" My Memory "

" My Memory "

Fanfic by Jina☘ 2 - qism .

- Aera .... Bugungi hamkorlarimizni tanidingmi ?

- yo'q . Nega so'rayapsiz ... - Aera yuzidagi pardozni o'chirar ekan , ko'zgudan kresloda oyoqlarini chalishtirgancha o'ylanib turgan Jaehyunga qaradi .

- shunchaki.... Janob Kimning o'g'li seni taniydigandek tikilib turdi .

- bilmadim . E'tibor bermabman ....

Aera og'ir yutunib o'rnidan turdi va yotoq yoniga borib , uxlash uchun tayyorgarlik ko'rdi .

- uxlaymizmi....

Jaehyun ko'zlarini bir nuqtadan olib , Aeraga jilmaygancha yotoqqa joylashdi . Qo'llini uning boshi ostidan o'tkazib , ikkinchi qo'li bilan qattiq belidan quchdi .

- xayrli tun azizim...

- xayrli tun yagonam .....

Jaehyun Aeraning sochlarini silagancha to'yib iforidan nafas oldi va sekin ko'zlarini yumdi .

00 : 07

Jaehyung Aeraning uxlaganiga ishonch hosil qilgach , ohista qo'lini uning boshi ostidan oldi . Ochiq turgan yelkalarini ko'rpa bilan yopib , sekin yuzidan o'pib qo'ydi .

- xo'sh nimani aniqlading ....

Jaehyun ish stoliga oyoq cho'zgancha o'tirar ekan , buyruqni kutib turgan Markni savolga tutdi .

- tahmininggiz to'g'ri chiqdi janob . Yangi kolleksiyamizdan so'ng , kompaniya aksiyalari narxi pasayishni boshlagan . Shuning uchun ham janob Kim hamkorlik yo'lini tanlagan .

- janob Kim juda aqllida... Ammo ko'zi o'zidan boshqalarni ko'rmaydi . Mayli... Ular biz ajoyib reja tuzdik deb o'ylayverishsin ... Vaqt o'tsin . Ular emas biz ulardan foydalanamiz... - Jaehyun boshini ortga tashlagancha mamnun jilmaydi .

- ha yana bir gap , ma'lumotlar orasida ko'zim tushgandi . Vitsa prezident , janob Kimning o'g'li , xonim bilan bir universitetda o'qigan ekan .

- shundaymi ....

Jeong Jaehyun

Qiz bir oyog'i ikkinchinchi oyog'iga nisbatan sezilar sezilmas kalta bo'lgani uchun , biroz oqsoqlangancha , yotoqxonadan oshxonaga chiqdi . Ko'p qavatli binolar tomonga qaratilgan derazadan atrofga so'ngra soatiga qaradi .

00 : 13 ....

Chuqur xo'rsinib qo'ydiyu , oshxona chirog'ini o'chirib , yotoqxona tomonga borar ekan , yo'lak bo'ylab bosilayotgan ehtiyotkorona qadam tovushlarini eshitib , joyida to'xtab qoldi . Dukkilab eshitilayotgan yurak tovushlariga taskin berib , sekin ortga o'grildi . Faqatgina derazadan tushayotgan oy nuri yoritib turgan , ancha tor yo'lakda hech kim ko'rinmadi.

- meni sog'indingmi.....

Qulog'i ostida sezilgan issiq nafas va past tovushdan qo'rqib qiz qichqirib yubordi . Ko'zlarini yumgancha , qo'llarini tog'ri kelgan tomonga harakatlantirib , o'zini himoya qilayotgan qiz , tanish kulgu ovozidan sekin ko'zlarini ochib , to'g'risiga qaradi.

- oppaaaa.....

Hana chiroqni yoqib , uni ustidan tinimsiz masxaralab kulayotgan Jinni ko'rib norozi qichqirdi . Unga uloqtiray desa atrofda biron buyum yo'q . Hana shunchaki labini burgancha , devorga suyanib , pol ustida jim turaverdi .

- bo'pti , bo'pti.... Kechir ....

- ............

- Hanaa.....

- ............

- arazlashni bas qilsangchi....

- ...........

- Kim Hana xonimmm....

Jin Hananing sochlarini o'ynagancha gapirdi .

Hana

- Jin... O'takam yorilib ketdi ahir....

- juda yaxshi qilibmanda . Bir u bir. Nima meni qo'rqitganing yodingdan chiqdimi ...

- menku qiz bola . Siz shu ulkan gavdangiz bilan ozgina hazilimdan qo'rqqaningiz uchun men aybdormanmi ....

- haaa ozgina . Seni o'sha paytdagi yuzingdan haqiqiy ajina ham cho'chib ketgan bo'lardi .

