Musical Battle
AJOU STUDENT GOVERNMENT ASSOCIATIONMUSIQIY KONKURS "UNIVERSITY VOICE" REGLAMENTI
Konkursning maqsadi
Universitetlar o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va talabalarga o‘z ijodiy qobiliyatlarini namoyish etish imkoniyatini yaratish.
Faqat universitet talabalari qatnashishi mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni
- Arizalar online shaklda qabul qilinadi.
- Oxirgi muddat: 25-noyabr 23:50, 2024-yil.
- Ariza topshirishda ishtirokchilar quyidagilarni taqdim etishlari kerak:
F.I.Sh., universitet va fakultet ma'lumotlari; - Pasport nusxasi yoki talabalik guvohnomasi;
Konkurs bosqichlari va vaqti
- Saralash bosqichi:Sanasi: 29-noyabr, 2024-yil, soat 15:00.
- Manzil: AJOU Universiteti.
- Ishtirokchilar hakamlar hay'ati tomonidan baholanadi va keyingi bosqichga saralanadi.
- Chorak final:Sanasi: 6-dekabr, 2024-yil.
- Yarim final va final:Sanasi: 13-dekabr, 2024-yil.Ijro uslubi va talablari
- Ijro jonli ravishda amalga oshirilishi kerak.
- Har bir ishtirokchi turli janr va yo‘nalishda ijro etishi mumkin (pop, jazz, milliy, klassik va h.k.).
- Kastingdagi ijro davomiyligi: 2-3 daqiqa.
Baholash mezonlari
Hakamlar hay'ati quyidagilarni baholaydi:
- Ovoz sifati: Ovozni boshqarish, kuch va ohang.
- Ijro texnikasi: Qiyinchilik darajasi va ijro usuli.
- Tafsilotga e'tibor: Emotsional ifoda, sahna madaniyati va ijodkorlik.
- Hakamlar tarkibiga taniqli prodyuserlar va musiqiy mutaxassislar kiradi.
Mukofotlar
- 1-o‘rin: Vagif Zakirov studiyasida bepul qo‘shiq aranjirovkasi va kompozitsiyasi + maxsus estalik sovg‘asi + sertifikat.
- 2-o‘rin: 750,000 so‘m pul mukofoti + sertifikat.
- 3-o‘rin: 500,000 so‘m pul mukofoti + sertifikat.
8Boshqa shartlar
- Ishtirokchilar barcha bosqichlarda o‘z vaqtida qatnashishlari shart.
- Belgilangan muddatdan kechikish va boshqa qoidalarni buzish ishtirokchilikdan chetlatilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
9. Bog‘lanish uchun ma'lumotlar
- Konkurs bilan bog‘liq savollar uchun quyidagi manzillarga murojaat qiling:+998 (93) 985-19-16
Hamkorlik qilayotgan universitetlar: AJOU va boshqa oliy o‘quv yurtlari.
Kelajakdagi ijodiy yo'lda barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!