Munosabat
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Fargʻona viloyat Kengashi matbuot xizmatiOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi yo‘nalishlaridagi boshqaruv tizimini takomillashtirishga doir Farmoni mamlakatimizning ekologik barqarorligini ta’minlashda katta ahamiyatga ega .
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining tashkil etilishi, sohadagi vazifalarning yagona markazdan muvofiqlashtirilishi, shuningdek, “Yashil makon” hamda “Chiqindidan xoli hudud” kabi umummilliy loyihalarning tizimli boshqaruv ostiga olinishi ekologik xavfsizlik, resurslardan oqilona foydalanish va chiqindilarni boshqarish jarayonlarining sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilishiga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Farg‘ona viloyat Kengashi ushbu islohotlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlab, aholi ekologik madaniyatini oshirish, yashil hududlarni kengaytirish, chiqindilarni qayta ishlashni rivojlantirish va iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan tashabbuslarni viloyatimizda faol tatbiq etish yo‘lida o‘zining amaliy ishtirokini davom ettiradi.
Mazkur Farmonning qabul qilinishi ekologiya sohasidagi davlat siyosatining izchilligini ta’minlab, kelajak avlodlar uchun sog‘lom va ekologik toza atrof-muhit yaratishga xizmat qiladigan muhim omil bo'la oladi.
Rustambek Tojiyev
O‘zbekiston Ekologik partiyasi
Farg‘ona viloyat Kengashi raisi