" My Memory "

" My Memory "

Fanfic by: Jina☘ 4 - qism

- Taeyong o'g'lim ...Kihyunni topdingmi?

Uy eshigi oldida qo'llarini fartukka artgancha xizmatchilar bekasi Lee xonim turardi . Taeyong uni ko'rishi bilan qon bo'lgan qo'llarini ortga yashirdi .

- Taeyong nimadir bo'ldimi ? Sizlarga nima qildi ? - Lee xonim ochilgan sovg'a qutisi oldida , bir ahvolda turgan yigitlarni ko'rib , xavotirlangancha qadam tashladi .

Lee xonim ular tomon kelayotganini ko'rib Taeyong dovdirab qoldi .

- o'sha yerda to'xtang ... B-bu yerga kelmang !

- nega ....

- h-haligi ... Biz bu yerni tozalayapmiz ....

- tozalayapsiz ? Quruq qo'l bilanmi - Lee xonim hazilomuz piching qilib , ularning qo'liga ishora qildi .

- yo'q . Qutidan tozalovchi dorilarni olayotgandik . Hozir tozalashni ham boshlaymiz .

- mayli o'g'lim , niqob kiyib olinglara , yomon ta'sir qilmasin . Ha Kih ....

- K-kihyunni janob Park officega chaqiribdilar . Muhim vazifa shekilli , xabar berish yodidan ko'tarilib , sh-shoshib ... ketib qoldi .

- haa... Mayli . Kelishi bilan ayt , oldimga kirsin . Tushlik payti ovqatlanishga kirmagandi ... Bolam bechora , och yurmasin deymanda....

Lee xonim kuyinib gapirgancha qayta eshik oldiga bordiyu , to'xtab ,avval Taeyong tarafga , so'ngra katta darvozaga biroz hadik bilan qaragancha , qayta ichkariga kirib ketdi .

Lee Hae Sook

- mana shunday ....

Iseul patnis ustida turgan moychechakli choy va kitobni tokcha ustiga qo'ydi va yana bir bor xonaning har bir burchagiga ko'z yugurtirdi .

- menimcha hech qanday kamchilik qolmadi . Chinnidey toza ...

Iseul mamnun tabassum qilgancha eshikka yo'naldi , ammo u boshqa tarafdan ochildi .

- Iseul...

Eshikdan ko'zlari quvonchdan porlayotgan Taehyung ko'rinishi bilan , Iseul o'zi bilmagan holda tabassum qildi.

- Iseul ... Yaxshiyam seni uchratdim ...Senga xushxabarim bor . Kel buyoqqa o'tirib ol...

Taehyung Iseulning qo'lidan tortgancha yotoq chetiga joylashdi va biroz nafas rostlab , tabassum qilgancha gap boshladi .

- bilasanmi ... U haliyam meni eslar ekan . Meni unutmagan ekan ... - Iseul Taehyungning quvonchdan yonayotgan ko'zlariga asta tikilar ekan , yuzidagi tabassum sekinlik bilan soxtaga aylanib borardi .

- hujjatlarni imzolash bahona kompaniyaga bordim . U ishlarga ko'milib turadi . Uni kuzatayotganimni sezib , yonimga keldi . Avval sinchiklab yuzimga termuldi . Keyin meni ismimni aytgancha quvonchdan qarsak chaldi . U avval ham shunday qilardi . Biror nimadan quvonsa qarsak chalardi . Uning o'sha paytdagi tabassumi ....

Kim Taehyung

Taehyung gapida to'xtab kulib qo'ydi . Va sochlarini to'zg'itib , o'zini ortga tashladi . Yotoq ustidagi yostiqlardan birini quchog'iga olib qattiq bag'riga bosdi .

- Iseul.... Qanchalar baxtli ekanimni tasavvur qilolmaysan .... Meni unutib yuborgan deb o'ylagandim , ammo ... Ammo bari yodida ekan ... Dars tayorlaganlarimiz.... Sayr qilganlarimiz ... ko'rishish uslublarimiz... Hazllarimiz.... U bilan ancha payt suhbatlashdik.

