O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi daryo.uz saytida e'lon qilingan xabarga munosabat bildiradi

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi daryo.uz saytida e'lon qilingan xabarga munosabat bildiradi

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlari ishlari agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi axborot xizmati 

2020-yilning 28-sentyabr kuni Qashqadaryodagi ayrim tumanlarda Yoshlar ishlari bo‘limlariga agentlik tavsiya qilgan nomzodlar emas, boshqalar tayinlandi. Chunki agentlikning xati ''yuridik kuchga ega emas'' nomli xabar daryo.uz saytida e‘lon qilindi.

Xabarda Agentlikning viloyat boshqarmasi rahbari Shohjahon Omonov ayrim hududlarga Respublika tavsiya etmagan nomzodlarni tayinlagan degan vaj ilgari surilgan.

Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi axborot xizmati mazkur xabar yuzasidan quyidagilarni ma‘lum qiladi.

Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasiga jami 56 ta shtat ajratilgan bo‘lib, shundan boshqarmaning umumiy cheklangan soni 11 ta, tuman (shahar)lar bo‘limlarining umumiy cheklangan soni 3 ta shtat birligidan iborat. Bugungi kunda, jami 56 ta shtatga 49 nafar mutaxassis tayinlangan, 7 ta lavozimda bo‘sh ish o‘rni mavjud.

Xususan, Agentlik viloyat boshqarmasi 1 ta (Yuriskonsult), shuningdek, Kitob va G‘uzor tuman bo‘limlarida jami 6 ta (bo‘lim boshliqlari va ularning mutaxassislari) lavozim bo‘sh turibdi.

Nomzodlar agentlik bilan kelishilgan holda tayinlangan.

Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining markaziy apparati rahbariyati tomonidan 2020-yil 19-avgust kungi 01/2-02-26-05 - sonli aloqa xati bilan Agentlikning viloyat boshqarmasi rahbar va masʼul xodimlari hamda tuman (shahar) bo‘lim boshliqlari lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlar belgilangan tartibda suhbatdan o‘tkazilgan. Suhbat davomida ayrim nomzodlar ish haqidan qoniqmasligi, sohada tajribasi yetarli emasligi ma`lum bo`ldi. Shundan so`ng, boshqarma Yoshlar ishlari agentligi va tuman hokimliklari fikrlarini inobatga olgan holda Dehqonobod, Chiroqchi tumaniga boshqa nomzodlarni tayinlagan.

Chiroqchi tuman bo`lim boshlig‘ini tuman hokimligi tavsiya etgan.

"Boshqarmaning Dehqonobod tumani bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tavsiya etilgan nomzod Qulmamatov Adxam Alisherovich bilan suhbat o‘tkazilganda, tizimda mavjud muammolarni yaxshi bilmasligi, rahbar sifatida ish tashkil etish bo‘yicha aniq rejasi yo‘qligi maʼlum bo‘ldi. Shu tufayli biz sohada tajribasi bor, ilgari tuman Yoshlar ittifoqi raisi bo‘lib ishlagan Oybek Normurodovni munosib deb bildik. Shuningdek Dehqonobod tuman Yoshlar ittifoqi raisi tajribali degan oxirgi xulosaga keldik va nomzodni o`zgartirish masalasi Respublika agentligi bilan kelishilgan holda amalga oshirildi"- deydi Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i Shohjahon Omonov.

Chiroqchi tumani bo‘limi boshlig‘i lavozimiga dastlab Beknazarov Alisher Keldiyorovich nomzodi Agentlik tomonidan maʼqullangan.

Agentlikning viloyat boshqarmasi mas‘ullari nomzod bilan telefon orqali bog‘lanib, ishlash niyati bor yoki yo‘q ekanini so‘rashgan.

“12-sentabr ertalab 9:50 da Alisherga telefon orqali bog‘lanib, uning nomzodi Respublika agentligidan ma`qullanganini aytdim va boshqarma yig‘ilishiga kelishini tushuntirdim’’- deydi Agentlikning viloyat boshqarmasi kadrlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassisi. - Ammo u maktabda faoliyat ko‘rsatishini, ishlari ko‘p ekanligini va ishlash niyati yo`qligini bildirdi. Alisherning mening xabarim yo‘q deb gapirishiga qo‘shilmayman. Chunki shaxsan o‘zim unga boshqarma nomidan bog‘lanib, agentlik suhbatidan o`tganini aytganman”.

Bu haqida Chiroqchi tumani hokimligiga bildirilgach, tuman hokimligi tomonidan muqobillik asosida boshqa nomzodlar taqdim etildi va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi bilan kelishgan holda Agentlikning 2020-yil 16-sentyabrdagi 01/2-02-26-26-sonli xatiga asosan Xursandov Jamshid Erkinovich boshqarma tomonidan lavozimga tayinlangan.

 
Shuningdek, Shahrisabz shahar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga Agentlikning 2020-yil 19-avgust kungi 01/2-02-26-05 - sonli aloqa xati bilan Islamov Sherzod Xalilovich tavsiya etilgan bo‘lsada, boshqarma rahbariyati bilan suhbat davomida Sh.Islamov oylik ish haqi bilan tanishib chiqqanligi, ish haqlari uni qoniqtirmaganligini bildirib, rad etgan.

Shu munosabat bilan, Shahrisabz shahar hokimligi tomonidan muqobillik asosida boshqa nomzodlar tavsiya etilib, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi bilan kelishilgan holda, Agentlikning 2020-yil 16-sentyabrdagi 01/2-02-26-26-sonli xatiga binoan, Axmedov Davron Sadullo o‘g‘li lavozimga tayinlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2020-yil 19-avgustdagi 01/2-02-26-05 - sonli aloqa xati bilan G‘uzor tumani bo‘limi boshlig‘i lavozimiga Saidov Nodir Faxritdinovich nomzodi ko‘rsatilgan.

U bilan boshqarma masʼullari suhbatlashganda, ushbu lavozimda ishlash istagi yo‘qligini maʼlum qilgan va bu haqida G‘uzor tumani hokimligiga maʼlum qilingan. Shu munosabat bilan, tuman hokimligi tomonidan muqobillik asosida tavsiya etilgan nomzodlar mazkur lavozimga belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda tuman va shahar bo‘limi rahbarlarini ishga olishda nomzodlarning fikri inobatga olingan va bu borada ularga nisbatan nohaqlik qilinmagan deb hisoblaymiz.

Report Page