#Munosabat
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlar orqali “Elshod Shamsiddinov nomi ostida “Instagram” ijtimoiy tarmog‘ida blogerlik faoliyatini olib boradigan fuqaro o‘zining sahifasiga O‘zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan kapcha ilon, hind boygasi iloni, dasht qora iloni, bo‘z echkemari hamda tulki bolalariga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan videolarini yuklagan”ligi to‘g‘risida maʼlumot tarqaldi.
Holat Samarqand tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan o‘rganildi.
Aniqlanishicha, Davlat inspektorlari tomonidan fuqaro o‘zining sahifasiga O‘zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan kapcha ilon, hind boygasi iloni, dasht qora iloni, bo‘z echkemari hamda tulki bolalariga shafqatsiz munosabatda bo‘lganligi yuzasidan voqea joyiga borib o‘rganganda, Samarkand tumani, O‘rta Turkman MFYda yashovchi fuqaro E.Sh bu holatlar 2020-yilda do‘stlari bilan tog‘ sayriga chiqqanida mahalliy ilonni ko‘rib qolib, uni tutishgan va yana qaytib quyib yuborgan va buni o‘z profiliga joylashtirgan. Huddi shunday o‘z yashash manzilidagi uyning orqa qismida joylashgan qishloq qabristonida tulki uyasini kovlab bolalarini olgan va aholi yashash manzilidan olisroqqa olib borib qayta quyib yuborganligini aytib o‘tgan. Bunga sabab qilib uyidagi parrandalarni yeb ketayotganligi ko‘rsatilgan. Boshqa videolar esa, turli tarmoqlardan olib, o‘z ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirganligini taʼkidlab o‘tgan.
Biroq shunday bo‘lsada, mazkur fuqaroga nisbatan qonun talablariga muvofiq bayonnoma rasmiylashtirilib, jarimaga tortildi. Shuningdek, bu kabi holatlar qonunga zid ekanligi tushuntirib o‘tilganligini maʼlum qilamiz.
Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Kanalga qo‘shiling👇👇
https://t.me/yeconewssamarqand