- men shunchaki rassomlik qobilyatimni ishga soldim...- Hana qiqirlab kula boshladi .

- ha haa... Kuling rassom xonim . Kuling .... Men boya mazza qilib kuldim , endi sen kulaqol .

- hooy....

Hana qoshlarini chimirgancha Jinga o'grildi va yuzidagi niqobni ko'rib hayron qolgancha unga qo'l uzatdi .

- Jinn.... Yuzingizga nima qildiii ?

- haa bumi ? Bitta bezori rassom surat chizib ketdi ...

- vooy yaramasey.... Kelishgan yigitimning yuziga urgan qo'llari sinsin...

- yaxshiroq so'ksangchii.... Axir bu yerda aziyat chekgan bechora kelishgan yuzim . Qattiqroq va kuchliroq so'k....

- tentak . Turing o'rningizdan ...

Hana ko'zgu oldida Jinning yaralariga malham surtib , plaster yopishtirar ekan , Jin uning ko'zgudagi aksiga tikilib turardi . Uning yuzida aks etayotgan havotir va azobni ko'rib o'zini aybdor his qildi .

- Hana .....

- hmm.

- kechir meni ....

*************

- buni qaranglaraaa..... Kim o'ylabdi deysiz bunday bo'lishini . Yashirib yurgan javohiring , shu tashlandiqlar orasida ekanda . Ishim yanada osonlashdi ....Demak sen ham qarmoqdasan Kim Seok Jin....

Yugyeom ko'p qavatli uylarning uchinchi qavatidagi , chirog'i yoniq turgan derazaga qarab , yuziga tabassum yugurdi .

Kim Seok Jin

Felix har zamon telefonga qarab , katta eshik oldida uyoqdan buyoqqa yurardi .

- qayerda qoldiya bu qiz....

Min xonim yuqoridagi yotoqxona derazasidan o'g'liga qarab , ilojsiz achinish bilan turardi . Nima qilsa ham o'g'li . Sovuq havoda , yupun holda turishidan yurak bag'ri ezildi . Eri taqiqlagan bo'lsada , eshikni ochish uchun ustiga yopinchig'ini olishi bilan , katta darvoza oldida paydo bo'lgan xizmatkor qizni ko'rib to'xtab qoldi . Qiz bog'ning orqasiga yurishi bilan , Felix eshik panjaralari ortidan qizga ergashdi .

- Jia... Qayerlarda yuribsan ? Seni ikki soatdan beri kutaman ....

Jia Felixga indamay eshikni ochib , Felix kirishi bilan qayta qulflab qo'ydi . Uning gaplariga e'tibor bermay oshxonaning orqa eshigidan kirib ketdi.

- Jia. Nimadir bo'ldimi ? - Felix Jiaga yetib olib , qo'lidan ushlangancha o'ziga qaratdi.

- sizni nima ishingiz bor ...- uning e'tiborsizlarcha qo'l siltashidan Felixning rosmana jahli chiqdi . Tezlik bilan qo'lidan siqqancha , devor va muzlatgich orasida siquvga oldi .

- nima deding ... - Jia Felixning o't bo'lib yonayotgan nigohlariga qarab , ortiq chidab turolmadi . Ovozini balandlatgancha ichidagi to'planib turgan barcha zahrini sochdi .

- nima ... Nima deyishimni xohlaysiz ? Nimalar qilib yurganingizni bilmaydi deb o'ylaysizmi yoki... Kech kelishlaringizni gapiraymi yoki o'zgarib qolganingiznimi ? Balki o'zingizga boshqa birontasini topib olgandirsiz ...

- Jia aqldan ozdingmi ... Bu gap qayerdan chiqdi ?

- haa jinniman . Siz o'zgizga bironta xurliqoni topib olgansiz...

Jia ko'zyoshlarini artgancha yerga o'tirib oldi. Felix uning gaplaridan labi chetida kulib qo'ydiyu , uning yoniga joylashib, sekin quchog'iga tortdi .

Jia

- tegmang menga....

- tentakvoy... Nima bo'libdi debman... Qalbimda sendan boshqasiga o'rin yoq . Nima ko'zlarim sendan boshqasini ko'rmasligini bilmaysanmi .... - Felix kulgancha qoshlarini uchurdi .

- yolg'onchi ...

- menga ishonmaysanmi....

- unda nega o'zgarib qolganingiz sababini ayting.

- mmmmm.... Xo'shhhhh... Bu nima ekan ?

Felix biroz barmoqlarini iyagiga qo'ygancha o'ylab turdiyu , ortiga ilgan sumkadan qog'ozlar solingan papka chiqardi .

