" My Memory "

" My Memory "

Fanfic by : Jina☘ 3 - qism.

- hamkorlik to'g'risidagi shartnoma shartlari ... Tanishib chiqing va qo'l qo'ying .

Jaehyunning ishorasi bilan , advokat janob Kimning oldiga hujatlar solingan fayl va ruchkani qo'ydi . Janob Kim mamnun holda shartlar bilan tanishib chiqdi va oxirgi shart bandiga yetib kelib , qoshlari uyildi .

- b-bu... Bu nimasi ? Bu qanaqa shart bo'ldi .

Advokat janob Kim ko'rsatayotgan joylarni o'qib chiqib , aniqlik kiritdi .

- bu shartga ko'ra hamkorlik uchun o'rtaga tikilayotgan pul kabi , foyda olishda ham mablag'lar teng bo'linishi kerak . Agar ikki hamkor shaxsdan biri shartlarga o'zgartirish kiritsa , ikkinchi tomon ruxsatisiz foyda miqdorini oshirsa yoki kelishuvsiz qaror qabul qilsa , ikkinchi tomon foydaning to'liq qismini o'zlashtirish huquqiga ega bo'ladi .

Janob Kim labidagi nim tabassum bilan , unga tikilib turgan Jaehyunga ishonqiramay qaradi .

Pov Kim Nam Du : bu yigit hali ancha yosh bo'lishiga qaramasdan , biznesda o'z o'rnini topgan . Xo'sh qanday qilib ? Bu muvaffaqqiyat ortida nima yashiringan bo'lishi mumkin ... U bekorga shartnomaga bu shartni qo'shmadi . O'z usullarini menga qo'llamoqchi . Mayli ... Sen tanlagan yo'ldan yuramiz . Ammo , yo'l oxirida kim quruq qo'l bilan qolishini vaqt ko'rsatadi .

Janob Kim ruchkani olib biroz ikkilangancha , hujjatga imzo chekdi . Hujjat rasmiylashtirilgandan so'ng , oddiy qo'l siqish va hamkor kompaniyalar o'rtasidagi ilk rejaviy ishning boshlanishi uchun poydevor qo'yildi .

Jung Jaehyun .

- unga bunday qarashni bas qil ...

Taehyung ortidan kelgan ovozdan o'grildi va tanish chehrani ko'rib yuzi yorishdi .

- Minhyuk ...

- salom Taehyung .

- ko'rishmaganimizga ancha bo'ldi . Seni ko'rganimdan juda xursandman .

- men ham ...

- O'zgarib ketibsan ...

- sen esa haliyam o'sha o'shasan...

- shu yerda ishlaysanmi ?

- kompaniya ijrochi derektori Kan Minhyuk . - Minhyuk bedjikni tutgancha , boshini yuqori ko'tardi .

- universitetdagi tirishqoqliging foydasini beribdida ...

Taehyung Minhyuk yelkasiga urib , yana ko'z qirini modellarni suratga olish maydonchasida uyoqdan buyoqqa yurib , kiyimlarni to'g'irlash bilan band bo'lgan qizga qaratdi .

- u esa bosh dizayner ...

- n-nima ....?

- Kompaniya direktori rafiqasi Jung Aera . Kolleksiyamizning bosh dizayneri - Taehyung sekin sochlarini ortga tarab , nigohlarini undan olib qochdi .

- men shunchaki liboslarga qarayotgandim...

- Taehyung ... Butun universitet seni Aeraga bo'lgan tuyg'ularingni bilardi . Buni kimdan yashirmoqchisan . Kompaniya bilan hamkorlik o'rnatilgan ekan . Tuyg'ularingni jilovla ... Bu senga do'stlik maslahatim ...

- Minhyuk ... m- men...

- shu paytgacha , Jung Jaehyun gumondorligi ostida 12 ta qotillik ishi ochilgan . Ammo hali hanuz hech kim bu ishlarda uning qo'li borligini isbotlay olmagan . Hamma o'zini bilmaslikka olsada bu ishlarning bir uchi Aeraga tarqalishini juda yaxshi bilaman . Direktor Jung yosh bo'lsada go'l emas . Biznesda ham shaxsiy hayotda ham , u juda xavfli inson . O'ziniki bo'lgan narsalarga ko'z tashlaganlarni yoqtirmaydi . Buni menga bergan yordamlaring uchun bir maslahat deb hisobla . Aeradan uzoqroq turganing ma'qul...

- buni o'zim ham bilaman ...

Kan Minhyuk .

- meni kechiring ...

Rose buyumlarini joyiga qo'yib , unga aybdorlik hissi bilan , boshini yerga egib qarab turgan Sanaga jilmayib qaradi .

- nega kechirim so'raysiz ...

- men tufayli ishingizdan ayrildingiz.

- hechqisi yo'q . Shusiz ham bu yerda ko'p qolmasam kerak . Bunda sizning aybingiz yo'q .

- lekin....