- sen uchun judayam xursandman . - Iseul tabassum qilar ekan , qo'li bilan ko'ylagining bir chetini mahkam qisdi .

Pov Iseul : qanchalar axmoq , kuchsiz va ojiz insonman .... Sen u bilan suhbatlashganing uchun xursandsan , men seni qayta unga topshirayotganim uchunmi ...? Nega sen uchun xursand bo'lyapman ... Sen u haqida gapiryabsan , kamiga yuzingda tabassum . Nega men telbalardek kulyabman ...? Nega aytayotgan gaplaring yuragimga xanjar misol sanchilayotganini , meni sekin asta o'ldirayotganingni aytolmayman ... Nega meni sevmaysan ? Nega...? Bu qanday adolatsizlik bo'ldiki , o'zga insonga atalgan sof sevgingni jim va ojiz kuzatib turaman . Shunday paytlarda uzoqlarga qochib ketgim keladi ... Bu yerlardan , g'am alamu , chorasizlikdan uzoqqa... Ammo ketolmayman ... Chunki bu yerda sen borsan . Bu la'nati tuyg'ular meni shu darajada ojiz qildiki , sendan bir qadam ham uzoqlasholmayman ... O'zgani sevsang ham Qanchalar og'riqli bo'lsang ham , seni sevaveraman ... Iltimos shu yerda to'xta... Bunday qilaverma ... Og'riyabdi axir ...

Iseul

- ey xudoyim Jin....

Jimin shaxsiy kabinetiga kirishi bilan chap oyog'ini o'ng oyog'i ustiga qo'yib , jurnal o'qib turgan Jin ni ko'rib cho'chib ketdi .

- sengayam salom Jimin ...

- qachon eshikdan kirishni o'rganasan o'zi ...

- hech qachon .

Jimin Jinning o'zgarishsiz reaksiyasiga qarab , engsa qotirdiyu , to'satdan yodiga kelgan hujjatlarni qidira boshladi .

- tinchlikmi ? Meni yo'qlab qolibsan ... - Jimin shkaf tortmalarini palapartish ochib , yopgancha kerakli qog'ozlarni qidira boshladi .

- ikki kundan keyin ish bilan ketyapman

- yanami ...

- o'zing bilasanku . Nimani qidiryapsan o'zi ... Tinchlikmi ...- Jin uyoqdan buyoqqa yurib tipirchilayotgan Jiminga hayron tikildi .

- tinchlik emas . Bugun bir qo'riqchimni jasadini uyga tashlab ketishibdi . Aniqrog'i bo'laklangan jasadini ...

Jimin chuqur nafas olib , sochlarini ortga taragancha divanga o'tirdi va bo'yinbog'ini bo'shatdi .

- bo'laklangan holda de .

- q-qo'l oyoqlari .... va ... Va boshi ... Yetmaganiga sovg'a qutisiga o'ralgan . - Jimin kaftlari bilan yuzini ishqalagancha ko'zlarini yumdi .

Kim Seok Jin.

- qotil juda ishbilarmon ekan ...

- nima ?

- ya'ni senga jasadning keraksiz qismlarini hadya qilibdi . Aniq bilamanki u yigitning ichki a'zolarini qora bozorda yaxshigina narxga pullaydi .

- Jin men nima deyapmanu ... Sen pul haqida gapirasan ... Senga uni bo'laklashibdi deyapman . Uning onasi sal kam o'ttiz yildan beri xonadonimiz bekasi . Deyarli u bilan birga katta bo'lganman . Unga o'g'lining o'lganini qanday aytaman ... Onamdek bo'lib qolgan insonga o'g'lining sababsiz bo'laklangan tanasini ko'rsatamanmi.... Bu nima ekanligini , uning nimalarni his qilishini , qanday ahvolga tushishini .... B-bu .. bu qanday vaxshiylik ekanini his qilyapsanmi o'ziii ? - Jimin asabiylashib gapirar ekan , bo'ynidan bo'rtib chiqqan tomirlari yaqqol ko'rinardi .

