#Murojaat

#Murojaat


🇺🇿 Jarqo‘rg‘on tumani prokurori Komil To‘raqulov tomonidan tuman aholisiga huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi hamda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan MUROJAAT


💬 Hurmatli tumanimiz aholisi!


🔘So‘nggi vaqtlarda o‘g‘rilik va firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlar soni ortib borayotgani kuzatilmoqda. Shu sababli, har bir fuqarodan ogohlik, hushyorlik va ehtiyot choralarini kuchaytirish so‘raladi. Unutmang, jinoyatlarning oldini olishda eng katta kuch – bu fuqarolarning ogohligidir.


🏠 O‘G‘RILIKLARNING OLDINI OLISH UCHUN:


✅ Uy yoki avtomobilingizni hatto qisqa muddatga ham ochiq qoldirmang.

✅ Uyda bo‘lmaganingizda eshik va derazalarni mustahkam yopib, qo‘shnilarni ogohlantiring.

✅ Imkon qadar kuzatuv kameralari yoki signalizatsiya tizimlari o‘rnating — bu jinoyatchilar uchun jiddiy to‘siq bo‘ladi.

✅ Yangi tanishgan shaxslarga uy manzilingiz, mol-mulkingiz yoki shaxsiy ma’lumotlaringizni oshkor qilmang.


📱 FIRIBGARLIKLARNING OLDINI OLISH UCHUN:


⚠️ Telefon, internet yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali pul yoki shaxsiy ma’lumot so‘raganlarga ishonmang.

⚠️ “Siz yutuq yutdingiz”, “foydali investitsiya”, “kreditni yopib beramiz” kabi takliflar bilan chiqayotganlar ko‘pincha firibgarlar bo‘lishi mumkin.

⚠️ Pul o‘tkazish yoki hujjat topshirishdan oldin manbani tekshiring va ishonch hosil qiling.

⚠️ Shubhali holatlarni ko‘rsangiz, zudlik bilan 102 qisqa raqamiga xabar bering.


👮‍♀️ Eslab qoling!


🔰 Ogoh fuqarolar – xavfsiz jamiyat demakdir.

🔰 O‘z mulkingizni, oilangizni va mahallangiz tinchligini asrash har birimizning burchimizdir.

🔰 Birgalikdagi hushyorlik orqali jinoyatchilikka qarshi mustahkam qalqon yaratamiz.


🇺🇿JARQO‘RG‘ON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI


Kanalga ulanish⬇️


https://t.me/jarmatbuotxizmati


Facebook Telegram YouTube Web-site Instagram Twitter

Чориева Мохигул Кудратовна


Report Page