Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TАTU professor-o'qituvchilari Buxoro axborot texnologiyalari texnikumi o'qituvchilari bilan hamkorlikdagi ishlari

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TАTU professor-o'qituvchilari Buxoro axborot texnologiyalari texnikumi o'qituvchilari bilan hamkorlikdagi ishlari


Joriy yilning 17-18-19-oktyabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining ishchi guruhi aʼzolari Oʼzbekistonda professional taʼlimni rivojlantirish maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023 yil 6-martdagi 44-buyrugʼiga asosan professional taʼlim muassasalariga oʼquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, maʼnaviy-maʼrifiy sohalarda koʼmaklashish uchun Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Buxoro axborot texnologiyalari texnikumida amaliy uchrashuv tashkil etdi.

TАTU professor-oʼqituvchilari va texnikum oʼqituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan “Yoʼl xaritasi”da belgilab olingan masalalar doirasida ishlar kelishib olindi.

Toshkent axborot texnologiyalari universitetidan  "Fizika " kafedrasi dotsenti (PhD) K.Haydarov va "Axborot texnologiyalari dasturiy taminoti" kafedrasi katta o`qituvchisi N.Narziyev hamda Buxoro axborot texnologiyalari texnikumi oʼquv ishlari boʼyicha direktor oʼrinbosari va texnikum pedagog hodimlari ishtirokida o'quv seminar tashkil etildi.



Report Page