- yo'q ... Balkim onam bo'lganida his qilgan bo'lardim . Ammo hozir uning ahvolini tushunishniyam , his qilishni ham xohlamayman .

- kechir Jin .... Men shunchaki o'zimni bosolmayapman . Kim bunday qilgan bo'lishi mumkin.... Kim..?

- kimdandir gumoning bormi ?

- hayolimga hech kim kelmayapti ...

- qutida , boshqa narsa ham bormidi ?

- ha ... Qandaydir qog'oz parchasi .

- u yoningdami ?

- ha mana - Jimin cho'ntagidan qog'ozni chiqarib , Jinga uzatdi . Jin unga sinchiklab qarar ekan , nigohlarida o'zgarish aks etdi .

- pastdagi belgilarga tushunmadim .

- bu yerga ism yozilgan .

- ism ?

- ha . Esingdami bolaligimizda belgilardan harflar alifbosini tuzgandik . Maxfiy agent o'yinini o'ynash uchun . Bu o'sha belgilar ... Menimcha...

- nahotki ... Qani berchi . - Jimin qog'ozni qo'liga olib tikildi .

- Jung Te Ok . Xuddi shunday ... Jung Te Ok deb yozilgan ...

- ammo , bunday insonni tanimayman...

Park Jimin

- xo'sh qalay ?

Felix nafas rostlar ekan , unga tikilib turgan qora ko'zlarga qaradi .

- oppa ... Seni qayta sevib qolyapman...

Felix kulgancha sochiqni olib , tomchi ter bosgan yuzlarini artgancha Jianing yoniga joylashdi .

- seningcha tayyormanmi ?

- tayyormanmi ? Bu qanday savol bo'ldi? Siz allaqachon Idolsiz ...

- Jiaa... - Felix sochiqqa yuzini bosgancha kuldi . - Idolman shundaymi? Tasavvur qilyapman ... Sahna ... Qarsaklar va qizlar qichqirig'i ... Sizni sevaman Felix.... Siz eng zo'risiz ....Menga uylaning ...

Felix ko'zlarini yumib , qo'llarini keng yoygancha mazax qilib kuldi .

- yaaa.... Yaramas xiyonatkor . Halittan uyalmay yonimda qizlar haqida o'ylayapsizmi ... Hozir shu ko'zlaringizni o'yib olaymi ?

Jia un bo'lgan barmoqlarini juft qilib Felix ga taqadi .

- hoy ...Hoy Jia . Qo'lingga qara , hozir hamma joyni un qilasan...

- shunaqamiii - Jianing yuzida ayyorlik aks eta boshladi .

- hayolingga ham keltirma Jia ... Yaqinlashma mengaa.... Jia ...

Felix baqirgancha oshxona bo'ylab yugura boshladi . Jia esa qo'lidagi idishdagi unlarni unga qarab sepa boshladi .

- Jia bas qil.... Bas qilsangchi ...

- bu xiyonatkorning jazosi .... Xiyonatkorlarga o'limmm.... - Jia kulgancha Felixning boshidan idishdagi barcha unni sochdi .

Jia qiqirlab kular ekan Felix bir urinishda uni quchog'iga tortdi . Ko'zlarini sekin asta yuzi bo'ylab yugurtirib , labiga kelganda to'xtadi .

- sizdek go'zal qo'lida o'lim topsam qarshi emasman ... Ammo , avval so'nggi tilagimni bajaring ...

Felix qo'llari bilan Jianing yuzidan ushlab yuziga yaqinlashgan payt , to'satdan kelgan ovozdan dovdirab qolishdi .

- bu yerda nimalar bo'lyaptiii....

Min xonimning ovozidan Felix va Jia bir biridan tok urgandek uzoqlashdi ...


