Muzrabot tumanida Elektron kundalik milliy ta'lim platformasini joriy etish bo'yicha o'quv seminari tashkil etildi.

Muzrabot tumanida Elektron kundalik milliy ta'lim platformasini joriy etish bo'yicha o'quv seminari tashkil etildi.

Muzrabot tuman Xalq ta‘limi bo‘limining matbuot xizmati...

Tumanda Elektron kundalik milliy ta'lim platformasi bo'yicha o'quv seminari bo'lib o'tdi.

2022-yil 26-aprel kuni Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanidagi 14-sonli umumta'lim maktabida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 6108-sonli farmoyishi hamda "Elektron kundalik milliy ta'lim platformasini joriy etilish" bo'yicha o'quv seminari bo'lib o'tdi. Ushbu o'quv seminarda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Kundalik avtomatlashtirilgan axborot tizimi loyiha rahbari Rustamjon Komilov, “Kundalik” kompaniyasi uslubchisi Gulnora Ismoilova hamda Surxondaryo viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi mas’ul administratori Xurshid Mirzayev, Muzrabot tumani xalq ta'limi bo'limi mudiri Salohiddin Hamrayev, xalq ta'limi bo'limi mas'ul xodimlari va uslubchilari shuningdek, tuman xalq ta'limi bo'limi tasarrufidagi ta'lim muassasalari direktorlari, o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari va informatika va axborot texnologiyalari fani o'qituvchilari ishtirok etishdi. 

Seminar jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2021-yil 6-sentabrdagi “O‘quv jarayonini boshqarishga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi 284-son buyruq ijrosi muhokamasi, o‘qituvchilar va ota-onalar uchun mo‘ljallangan elektron jurnallar, mobil ilovalar bo‘yicha buyruqlar bilan tanishtirildi hamda o‘z ishlariga mas’uliyat bilan yondashishlari va doimo shijoat bilan ish olib borishlari, Elektron kundalik milliy ta'lim platformasi afzalliklari, undan tashqari Elektron kundalik milliy ta'lim platformasiga ma'lumotlar kiritish jarayonida duch keladigan savollar, platformada ish yuritish qay tarzda olib borilishi bo‘yicha ishtirokchilarga tushunchalar berib o‘tdi.

Report Page