- nima bu ?

- o'qib ko'rchi ...

Jia papkani ochib , boshida e'tiborsiz qarab turdi , lekin birdan yuz ifodasi o'zgarib , ko'zlarini katta katta ochib , qo'llari bilan lablarini yashirdi .

- xo'sh ?

- oppaaa.... Bu ...bu ....

- nima bu ?

- s-siz... Stajyor bo'ldingizmiii ?

Jia xursandligidan o'rnidan turgancha tinmay sakrar , Felix esa unga kulib turardi .

- ishonolmayabman.... Qanaqasiga bunday bo'ldi ?

- kastingda ishtirok etdim va stajyorlikka qabul qilindim . Guruh a'zosi bo'lishim uchun ko'proq harakat qilishim va o'z ustimda ishlashim kerak. Shuning uchun ham ko'p vaqtimni kompaniyada o'tkazyapman .

- oppaaa.... Ko'zlarimga ishonmayman . Nahotki sizni ham televizorda ko'rsatishsa . Mashhur bo'lib ketsangiz...

- nima meni bunga loyiq deb o'ylamaysanmi ? Modellardek uzun bo'yim va mushakdor gavdam bor . Kelishgan yuzim va odamlarni o'ziga rom qiluvchi yoqimli ovozim bor . Uni ustiga o'tli qarashlar bilan ko'pchilikning qalbiga olov yoqaman . - Felix ayyorona kulib , stolga suyandi .

- xoooo... Shunaqa deng .... Olov yoqasizmiii....

- ha shunaqa . Nima meni rashkchimga bu yoqmaydimi ?

- nima qizlar sevgilimni ortidan yuguradiyu , men rashk qilmaymanmi ..

Jia Felixning sariq sochlarini silab tushib , qulog'idan ushlab , sekin buray boshladi .

- aaaaa....yyyyyy. Ayyy... Jiaaa . Og'riyapti axiirr...

- qani bir boshqa qizlarga qarab ham ko'ringchi....

Felix

- janob Kim .....

Hali quyosh yorishmaydan uydan chiqib ketar ekan , Taehyung ortidan kelgan ovozdan to'xtab ortga o'grildi .

- nonushta qilmaysizmi janob ?

- Iseul hozir yolg'izmizku , mulozamatni nima keragi bor ....- Iseul atrofga yana bir bor qaradiyu , biroz egik turgan qaddini rostladi .

- axvoling yaxshimi ? Kechadan beri boshqachasan . Ahvolingni so'rash uchun qulay vaziyat ham topolmadim..

- Iseul ... Menga yordaming kerak .

- qani bu yerga o'tirchi ...

Iseul va Teahyung hovlidagi hovuz yonida joylashgan o'tirg'ichlardan biriga o'tirishlari bilan Taehyung gap boshladi .

- anchadan beri do'stmiz.... Bu uyda meni tushuna oladigan yagona odam sensan ... Men ...men..

- Taehyung ... Siqilub ketdim . Tezroq maqsadga o't .

- kecha ... Hamkorlik uchrashuvida ... To'satdan ... Xullas men uni ko'rdim .

Pov Iseul : - u.... Mana bir necha yildurki , ismi tilga olinmayotgan ammo suyukligimning qalbda saqlanib qolgan u yana hayotimga kirib keldi . Barchasi iziga tushdi , deb o'ylaganimda ..... Yana hammasi qaytadan boshlanyapti . Sevgi....Naqadar og'riqli tuyg'usan ...

- u yangi hamkorimiz Jaehyunning , rafiqasi , ekan . - Taehyung rafiqasi so'zini o'zgacha talaffuz qildi .

- uni ko'rganing uchun shu ahvolga tushibsanda.... - Iseul ko'zlarini yerga tikdi .

- bilaman u o'zganing rafiqasi ... Unda hech qanday haqqim yo'q . Ammo... Ammo u avval bizga raqib , hozirda esa hamkor bo'lgan kompaniya egasining rafiqasi ...

- unga zarar berishdan qo'rqyapsanmi...

Taehyung Iseulning qatiyat aks etayotgan nigohlaridan ko'zlarini olib qochdi .

- nima qilishni bilmay qoldim ... Iseul ayt ... Nima qilay ? Ikkilanyapman . Javobsiz sevgimni deb , otamning qarori va kompaniya kelajagini unutaymi , yoki qalbimni bir chetga surib , ularni yo'q qilish uchun kurashaymi .... Ayt nima qilay ?

Iseul nima deyishni bilmay jim turar ekan , akasining yo'g'on ovozidan sergaklandi .

- janob Kim ... Mashina tayyor , kettikmi ?

