Muhim tashabbus va yangicha yondashuvlar asosida xotin-qizlar bilan ish olib borilmoqda

Muhim tashabbus va yangicha yondashuvlar asosida xotin-qizlar bilan ish olib borilmoqda

Xorazm viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi matbuot xizmati


Xorazm viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tashabbusi bilan Qo‘shko‘pir tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan Oshoqqal'a mahallasida joylashgan "Oqdarband madaniyat saroyi"da payshanba — profilaktika kuni munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.

Unda Xorazm viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi mas'ul xodimi M.Masharipova, boshqarmaning xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish hamda ijtimoiy rеabilitasiya qilish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassisi Muhayyo Otajonova ishtirok etdi.

Shuningdek, mazkur tadbirda Qo‘shko‘pir tuman IIB XXP xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas'ullar hamda tegishli tashkilotlar vakillari, shuningdek, mahallalarda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan "Oqila ayollar" harakati a’zolari qatnashdi.

Unda Qo‘shko‘pir tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S.Xudaybеrganova so‘zga chiqib, davlatimiz tomonidan xotin-qizlarga bеrilayotgan imtiyozlar borasida to‘xtaldi.

Shuningdеk, mahallalarda ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash maqsadida chora-tadbirlar rеjasi ishlab chiqilib, notinch va nizoli oilalar bilan alohida ishlar tashkil qilingani, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldi olinayotgani, ajrim bilan bog‘liq ko‘plab muammolar bartaraf etilayotgani xususida so‘z yuritdi.

Viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi mas'ul xodimi M.Masharipova mahalalarda faoliyat ko‘rsatuvchi "Oqila ayollar" harakati a'zolari hamda ko‘chaboshilar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotan ishlar to‘g‘risida to‘xtalgan bo‘lsa, boshqarma mutaxassisi M.Otajanova xotin-qizlar o‘rtasida salbiy holatlarning oldini olish, ayniqsa, voyaga yetmagan qizlar bilan ishlashda yoshi ulug‘ onaxonlarning o‘rni va roli to‘g‘risida gapirdi.

Qo‘shko‘pir tuman IIB XXP xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspеktori, podpolkovnik G.Gulyamova so‘zga chiqib, tumanda xotin-qizlar o‘rtasida tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va bu borada mahalla faollari bilan hamkorlikda olib borilishi lozim bo‘lgan vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

Tashkil etilgan davra suhbati yakunida mahallalarda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni to‘g‘ri tashkil etish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va ajrimlarning oldini olish, urf odat va an'analarni yoshlarga еtkazish, ularni oilaviy hayotga tayyorlashda ko'rsatayotgan samarali faoliyati uchun “Oqila ayollar” harakati a'zolari tuman Oila va xotin-qizlar bo'limining tashakkurnoma hamda estalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilari "Qo‘shko‘pir kasb-hunarga o‘qitish markazi" ning Oshoqqal'a maskanida kasb-hunar o'rganayotgan xotin- qizlarning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, hozirda maskanda “Ayollar daftari” ro'yxatida turgan 44 nafar ishsiz, ehtiyojmand xotin-qizlar kasb-hunar o'rganmoqdalar. 

Shuningdek, ushbu tadbirda xotin-qizlarni kasb-hunar oʻqitishga jalb qilish, tadbirkorlik, kasanachilik faoliyat turlari bilan tanishtirish orqali bandligini ta'minlash masalalari ko‘rildi.

Qo‘shko‘pirda o‘tkazilgan tadbirlar doirasida hududda joylashgan 22-Oilaviy poliklinikada xotin-qizlar uchun tibbiy ko'rik tashkil etildi. Unda 21 nafar opa-singillarimiz ishtirok etdi.

Shuningdek, tumandagi Oshoqqa'la mahallasida xotin-qizlar uchun probatsiya, profilaktik hisobdagi, tazyiq va zo‘rovonlikka uchragan xotin-qizlar uchun sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabul davomida yig‘ilganlarga jamiyatga salbiy taʼsir etuvchi xatti-harakatlarning oqibatlari tushuntirilib, xotin-qizlarga oid turli xil muammoli vaziyatlar va qonunbuzarliklarning sabablarini bartaraf etish borasida zarur ko‘ratmalar berildi.

Unda 16 nafar ayollarning murojaati tinglandi. Shundan 3 tasi oilaviy masala bilan bog‘liq bo‘lsa, 5 tasi ishsizlik, 2 tasi sog'liqni tiklash va yana qolgan 6 tasi boshqa masalalarga oid. Shundan 7 ta murojaatga joyida yechim topildi. 2 tasi tеgishli tashkilotlarga yo'naltirildi va yana 2 tasi sеktorlar rahbarlari ko‘magida ijobiy hal etildi. 5 nafar ayolning bandligini ta'minlash maqsadida kasb-hunarga o'qitish uchun ro'yxatga olindi.

Qabulda profilaktik hisobda turgan notinch oila, huquqbuzarlikka moyil boʻlgan shaxslar, shu jumladan, voyaga yetmaganlar bilan individual profilaktik suhbatlar o‘tkazish tartib-tamoyillari bilan bog‘liq muhim ma'lumotlar qayd etildi.


Report Page