Mutaxassislar O‘zbekistonning barqaror isitish rejalarini va issiqlik nasoslari bozorini muhokama qildilar 

Mutaxassislar O‘zbekistonning barqaror isitish rejalarini va issiqlik nasoslari bozorini muhokama qildilar 

World Bank Uzbekistan

Русский English

TOSHKENT, 31 October 2023 – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligida Jahon banki bilan hamkorlikda turli davlat organlari, jamiyat va xususiy tashkilotlar vakillari hamda mahalliy ekspertlar ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilariga barqaror isitish va energiya tejaydigan texnologiyalarga o‘tish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalar taqdim etilib, issiqlik nasoslarining O‘zbekistonda qo‘llanilishi mumkinligi ta’kidlandi.

Iqtisodiyot va aholi sonining o‘sishi O‘zbekistonning energiyaga bo‘lgan talabninh kelgusi yillarda ham oshib borishiga olib keladi. Energiya samaradorligiga ustuvor ahamiyat berish va qayta tiklanadigan energiya manbalarini kengaytirish hukumatning energetika sektorini dekarbonizatsiya qilish, atmosferaga issiqxona gazlari chiqindilarini sezilarli darajada kamaytirish, cheklangan gaz resurslariga talabni pasaytirish va bog‘liqlikni kamaytirish maqsadlariga mos keladi. E’tiborlisi, issiqlik energiyasi sektori samaradorligini oshirish va qayta tiklanadigan energiya integratsiyasi uchun keng imkoniyatlar mavjud.

Seminar doirasida Jahon banki, Xalqaro energetika agentligi, Yevropa issiqlik nasoslari assotsiatsiyasi, “Arup Consulting” korxonasi mutaxassislari va sanoat ishlab chiqaruvchilari ishtirokchilarni dunyoning turli mamlakatlarida barqaror isitish tizimlarida issiqlik nasoslaridan foydalanishning ko‘paygani haqida ma’lumot berishdi. Sovutgichlar yoki konditsionerlarga o'xshash ishlaydigan issiqlik nasoslari havo, yer yoki suvdan issiqlikni tortib, samaradorlikni oshiradi. Ba'zi modellarning ham sovutish ham isitish funktsiyalarini mavjud.

Yevropa mamlakatlari hukumatlarining dekarbonizatsiyaga qaratilgan sa’y-harakatlari davomida 2022 yilda issiqlik nasoslari savdosi deyarli 40 foizga oshdi; Belgiya, Polsha, Slovakiya va Chexiyada ikki baravar oshdi. Issiqlik nasoslari sotuvlari AQSH va Fransiyada qazib olinadigan yoqilg‘i tizimlaridan oshib ketdi. 2030 yilga kelib savdo hajmining uch baravar oshishi bashorat qilinmoqda, bu esa global ta’minot zanjirini kuchaytiradi. O‘sha vaqtga kelib, bu nasoslar issiqlikni ishlab chiqarilishida qazib olinadigan yoqilg‘idan foydalanishni ikki baravar kamaytirishi, tabiiy gazga bo‘lgan talabni 80 milliard kubometrga kamaytirishi va CO2 chiqindilarini 500 million tonnaga kamaytirishi kutilmoqda.

Seminar davomida ta’kidlanganidek, O‘zbekistonda issiqlik nasoslarining keng joriy etilishi tabiiy gazdan foydalanishni kamaytirish, issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda ‘yashil’ yechimlarini ta’minlash, havo ifloslanishini kamaytirish, isitish va sovutish ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi.

Biroq, ushbu texnologiyalarning keng q’ollanilishiga jumladan, eskirgan ko‘p xonadonli uylar, yakka tartibdagi uy-joylardagi texnik to‘siqlar, dastlabki xarajatlarning yuqoriligi, arzon tabiiy gazning keng tarqalganligi, aholining xabardorlik darajasi pastligi, mamlakat bo‘ylab yangi turar-joy va jamoat binolarida issiqlik nasosiga talablarning yo‘qligi kabi to’siqlar saqlanib qolmoqda.

Ishtirokchilarga Jahon banki O‘zbekiston hukumatining Barqaror isitish strategiyasini ishlab chiqishda ko‘maklashayotgan tadbirlar haqida ma’lumot berildi. Unda mamlakatning barqaror isitish texnologiyalarini, jumladan, issiqlik nasoslarini kengroq joriy etish salohiyati baholanadi va ularni qurilish sektoriga tatbiq etish bo‘yicha yo‘l xaritasi kiritiladi.

Seminar ishtirokchilariga rag‘batlantirish dasturlari va tartibga solish choralarini qo‘llash orqali issiqlik nasoslariga bosqichma-bosqich o‘tishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalar haqida ma’lumot berildi.

Masalan, Buyuk Britaniyada hukumati issiqlik nasoslarini o'rnatish xarajatlarini qoplaydigan grant sxemasi bilan bir qatorda, yangi binolarda gazli qozonlarni taqiqlash rejalarini e’lon qildi. Ular, shuningdek, iste’molchilarga yetti yil davomida har chorakda naqd pul to‘lovlari bilan ta’minlaydigan “Uy-joylarda qayta tiklanadigan issiqlikni rag‘batlantirish" dasturini ishga tushirdilar. Shvetsiyada issiqlik nasoslari qazib olinadigan yoqilg'ilarni qayta tiklanadigan energiya bilan samarali almashtirib, sayoz geotermal manbalardan foydalanadi.

Issiqlik energiyasini ishlab chiqarish sohasida ish yuritadigan xalqaro va mahalliy ekspertlar asosan Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerika va Yevropada joylashgan issiqlik nasoslarini ishlab chiqarish va uskunalar bozorini o'rganishdi. 

Mahalliy issiqlik nasoslari bozorini rivojlantirishda mavjud qiyinchiliklarni e’tirof etgan holda, ular xalqaro issiqlik nasoslari korxonalarini O‘zbekistonga sarmoya kiritishga undaydigan siyosat va tashabbuslar haqida tushunchalar berdilar.

Seminar xalqaro va mahalliy ekspertlar o‘rtasida faol fikr almashish va bilim almashish imkonini berdi. Muhokamalarda O‘zbekistonning barqaror isitish tizimiga o‘tishga yondashuvi haqida ma’lumot berish uchun qimmatli tajriba taqdim etildi.


Report Page