- ha ... Kettik .

Taehyung Iseulga bir nima demoqchi bo'ldiyu , Yondoning ortidan mashina tomon yurdi .

- salom go'zal qiz.....

Chaeryoung boshini kitobdan ko'tarib , unga o'zgacha chiroyli tabassum qilib turgan yigitga tikilib qoldi .

Pov Chaeryoung : - ey xudoyim.... Bu kim bo'ldi ? Tabassumi juda chiroyli... Chehrasi issiq... , ko'zlari mehrli ... Eee yo'q . Nimalarni o'ylayapman o'zi . O'zingni qo'lga ol Chaeryoung .

- mmm... Haligi yangimisiz ?

- ........

Chaeryoung unga indamay hayron tikilib turganini ko'rgan Serin zaxarxanda ovozi bilan gap boshladi .

- bu uning joyi , anqaymasdan o'rningdan tur .

Chaeryoung ko'zlarini katta katta qilgancha sakrab o'rnidan turdi . Ammo yoqimli ovoz issiq qo'llar uni to'xtatib qoldi .

- o'tiravering .... Xijolat bo'lmang . Bu yerda yangiligingiz bilindi . Meni ismim Hoseok .

Yigit yana o'sha sehrli tabassumi ila qo'l cho'zdi .

- Chaeryoung ...

- juda chiroyli ism . Tanishganimdan xursandman .

Hoseok tabasum qilgancha Chaeryoungning yonidagi stulga o'tirdi . Chaeryoung bundan hayratlangancha unga tikilsa , Serinning yuzlari jahldan qizarib ketdi . Va zarda bilan joyiga o'tirdi .

- Serin nimadir bo'ldimi ?

- bu qiz haddidan oshdi . Kimligini unutgan chog'i ...Unga o'z o'rnini ko'rsatib qo'yish kerak .

Pov Chaeryoung: ilk bor bu kollejda kimdir menga bunday iliq munosabat bildirdi . Meni yonimda o'tirdi . Ismimni chiroyli ekanini takidladi . Yo'q . Men bunga aldanmayman . Bu chiroyli tanishuv ortida ham nimadir bo'lishi mumkin . Hech kimga ishonib bo'lmaydi....

Jung Ho Seok

Jimin shaxsiy xonasidan chiqib , zina tomon burilar ekan , qayta ortga o'grildi . Qarshisidagi xona eshigini ochib , ichkariga kirdi va bu manzaradan , yuzlari qizardi .

- Annaaa.....- Jiminning do'rrillagan ovozidan , sarg'imtir sochli qiz yugurib yuqoriga chiqdi .

- labbay janob .

- sizlarga bu xonani bo'shating demaganmidim...

- haligi ... Buyumlarni ...

- hammasini axlatga tashlang . Xonada biron narsa qolmasin . Uyga qaytganimda bu xona bo'sh holda turmasa , o'zingizni ko'chada deb hisoblayvering ....

Jimin qizga o'shqirgancha , pastga tushdi va mashina kalitini haydovchidan olib , o'zi uni haydab ketdi .

- manaa ... Tayyor ...

Yugyeom qo'lidagi kamera suratlariga qarab mamnun jilmaydi .

- g'azabga to'lgan kichkintoyimizning yuzi juda aniq ko'rindi . Uy yomkn emas.... Ammo qo'riqlash xizmati ancha sust.... Bu esa Yugyeomga foyda degani ... Qani kichkintoy uchun sovg'ani qadoqqa o'rashni boshlaylikchi ....

Yugyeom kulgancha mototsiklga minib , uy orqasida g'oyib bo'ldi .

Yugyeom

- direktor Park . Oldingizga bir qiz keldi ....

- qanaqa qiz ? - Jimin Rosening yuziga qaramay javob berdi

- Sana desangiz o'zlari tanib oladilar dedi .

- haa Sana . Ichkariga taklif qil uni .

Qizning ismini eshitib Jiminning yuzida paydo bo'lgan tabassumdan Rosening biroz jahli chiqdi va qizni xonaga olib kirdi .

- hayrli kun janob .

- marhamat Sana kel ....

Rose ularni yolg'iz qoldirib xonadan chiqib ketayotgan payt , Jimin uni to'xtatdi .

- Rose .... Shoshma .

- biron ishingiz bormi janob .

- buyumlaringni yig'aver . Bugundan arxiv bo'limiga o'tasan ....

- nega ? Biron xato qildimmi ?

- Tanish bu Yoo Sana . Bugundan u meni kotibam bo'ladi .....

Yoo Sana

2 - qism tugadi.


#Jina☘

#Dreams_Team

@Dreams_Chapter

Report Page