Min Felix

Pov Chaeryoung: yana bir xayrsiz tong ... Yana o'sha universitetga borishga majburman .... Kunlar yanada tezroq o'tsaydi . Mana shu la'nati bir yil yil tezroq tugasaydi .... Xonaga kirdim , o'rnimga yaqinlashdim... Ammo chap tomonimda o'sha sehrli tabassumga ega yigit . Nima ... U bugun ham men bilan o'tiradimi ?

- salom go'zal qiz... - meni go'zal qiz deb ataydigan yagona inson .

Ho Seok Chaeryoung ni ko'rishi bilan qo'l silkidi va unga o'tirishi uchun stulni surib berdi . Chaeryoung boshini yerga egib salom bergacha o'z o'rnini egalladi va kitob daftarlarini stol ustiga qo'ydi .

Pov Chaeryoung: dars davomida u menga tikilib turgandek tuyildi . Unga qaradim ... Hatto nigohlarini mendan olib qochmadi , . Biron nima bo'ldimikin deb , o'zimni ko'zdan kechirdim . Menimcha hammasi joyida . U sababli hayollarimni jamlay olmayabman ... Nega u bunchalar yaqin ... Qo'llari qo'limga tegib turibdi , juda iliq ...

Chaeryoung stulni sekin yon tomonga tortib undan uzoqlashdi .

- tinchlikmi ?

- ha shunchaki ... Sizga halaqit bermay dedim . Chap qo'l bo'lganingiz uchun noqulay bo'lyapti ... menimcha ... - Chaeryoung Ho Seokning qo'liga ishora qildi .

- menga qulay ... Agar shunday tursang... - Ho Seok bir urinish bilan stulga qo'shib Chaeryoungni o'ziga tortdi .

Pov Chaeryoung: bir soniya o'tmasdan , o'zimni uning o'tkir nigohlari ostida his qildim . Undan taralayotgan ifor ... meni aqldan ozdiryapti . Uning bir tekisda olayotgan nafasi , hatto yurak urishi eshitilyapti ... Nega ko'zlarimni undan ololmayapman

- ohhoo... Bekorga orqa o'rin yaxshi deyishmaydi ...

- tushunmadim ... - Serin Mianing ayyorona pichinggiga tushunmay qaradi

- orqada bo'layotgan romantikani aytaman . Yoshlar , tez topishishgan ko'rinishadi ...

Serin tezda ortga o'grildi va bir biriga ko'z uzmasdan tikilib turgan Ho Seok va Chaeryoung ni ko'rib , hayrat va alamdan qizara boshladi .

- bunday yaqin turishlariga qaraganda ... Ular ancha yaqin bo'lib qolishibdimi deyman .... - Mia olovga moy sepayotganday , tobora uning jahlini chiqarardi .

- endi jim o'tirmayman .

Serin o'rnidan zarb bilan turganiga hammaning e'tibori unga qaratildi .

- kechirasiz o'qituvchi Chan . Tashqariga chiqsam bo'ladimi ?

- albatta Serin ...

Jung Ho Seok

- Chaeryoung biz bilan yur ...

- nega ?

- ustoz Son chaqiryapti ... - Chaeryoung ularning ortidan ergashib , pastga tusha boshladi .

- ustoz Sonning xonasi boshqa tomonda emasmi ?

- ular tashqarida kutyaptilar ... Ko'p savol bermasdan tezroq yursangchi ...

Pov Chaeryoung: maktab orqasiga o'tishimiz bilan , Serin va bir nechta notanish qizlarga ko'zim tushdi . Yashirmayman ... Qo'rqdim . Ammo ularga sezdirmaslikka harakat qilib , yurishda davom etdim .

- xo'sh ustoz Son qayerda ? - Chaeryoung qizlar oldida to'xtashi bilan , Miani savolga tutdi .

- sen ustoz Son ni qo'yib tur ... Hozir o'zing haqingda o'yla . - Serin tabasdum qilgancha Chaeryoung ga yaqinlashdi .

- mendan nima xohlaysan ?

- sendan faqat bir narsani xohlayman . O'z o'rningni va haddingni bil . Ho Seokdan uzoqroq yur ...

