#Munosabat

#Munosabat


Ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqandda mingga yaqin daraxt aholining o‘ziga kestirilgani” haqida xabarlar tarqaldi.

Holat Samarqand viloyat Ekologiya boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, tezkor tartibda ishchi guruhi tuzilgan va qonunda belgilangan tartib da o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Aniqlanishicha, Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Jomboy tumani “Mirza-Pay” irrigatsiya tizimlari boshqarmasiga qarashli Bulung‘ur tumani hududidan o‘tuvchi “Oqtepa” kanalini betonlashtirish ishlari davomida kanal atrofidagi betonlashtirish ishlari xalaqit beradigan daraxtlar kesilgan.

“Mirza-pay” irrigatsiya tizimlari boshqarmasi qirg‘oq mintaqasi maʼlumotga ko‘ra daraxtlarni kesishga boshqarma boshlig‘i topshirig‘i asosida ko‘rsatma berganligi, buning uchun davlat xizmatlariga xat chiqarganligi hamda ushbu xatga asosan daraxtlar kesilayotganligini aytgan.

Mazkur holatda “Oqtepa” kanali hamda uning havza himoya hududi “Mirza-Pay” irrigatsiya tizimlari boshqarmasiga qarashli ekanligi va bu yerdagi daraxtlarni kesish yoki ularga tegishli ishlov berish uchun viloyat ekologiya boshqarmasining xulosasi olinishi zarur.

Yuqoridagi holatda daraxtlarni kesish uchun viloyat ekologiya boshqarmasiga “Mirza-Pay” ITB tomonidan xat berilganligi, viloyat ekologiya boshqarmasi tomonidan bu holat uchun ekologik xulosasi talab etilmasligi maʼlum qilingan xat “Mirza-Pay” ITBda mavjudligi maʼlum qilindi.

Samarqand viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga qo‘shiling👇

https://t.me/econewssamarqand



Report Page