- Shunchaki qilgan xatolarim badalini to'layapman ... - Rose mayus tortgan ko'zlarini yerga tikdi .- keling , undan ko'ra menga yordamlashing ... Buyumlarim juda ko'p , ularni arxivgacha bir o'zim olib borolmayman ...

Sana unga mayin tabassum hadya etgancha chaqnoq ko'zlari bilan tikilib turgan Rosega nisbatan iliq tuyg'ularni his etdi . Menimcha undan juda ajoyib dugona chiqadi .

- albatta .... Qani qo'linggizdagilarni bering ...

Sana buyumlarni joylashtirish bahonasida Rose bilan ancha yaqin bo'lib qoldi . Muomalasi kabi ko'rinishi ham o'ziga rom qiluvchi bu dilbar qizga nisbatan Jiminning munosabatini hech ham tushonolmadi .

- xo'sh ... Joylashib oldingizmi ... - Sana komyuter oldida o'ylangancha o'tirar ekan , Jiminning ovozi uni o'ziga qaratdi .

- h-ha...

- bu xujjatlar ayrim kamchiliklar bor . Ularni ko'rib chiqib to'g'irlab qo'ying ertaga ularni stolim ustida ko'rishim shart . Meni zarur ishlarim bor ... So'raganlar uchun yo'qman .

- xo'p bo'ladi janob Park ...

Jimin jilmaygancha qora ko'zoynagini taqib , lift tomon yurib ketdi .

Pov Sana : u judayam g'alati . Bir qarasang qo'rs va qahrli nigohlaridan yuragingda qo'rquv uyg'onadi , bir qarasang iliq munosabatidan yog'dek erib ketasan .... Ammo baribir tabassumi juda chiroyli ...

Rose

- kichik janob , sizningcha kimgadir bog'lanib qolish , sevgi bilan barobarmikin ...

Alice Jungkokning yerga tikilgan ko'zlariga qaradi . Halihanuz unda biror tuyg'u aks etmaydi .

- hech kimnidir sevganmisiz ... Ya'ni shu ahvolga tushguncha... demoqchiman . Kimnidir ko'nglingizda o'chmas iz qoldirganmi ?

- ..............

- sizga , borligingizga , yonida ekaningizga e'tibor bermasada , uning ko'zlaridagi tubsizlikka cho'kib ketadigandek his qilganmisiz o'zingizni .....

-............

- bunday tug'ularni sevgi deb atasam to'g'ri bo'larmikin ? Alice arazlagandek , lablarini burdi .

- ba'zan shu jim turishingiz , meni siqib yuboradi ...

Alice sakrab o'rnidan turdi va aravachada jim turgan Jungkokning yuzlaridan ushlab o'ziga qaratdi .

- qarshingizda mendek qiz , salkam sizga sevgi izhor qilib tursayu ... Shunday indamay turaverasizmi .... - Alice norozi ohangda ovozini balandlatdi

- baribir gapirmaydi .

Alice cho'chib ortiga o'grildi va unga telbaga qaragandek tikilib turgan Jiminni ko'rib , ko'zlarini katta katta ochdi .

- h-haligi.... M-men ....

- Jungkokni ko'rgani kelgandim .

- ha .. Ha . Albatta . Bemalol ...

Alice chetga qochishi bilan Jimin aravachani surib , bog'ning orqa tomoniga o'tdi . Alice esa ular ko'rinmay qolishi bilan boshiga mushtlab ura boshladi .

- tentak.... Tentak . Bunaqa gaplarni aytayotganda , Orqa oldiningga qaramaysanmi.... Sharmanda bo'ldimmmm.... Sharmandaaa...


Alice

- Soobin , Kihyun qayerda ?

Taeyong qo'riqchilar o'rnini tekshirib chiqar ekan kiraverishdagi katta darvoza oldi bo'sh turganini ko'rdi .

- uni tushdan keyin ko'rmadim janob .

- qanaqasiga ...

Taeyong eshik oldiga chiqib , atrofga nazar tashladi va ratsiya orqali barcha kameralarni tekshirib ko'rishni tayinlab ortga qaytdi .

- kechirasiz janob ...- Taeyong ortga o'grilib , kuriyer kiyimidagi , niqob taqib olgan , ko'zlari ostiga qora chiziq tortilganday qop qora ko'zli yigitga savol nazari bilan qaradi .

- eshitaman .

- shu uyda ishlaysiz to'g'rimi ?

- ha .

- menda janob Park Jimin uchun jo'natma bor . Uni qabul qilib olsangiz ...

Taeyong o'rtacha kattalikdagi qutiga biroz shubha bilan qarab , qog'ozga imzo chekdi .

- shaxsan janob Parkning qo'llariga topshiring . - yigitning yoqimsiz kulgusi niqob ostidan ham sezildi .

- o'zim bilaman ...

Taeyong yigitga qo'rs javob bergancha ichkariga kirdi va qutini yigitlarga topshirdi .

- ichini taxshilab tekshiring , biron xavfli narsa topilmasa , qadoqni yangilab , janob Parkning xonasiga olib chiqing .

