#Munosabat

#Munosabat



 Ushbu ko‘p kvartirali turar joy binosi "BAURUM GROUP" MCHJ tomonidan 2017 yil qurilgan va foydalanishga topshirilgan bo‘lib, 2017 yil 6 iyunda "Qorasaroy Elite Kommunal" UJMSH bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, uylarning tom va yerto‘la qismlari umumiy mulk sifatida topshirilmagan. 

 Uyning tom va yerto‘la qismi Uy-joy Kodeksining 124-moddasiga zid ravishda "BAURUM GROUP" MChJning mulki hisoblanadi.

 Hozirda qayta rejalashtirish ishlari, Olmazor tumani Qurilish bo‘limining 24.06.2021 yildagi “Yakka tartibdagi uy-joyning loyiha-smeta xujjatlarini kelishilganligi haqida”gi 25137-sonli xulosasiga asosan "BAURUM GROUP" MCHJ tomonidan qo‘shimcha inshoot barpo etilmoqda. 

 Bugungi kunda "BAURUM GROUP" MCHJ tomonidan 25137-sonli xulosada ko‘rsatilgan SHNQ 1.04.05-06 talablari buzilgan.

 Holat yuzasidan xulosa beruvchi tashkilot tomonidan o‘rganish ishlarini amalga oshirish maqsadga muvofiq.

Report Page