Mavzular ketma-ketligi

Mavzular ketma-ketligi

Transformers Education

1-dars





Bu birinchi darsda siz Spraytni harakatlantirishni, yo'nalishini o'zgartirishni, bir harakatni qayta takrorlash sonini o'zgartirishni o'rganasiz.✅


2 - dars




Bu darsda siz mushukchani yurishini o'rganasiz va mushukchamizni tana qisimlarini qimirlatishni o'rganasiz. ✅

3 - dars





Bu darsda siz o'zingiz yoqtirgan spraytni xohlagan ixtiyoriy to'rtta tomonga klaviaturadagi tugmalar orqali boshqarish imkoniga ega bo'lasiz. ✅

4-dars






Bu darsda siz faqat mushukcha emas, boshqa Spraytlar masalan kuchukcha bilan ham tanishasiz.✅ 

5 - dars



Bu darsda siz ovoz va ko'rinish menyularidan foydalanib qiziq harkatlarni  yaratasiz.✅ 


6 - dars




Bu darsda biz sizlar bilan o'zgaruvchi nimaligi va uni qanday ishlatilishini o'rganib chiqamiz. Bundan tashqari o'zgaruvchi 10 ga teng bo'lganda dastur to'xtashini ham qilib ko'ramiz.✅

7 - dars 

1-nazorat ishi
o'tilgan mavzular bo'yicha nazorat ishi bo'lib o'tadi.✅


8 - dars






Bu darsda siz ovozlar bo'limidagi buyruqlar bilan, undan keyin xattoki o'zingizning kompyuteringizdan yoqqan kuyingizni tahrirlashni, hamda spraytni kuy yangraganda uni raqsga tushirishni o'rganasiz.✅


9 - dars





Ushbu darsda siz aql ko'rsatgichni ishlatasiz, ya'ni mushukchamizga sichqoncha qayerda ekanligini ko'rsatib turadi va bu yordamida mushukchamiz bemalol sichqonchani tutish imkoniga ega bo'ladi. ✅


10 - dars






Bu darsda siz ko'pgina o'yinlarda qo'llaniladigan nusxa yaratish blokini bilib olasiz va amallar menyusi bloklarini ham yaxshi o'rganib olasiz.✅


11 - dars





Bu darsda biz sizlar bilan xabar jo'natish va tugmachalar bilan ishlaymiz. Tugmachani bosganda yurish va boshqa tugmani bosganda to'xtash dasturini qilamiz.✅ 


12 - dars





Bu darsda siz qisqacha koordinata o'qlari, spraytni kompyuterdan yuklash, ixtiyoriy spraytni nusxalash, nusxalarni xaotik tarzda chiqarish, y va x koordinata o'qlarida ishlab spraytni xuddi tabiiy holatda harakatlantirishni o'rganasiz.✅


13 - dars

2-nazorat ishi
o'tilgan mavzular bo'yicha nazorat ishi bo'lib o'tadi.✅


14 - dars





Bu darsda siz Valeybol o'yinini qilib, mantiqiy amallar bilan tanishasiz, va eng keraklisi operatorlar bilan ishlashni ham o'rganasiz.✅ 


15 - dars

Olma terish 🍏🍎 O'yini




Bu darsimizda biz sizlar bilan savatcha orqali olmalarni terish bundan tashqari achko to'plash va agarda olmalarni ko'pini yerga tushurib yuborsak unda o'yin to'xtashini qilib ko'ramiz. ✅


16 - dars

Mushuk-sichqon🐱🐹O'yini (1-qism)



Bu darsda siz Mushuk-sichqon o'yinining birinchi qismi bilan tanishib chiqib, sichqonni harakatlantirishni va mushukni harakatga keltirish dastur bloklarini tuzasiz. ✅


17 - dars

Mushuk-sichqon🐱🐹O'yini(2-qism)




Bu darsda siz mushuk-sichqon o'yinini davom etirib, o'yinga fon tanlaysiz, shartlar kiritishni ko'rib chiqasiz, o'zgaruvchilardan foydalanasiz va qiziqarli o'yin yaratish yo'llarini o'rganasiz. ✅


18 - dars

 Ping Pong🏓 O'yini (1-qism)



Bu o'yinni qilish davomida siz, o'zingiz qanday qilib Spraytlarni o'zgartirish kerakligini va unga qo'shimcha narsalarni chizish mumkinligiga ham guvoh bo'lasiz.✅


19 - dars

3-nazorat ishi
o'tilgan mavzular bo'yicha nazorat ishi.✅


20 - dars

Ping Pong🏓 O'yini (2-qism)




O'yinimizning 2-qismida siz qanday qilib Tennis topimiz raketkaga urilmasa o'yin to'xtashini ko'rib chiqasiz va shu o'yinning sir asrorlarini yanada kuchliroq o'rganasiz.✅


21 -dars

 Ping Pong🏓 O'yini (3-qism)




Va nihoyat oxirgi qismda siz murakkab Blocklardan foudalanasiz va o'yinning hisobini nazorat qilishga erishasizlar. Endi esa do'stlaringiz bilan o'ynashingiz mumkin 🏓.✅


22 - dars

Giga walker o'yini (1-qism).




Giga walker o'yinimizning boshlang'ich qismini ya'ni asosiy kerak bo'ladigan spraytlar va orqa fonini qo'yib, so'ngra ikkita spraytimizning boshlang'ich bloklarini yig'ib chiqamiz. Dars oxirida esa qahramonimizni gorizontal o'q bo'ylab, 🥎 koptogimizni vertikal harakatlanish dasturini tuzib nihoyasiga yetkazamiz.✅


23 - dars

Giga walker o'yini(2-qism).




Giga walker o'yinimizning 2-qismida 🥎 koptok spraytimizni murakkab bo'lgan qismiga o'tamiz, bu yerda yangi "jon" ♥️ degan o'zgaruvchini kiritamiz va unga ovozlar orqali effekt beramiz.✅


24 - dars

Giga walker o'yini(3-qism)




Giga walker o'yinimizning oxirgi bosqichida siz yana yangi 2 ta "ball" va "tezlik" degan o'zgaruvchini kiritasiz, hamda o'yin tugaganda "o'yin tugadi" degan yozuvni qo'yib uni bloklar yordamida dasturlashni o'rganasiz, hamda o'yinni maroq bilan sinovdan o'tkazasiz.✅


25 - dars

Umumiy kurs bo'yicha imtihon bo'ladi va undan muvaqqiyatli o'tganlar serifikat bilan taqdirlanadi.


Report Page