Taeyong hovlining yarmiga yetib bormasidan ortidan kelgan titroq ovozdan ortiga o'grildi .

- j-janob .... B-buyoqqa keling ...

Taeyong ortiga yugurdi va avval qutiga tikilgancha dong qotib qolgan yigitlarga so'ngra uning ichiga qarab shokka tushib qoldi .

Qonga bo'yalgan bosh , qo'l va oyoqlar juft qilingan holda qizil sovg'a lentalari bilan bog'lab qo'yilgan , hali sovushga ulgurmagan tana a'zolaridan tinmay qon oqayotgandi . Bu yoqimsiz manzaradan barchaning ko'ngli behuzur bo'lgani aniq . Taeyongning o'zi ham bu voqeadan dovdirab qolgan bo'lsada , xayollarini jamlab tanadan uzilgan boshni o'ziga qaratdi .

Bu shubhasiz Kihyun... Uning qon bilan bo'yalgan yuzini labi chetidagi chandiq orqali tanib olish qiyin emas. Uning ahvoli .... Buni shunchaki o'ta ketgan jirkanchlik deb atash mumkin . Yuragi yo'q insongina bunday vahshiylikni qila oladi . Taeyong uning peshonasi ustiga yopishtirilgan , qondan ivib ketgan qog'oz parchasini qaltiragancha qo'liga oldi .

Qog'oz ivib ketgan bo'lsada so'zlar aniq ko'rinayotgan edi . " Salom Jimin ... " va bu jumlalarning ostida qandaydir tushunarsiz belgilar ...

- Taeyong ... o'g'lim Kihyunni topdingmi ?

Taeyong ulardan ikki metrcha uzoqda turgan xizmatchi beka Lee xonimni ko'rib , nima deyishini bilmay qoldi .

Taeyong

Kech tushishi bilan Yondo navbatchilik o'rinlarini almashishi bilan , o'zi uchun ajratilgan xonaga kirdi . Kostyumini yechar ekan , xonadagi ta'bga yoquvchi yoqimli hidni sezdi . Sekin qadam bosar ekan yotoq chetida turgan bo'sh sharob shishasini ko'rib , ko'zlari xonasidan chiqay dedi .

Tezda egilib uni qo'liga oldi va yotoqqa suyangancha qo'lidagi qadahni o'ynatib , sharob ichayotgan mast singlisiga ko'zi tushdi .

- Iseul...

- xayrli keech.... - Iseul telbanamo jilmayib qo'l silkidi .

- boshimning balosiii .... Buni qayerdan oldiiing... - Yondo asabiylashgancha sochlarini to'zg'itdi .

- yotoq tagidaan...- Iseul takror jilmaydi

- seni uy xizmatchiligiga emas , harbiylarning iskovuch itlari yoniga ishga qo'yish kerak edi . Sendan yashirib , shu yerga berkitgandim , hidlab hidlab topdingmi buniii... - Yondo o'zini bosolmay qichqirdi .

- mendan hech narsani yashirolmaysiz...

Iseul .


- ey xudoo. Ey xudo . Nega menga bunday jazo berasanaaa ....Bu sharob qancha turishini bilasanmi ... ? Screaming Eagle Cabernet . Bir shishasi 500 , 000 dollar turadiii...

- nimaaa ? Shuyaa - Iseul qadahdagi so'nggi qultumga hayron tikildi .

- esi yo'q qiz . Buni olish uchun to'rt oylik maoshimning bir tiyinini ham ishlatmadim .

- mmm.... Lekin puliga arzir ekan ... - Yondo Iseulning be'etibor kulishidan sochlarini qo'llari bilan siqib , yerga egildi .

- uyalmay akasining yonida mast holda turishinichii.... Kimga o'xshayabsan o'ziii ?

- bilmadim ... - Iseul so'nggi qultumni ichib , qadahni irg'itib yubordi . Yondoning qo'llarini mahkam ushlab , uning katta barmoqlari orasiga kaftini qo'yib , boshini yelkasiga tashladi .

- aka... Biroz shunday turing ...

- ...........

- aka....

- hmm....

- Og'riyapti ....

- qayering - Yondo xavotirlangancha Iseulga o'grildi .

- Juda qattiq og'riyapti ... Lekin qayerim og'riyatganini bilolmayapman ... Hatto sharob ham yordam bermadi ...

- Iseul ....

- juda yomon qizman shundaymi ?

- yo'q ....Sen dunyodagi eng yaxshi qizsan . Eng yaxshi singilsan ....Sharoblarim va pullarimni sovurishingni aytmaganda ...

Iseul sekin kulib qo'ydi va ko'zlarini yumdi . Yondo esa ko'zlarini derazaga tikdi , eshikdan kirib kelayotgan mashinani ko'rib , qo'llarini musht qilib tugdi .

Yondo

3 - qism tugadi.


#Jina☘

#Dreams_Team

@Dreams_Chapter


Report Page