#Munosabat

#Munosabat

 


Ijtimoiy tarmoqlarda “Urgut tumani Soyg‘o‘s MFY hududida 3 ta ayiq kelib mahalliy aholini qo‘y mollariga hujum qilmoqda”ligi haqida maʼlumot tarqaldi.


Mazkur holat Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi va uning Urgut tumani inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan tezkor tartibda nazoratga olindi.


Aniqlanishicha, ushbu holat Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari chegarasida joylashgan Kunko‘rmas dovonining Qashqadaryo viloyati hududida sodir bo‘lgan. Suv sathidan 2500-2700 metr balandlikdagi ushbu yovvoyi tabiatga tegishli bo‘lgan ayiqlarning yashash manzilida Urgut tumani Soyg‘o‘s MFYning cho‘ponlari ijara asosida mol qo‘ylarini boqib kelishayotganda noyob tur hisoblangan O‘rta Оsiyo qo‘ng‘ir ayiqlari to‘rt bosh echkini yeb qo‘ygan. Biroq cho‘ponlarga yoki ayiqlarga talafot yetmagan.


Shuningdek, mahalliy aholining taʼkidlashicha, 2 kun burun kechasida ayiqlar Soyg‘o‘s MFYga 2-3 kilometr yaqinlikdagi tog‘ bag‘rida o‘suvchi mevali daraxtlarni yeyish uchun tushib kelganligini taʼkidlashmoqda. Hozirda tegishli mutaxassislar tomonidan holat nazoratga olinib o‘rganish ishlari davom etayotganligini maʼlum qilamiz.


Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

 

Kanalga qo‘shiling👇👇

https://t.me/econewssamarqand


Report Page