Muhammad Yusuf-el ardog'idagi shoir

Muhammad Yusuf-el ardog'idagi shoir

Vobkent tuman 9-umumiy o'rta ta'lim maktab ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchisi Shabonoy Usmonova

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Vobkent tuman bo'linmasi bilan hamkorlikda 9-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Muhammad Yusuf-el ardog'idagi shoir" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Muhammad Yusuf - shoir, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Muhammad Yusuf adabiyotga yetmushinchi yillar oxirida kirib kelgan va shu zahotiyoq u haqda betakror va esda qolarli timsollar yarata oluvchi, bir qarashdа oddiy hayot voqeiligini chuqur va o‘ziga xos tarzda badiiy shakllardan maromida foydalana oluvchi, jiddiy va ajoyib iste’dod sohibi sifatida gapirishgan.

O‘zbek she’riyatining o‘ta iqtidorli namoyondalaridan biri Muhammad Yusuf ijodining gullagan pallasi XX asr oxiri - XXI asr boshlariga, ya’ni O‘zbekiston yangi mustaqilligi davriga to‘g‘ri keladi. Uning qisqa, ammo yorqin hayotini Pushkinning Bayron haqidagi so‘zlari bilan izohlash mumkin: “U o‘z she’rlarida ixtiyorsiz tarzda she’riyatning zavqu-shavqi ila iqrorlik bildirgan”.

Muhammad Yusuf 1954 yil Andijon viloyatining Marhamat tumani Qovunchi qishlog‘ida dehqonlar oilasida tug‘ilgan.

1971 yil o‘rta maktabni tugatib, u Respublika rus tili va adabiyoti institutiga o‘qishga kiradi, o‘qishni bitirib, O‘zbekiston kitobxonlar jamiyatiga muharrir bo‘lib ishga kiradi. So‘ngra, Muhammad Yusuf “Toshkent oqshomi” gazetasi muxbiri, G‘ofur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at tahririyati musahhihi, “O‘zbekiston ovozi” gazetasi muxbiri, O‘zbekiston milliy axborot agentligi bosh muharrir o‘rinbosari, “Tafakkur” jurnali bo‘lim mudiri lavozimlarida faoliyat yuritadi.

1996 yil shoir O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi bo‘ladi. Avvaliga, u adabiy maslahatchi, 1997 yildan umrining oxirigacha O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi rais o‘rinbosari bo‘lib ishlaydi.

Shoirning adabiyot rivojiga qo‘shgan hissasi munosib baholangan. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning farmoni bilan, Muhammad Yusuf “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan, “O‘zbekiston xalq shoiri” sharafiga musharraf bo‘lgan.

Muhammad Yusuf uchun har bir so‘z, hayotidagi har bir hodisa she’riyat edi. U go‘yo, osmonlarda qanot qoqayotgan qush kabi juda yengil va yorqin hayot kechirgan. Ammo shoir hayoti juda erta uzilgan. Ijodiy pallasi parvoz vaqti uzilgan... Shoir 2001 yilning 29 iyul kuni vafot etgan.

Muhammad Yusuf kabi o‘ta keng qamrovli, hissiyotlari va o‘ylari chuqur shoir o‘limini bir narsagina — undan meros qolgan va shubhasiz, o‘zbek she’riyati rivojiga samarali ta’sir ko‘rsatuvchi she’rlarigina yupatadi.



Report Page