“Muqaddasdir vatan bayrog‘i” shiori ostida ma’naviy-madaniy tadbir o'tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 195-son majlis bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Toshkent davlat agrar universiteti hamkorlikda Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari davlat xizmatchilari va Toshkent davlat agrar universitetining professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlari ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida Milliy Gvardiya orkestri tomonidan davlat madhiyasining jamoaviy tarzda jo‘r bo‘lib ijro etilishi barchaga xush kayfiyat bag'ishladi.
O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangragandan so'ng tadbirni Qishloq xo‘jaligi vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Eshmirza Abdualimov kirish so'zi bilan ochib berib, bayram munosabati bilan o'zining iliq tilaklarini bildirib o'tdi: "Bugun milliy bayrogʼimiz davlat idora va muassasalari, oʼquv yurtlari, Oʼzbekiston aʼzo boʼlgan xalqaro tashkilotlar, chet ellardagi elchixona va doimiy vakolatxonalarimiz peshtoqida hilpirab turibdi. Turli bayram tantanalarida, mamlakatimiz aʼzolari qatnashayotgan xalqaro miqyosdagi siyosiy, madaniy-maʼrifiy tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida ham bayrogʼimiz Vatanimizning shaʼni, xalqimizning gʼururini yorqin aks ettirmoqda."- deya ta'kidladi vazir maslahatchisi.
Shuningdek, Toshkent davlat agrar universiteti Gumanitar fanlar va huquq kafedrasi dotsenti Oybek Ostonovning “Davlatimiz bayrog‘i – milliy g‘urur va faxrimiz!” mavzusidagi videotaqdimot ma’ruzasi asosida vazirlik tizimidagi barcha tashkilot va muassasalarda davlat xizmatchilari uchun ma’rifiy soatlar hamda oliy va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilari uchun “Axborot-murabbiylik soat”lari o‘tkazildi.