“Muyassar Med” MCHJga tegishli dorixona litsenizyasi bekor qilindi

“Muyassar Med” MCHJga tegishli dorixona litsenizyasi bekor qilindi

Uzpharmcontrol

Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi mutaxassislari tomonidan fuqaro murojaati asosida Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Farobiy ko‘chasi, 28A-uy manzilida joylashgan “Muyassar Med” MCHJga tegishli dorixonada tekshiruv oʻtkazilganda, tahlillar natijasiga ko’ra, 69 turdagi dori vositasi tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika Davlat ro‘yxatidan o‘tmaganligi hamda 71 turdagi dori vositasiga muvofiqlik sertifikati mavjud emasligi aniqlangan.

Yuqoridagi holatlar boʻyicha, “Muyassar Med” MCHJga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun, 2019 yil 09 fevralda berilgan №480-sonli litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan daʼvo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi. Hamda “Muyassar Med” MCHJga berilgan litsenziya bekor qilindi.

Eslatib o’tamiz, "Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida"gi Qonunga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga muvofiq, 2024-yil 17-fevraldan boshlab, litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs tomonidan litsenziya yoki ruxsat berish talablari va shartlari muntazam ravishda (1 yil davomida ikki va undan ortiq marta) buzilganda unga 1 yil davomida qaytadan litsenziya berilmaydi.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi matbuot xizmati
Telegram
| Facebook | Instagram | Youtube

Report Page