Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi veterinariya farmakologlari va toksikologlarining VII xalqaro s’ezdi o‘z ishini boshladi 

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi veterinariya farmakologlari va toksikologlarining VII xalqaro s’ezdi o‘z ishini boshladi 


Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Madaniyat saroyi”da “Farmakologiya va toksikologiya fanining zamonaviy rivojlanish tendensiyalari, istiqboldagi vazifalar va antibiotik rezistentlik muammolarining yechimlari” mavzusidagi Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi veterinariya farmakologlari va toksikologlarining VII xalqaro s’ezdi o'z ishini boshladi.

Tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan Butunrossiya patologiya, farmakologiya va terapiya veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy rahbari, v.f.d., professor, RFA akademigi Shabunin Sergey Viktorovich farmakologiya va toksikologiya fanining zamonaviy rivojlanish tendensiyalari, istiqboldagi vazifalar va antibiotik rezistentlik muammolarining yechimlari, o‘tkazilayotgan Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi veterinariya farmakologlari va toksikologlarining VII xalqaro s’ezdida ko‘rilayotgan masalalar va ularning yechimlari xususida so‘z yuritdi.

Shuningdek, universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov, Rossiya Fanlar akademiyasining prezidenti Gennadiy Yakovlevich Krasnikov hamda O‘zbekiston respublikasi Fanlar akademiyasi kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha vise-prezidenti, biologiya fanlari doktori, professor Shaxloxon Turdiqulovalarning VII xalqaro s’ezdi ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.

Tadbirda Zoologiya instituti bosh ilmiy xodimi, biologiya fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Jaloliddin Azimovlar so‘zga chiqib “Farmakologiya va toksikologiya fanining zamonaviy rivojlanish tendensiyalari, istiqboldagi vazifalar va antibiotik rezistentlik muammolarining yechimlari” mavzusida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

 Shuningdek, Butunrossiya patologiya, farmakologiya va terapiya veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy rahbari, v.f.d., professor, RFA akademigi Shabunin Sergey Viktorovichning “Mahsuldor hayvonlarning ochiq bo‘shliqlari patogenlarida antibiotiklarga chidamlilik genlarning muammolari va tarqalishi”, Moskva davlat veterinariya tibbiyoti va biotexnologiyalar akademiyasi rektori, K.I.Skryabina, tarix fanlari doktori, professor, Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi Sergey Vladimirovich Pozyabin “Yagona salomatlik konkekstida potensiyaal yechimlar bilan oziq-ovqat potogenlarida antibiotiklarga chidamlilik”, Istanbul, Gerrahpasha universiteti professori, dr.PhD, Ali Aydin, Rossiya fanlar akademiyasining professori, biologiya fanlari doktori Aleksadr Komarov “Parazitlarga qarshi chora-tadbirlar tizimida dorivor o‘simliklar” mavzularida hisotlar qilishdiyu

Tadbirda Butunrossiya patologiya, farmakologiya va terapiya veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy rahbari, v.f.d., professor, RFA akademigi Shabunin Sergey Viktorovich (nauchnыy rukovoditel Vserossiyskogo nauchno-issledovatelskogo veterinarnogo instituta patologii, farmakologii i terapii, d.v.n., professor, akademik RAN), Qozoq Milliy agrar tadqiqotlar universiteti “Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi” kafedrasi mudiri, professor, RFA chet el a’zosi Ombayev Abdiraxman Moldanazarovich (Zaveduyushey kafedroy «Texnologii proizvodstva produksii jivotnovodstva» Kazaxskogo Nasionalnogo agrarnogo universiteta), Akademik M.S.Osimi nomidagi Tojikiston texnika universiteti professori, v.f.d. Muxiddinov Anvariddin Riyoziddinovich (Professor Tadjikskogo texnicheskogo universiteta imeni M.S.Osimi)larga Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti faxriy professori ilmiy unvoni berildi.


🏛 Axborot xizmati


Report Page