Muqaddas ayol

Muqaddas ayol

https://t.me/natlibuz

O‘zbekiston Milliy kutubxonasining erkak xodimlari tomonidan 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar" kuni noodatiy tarizda o‘tkazildi. Go‘zallikda yakto, nazokat bobida bir dona bo‘lgan Milliy kutubxona xodimalari bu e‘tibordan mamnun ekanliklari ko‘zlaridan sezilib turibdi. 

Bayramda ayollarning o‘zlari ishtirokidagi qiziqarli shartlar o‘yini, bir-biridan go‘zal raqslar davraga o‘zgacha fayz berdi. Tadbirda ayollarga kutulmagan, noodatiy sovg‘alar guldastasi sifatida rejalashtirilgan ssenariy o‘z ishini a'lo darajada bajara oldi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Mard va jasur erkaklar! Balki onajoningiz uchun tojmahallar qurib berolmassiz, ayolingizni madh etib, go‘zal g‘azallar, opa-singillaringiz uchun she‘rlar yoza olmassiz, lekin ularni kerakli insonlaringiz ekanliklarini, mehr-muhabbatingizni, sevgingizni ayta olasiz, biz bunga ishonamiz! Shuni bilingki, ayol zotiga ozgina e‘tibor, mehr bo‘lsa kifoya! 

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ayollar!

Report Page