- buni qaranglara ... Bir paytlar yigitlar qizlar uchun tahdid qilishardi . Endi qizlar yigitlar uchunmi ? - Chaeryoung jim bo'lmay u bilan tishlashdi .

- Ho Seok meni yigitim . Unj yonida sendakalar o'ralashib yurishi meni g'azablantiryapti ...

Serin....

- yigiting... ? - negadir u yigitim deganda biroz ko'nglim og'ridi . - Lekin u seni sevgan qizi deb hisoblamaydi shekilli ...

Chaeryoung gapini yakunlamasidan , yuziga kelib tushgan tarsakidan yerga yiqildi .

- ovozingni o'chir ... Kim bo'libsanki menga bu gaplarni aytishga hadding sig'yapti . Senga gapirilgan bir ikki og'iz shirin gapdan erib ketib , o'zingni osmondagi oy deb o'ylay boshladingmi .... Agar shunday bo'lsa seni o'zim yerga tushuraman o'sha osmondan ... - Serin Chaeryoung barobar yerga egilib , uning sochlarini qo'liga arqon misol o'rab ortga tortdi .

- sen hech kimsan ... Shuni unutma . Eshityapsanmi hech kim ! Na mansabi , obro' e'tibori , puli , hattoki ota onasi yo'q bo'lgan tashlandiqsan ... Shunchalar omadsizsanki husn ham sendan yuz o'girgan ...

Pov Chaeryoung : uning hech qaysi harakatiga qarshilik qilmadim , gaplarini inkor qilmadim... Chunki u to'g'ri aytyapti ... Chindan ham men kimman o'zi ....

- qizlar bir shirinlik yemaymizmi ...

Chaeryoung yerga egib turgan boshini yuqoriga ko'tardi . Unga g'oliblik nigohi bilan mamnun tikilib turgan qizning hali rejasidagi ishi bitmagani aniq ko'rinib turardi . U bu ishni shunchaki tahdid va tahqirlash bilan yakunlamaydi .

Pov Chaeryoung: avval boshim ustidan sochilayotgan oq zarralarga qaradim . Chindan ham ular mendan shirinlik tayyorlashyapti . Boshimga qattiq zarb bilan urilgan qattiq narsa tuxum ekanligini , sochlarimdan oqib tushayotgan sariq suyuqlikdan bildim . Indamadim . Harakat qilmadim... Himoyalanmadim... Ular zavq bilan ustimdan quyayotgan badbo'y suyuqlikdan ko'zlarim achishdi ... Yig'ladim.... Jonim og'riyotgani uchun emas ...Ularning ko'tarilib borayotgan zavqli kulgularidan .... Qo'limdan hech narsa kelmasligidan .... Ojizligimdan yig'ladim... Chindan ham men hech kimman .

Chaeryoung .

Bir haftadan beri kelayotgan to'xtovsiz sovg'alar va qurbonlar . Hech kimning eshik oldini qorovullash niyati yo'q . Bu tabiiy hol . Hamma uchun o'z joni muhim . Bir xil vaqtda yo'qolayotgan qo'riqchilar va aniq vaqtda , bir daqiqa ham kechikmay kelayotgan jo'natmalar .... Qanday qilib u kameralarga tushmay buni uddalay olyapti ...

- Taeyong ... Bu xavfli .

- ortiq qo'l ostimdagilarni yo'qotishni xohlamayman janob . Bugun o'zim tashqariga chiqaman .

- Taeyong ...

- janob menga ishoning . Shaxsan o'zim sizga o'sha marazning boshini sovg'a qilaman .

TaeyongJiminning javobini kutib o'tirmay tashqariga chiqdi . Eshik oldida qo'riqchi joyini egalladi va tartibsiz urayotgan yuragiga dalda berdi

- ko'ramiz shovvoz ... Bugun ham , bu uyga sovg'a jo'nata olarmikinsan ...

Taeyong


4 - qism tugadi

#Jina☘

#Dreams_Team

@Dreams_Chapter


Sadullayeva


Report Page