga burilib ketdi .

- unga nima bo'ldi?

- bilmadim.... Sizdan qo'rqdi shekilli ...

- nima ?

- xonimning nozik ko'ngillari sizni tusab qolibdi . Qarasam.... Ko'z tashlashlar boshqacha ...

- nima men yoqtirishga arzimaydigan yigitmanmi ?

- men unday deganim yo'qku.... Shunchaki ... Bu chayon bilan bitta joyda 10 daqiqadan ortiq turolmaymanku , u kelinoyim bo'lishni ko'zlabdi ....

- ha nima ? Chayon chayonni chaqmaydiku ...

- nimaaaa

- hazllashdim - Yondo yuzini yashirgancha oynaga burildi va pastga tushirilgan sochlarini qo'li bilan taragan bo'ldi .

- unga sochlaringizni yuqoriga ko'tarib yurgan paytingiz juda yoqib ketarkansiz....

- shunga sochimni kesib , pastga tushurdingmi ....

Yondo asabiylashib baqirdi , sal o'tib yalt etib , Iseulning yelkalaridan ushlab o'ziga qaratdi .

- bundan qo'rqib ketmagandir.... Unga yana bir nimalar degansan

- h-haligii..... Hech narsa demadim....

- Iseul.....

- ey xudoyim , pechga shirinlik qo'yib kelgandim . - Iseul gapni burgancha eshikka yugurdi .

- shoshma Iseul ..... to'xta deyapman senga yalmog'iz.... Unga nima deding....

Yondo


- hayot naqadar go'zal ... Qizlar bilan esa yanada go'zal....

Kris barobariga og'zi va burnidan tutun chiqargancha , shavxoniy nigohlar bilan davrada berilib , raqs tushayotgan qizlarga tikildi .

- nima deysan ?

- a-a ....?

- xayollaring qayerda ?

- shunchaki ... o'zim .

- qani ko'rsatchii.... Kimning rasmiga termulyapsan ?

- hech kimni . - yigit telefonni cho'ntagiga solib , ichkilikni ko'tardi .

Kris unga biroz shubha bilan tikildiyu , sigarani yana bir bor chuqur tortgancha o'rnidan turdi .

- sen bilan o'tirgandan foyda yo'q . Undan ko'ra charchoqlarimni chiqaraman ...

Kris labi chetida kulib , davraga qo'shildi va sekin asta qirmizi libos kiyib olgan dilbar qiz yoniga yaqinlashdi. Nigohlar orqali bir birlarini tushungan maqsadlar , juda tezlik bilan uyg'unlashdi . Qo'shiq ritmiga mos harakatlar va tebranishlar , Krisni tobora aqldan ozdirardi . Qizdan kelayotgan yoqimli ifor ... , uning mayin tanasi , qirmizi libosga mos , g'uncha lablar .... Kris tezroq bu lablarning ta'mini bilishga shoshildi va qizni o'ziga tortdi .

Biroq atrofda ko'tarilgan qiy chuvlar bunga imkon bermadi . Kris bir birini turtib , eshik tomon qochayotgan odamlar orasida karaxt ahvolga keldi . Biroz avval qabul qilingan giyohvand modda ta'siridan atrofdagi voqealarni anglab yetishga va biron harakat qilishga kuch topa olmadi . Lekin qo'llari ham qizning nozik bilaklarini qo'yib yubormagan , qiz esa iloji boricha undan uzoqlashishga harakat qilardi . Harakatlar esa besamar ketaverdi .

Ammo qulog'i ostidan uchib o'tgan o'q va yuziga sachragan qon ... barcha sarhushliklarni yo'q qildi . Kris qo'llari qaltiragancha , yuzidagi qonni artib , avval yerda yotgan qizning jonsiz tanasiga , so'ngra ortga o'grilib , qarshisida turgan odamga qaradi va qo'rquvdan bir qadam ortga tisarildi .

- salom Kris ....

- J-jinn......

- bu safar shunchaki oson qutulib ketolmaysan hayvon...


Kris .


6 - qism tugadi.


#Jina🍀

#Dreams_Team

@Dreams_Chapter


Sanobar Sadullayeva


Report Page