Muzrabot tumani “Yakkatol” mahallasida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash maqsadida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Muzrabot tumani “Yakkatol” mahallasida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash maqsadida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi



Dastur ijrosi

“Obod xonadon”, “Obod ko‘cha”, “Obod mahalla” dasturi ijrosini ta‘minlash bo‘yicha Muzrabot tumanining “Yakkatol” mahallasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Mahallada 5 ta ko‘cha bo‘lib, ularning umumiy uzunligi 8 kilometrni tashkil etadi. Dastur doirasida qishoqning 2,7 km. toshloq yo‘llariga asfalt-beton qoplamasi, 5 km. tuproq ko‘chalarga esa tosh-shag‘al yotqizish koʼzda tutilgan. Hozirga qadar ichki ko‘chalarning 1,5 km. qismida toshlash ishlari yakuniga yetkazildi.

Dastur ijrosi

Shuningdek, Muzrabot tumani YFDM tomonidan “Yakkatol” mahallasi hududidan o‘tuvchi davlat ahamiyatidagi 4R-110 “Sherobod sh. – Pashxurt q. – Oqtosh q. – Muzrabot q.” avtomobil yo‘lining 80–82-kmda 650 metr piyodalar yo‘lakchasini qurish ishlari olib borilmoqda.

 

Dastur ijrosi

Joriy yilning 30-yanvar kuni Аvtomobil yo‘llari qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i D.Pirnazarov hamda Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i M.Аllamurodov tomonidan hududdagi infratuzilma bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tasdiqlangan reja asosida sayyor qabul tashkil etildi.

Dastur ijrosi


Dastur ijrosi

Sayyor qabul davomida hudud yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llar masalasidagi fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlar masʼullar tomonidan nazoratga olinib, shu kunning o‘zidayoq bartaraf etildi.

 

Dastur ijrosi

Xususan, 4R-110 “Sherobod sh. – Pashxurt q. – Oqtosh q. – Muzrabot q.” avtomobil yo‘lining tumandagi 54-sonli umumtaʼlim maktabi yonidan o‘tuvchi qismiga svetafor o‘rnatish bo‘yicha qilingan murojaatdan soʼng, ushbu yo‘lning belgilangan qismiga svetafor o‘rnatish ishlariga kirishildi.

Dastur ijrosi

Shuningdek, 650 metr uzunlikdagi piyodalar yo‘lakchasini davom ettirib, yana 300 metr qo‘shimcha piyodalar yo‘lakchasini qurish bo‘yicha murojaat ham nazoratga olinib, ijobiy hal etiladigan bo‘ldi.

Dastur ijrosi

Аholi murojaatlariga asosan davlat ahamiyatidagi 4R-110 avtomobil yo‘lining taʼmirtalab qismlarida Muzrabot tumani YFDM tomonidan taʼmirlash ishlariga kirishildi.

“Yakkatol” mahallasidagi avtomobil yoʼllari sohasidagi mavjud muammolarni oʼrganish ishlari davom ettirilmoqda.

Dastur ijrosi


Dastur ijrosi


Report Page