Muhabbatning ikki ko'rinishi

Muhabbatning ikki ko'rinishi

Kim_Arene🌊

13-qism


- Menimcha... bor...

- Kim u?

- O'zim hali aniq amin emasman

- kim u?

- Seni nima ishing bor! O'zi bugungina yaqindan tanishdik, yana meni savol javob qilasan, senga aytishga majbur emmasman - asabiy gapirdi Malika

- Menmanmi?

- Nima?

- Meni sevib qolgansan to'g'rimi?

Mira baland ovozda kulib yubordi. 

- Nega kulyabsan

Mira zo'rg'a o'zini kulgidan tiyib javob berdi

- Sen do'stdan boshqa narsa emassan Eunwoo, bu sen emas😂

Eunwooning Mirani qilig'idan jahli chiqdi va o'rnidan turdi

- Afsusdaman. Otam xohlagan ish bo'lmaydi endi

- Nima, qanaqa ish

- Seni otang va meni otam, bizni turmush qurishimizni istashgan edi. Ammo sen meni sevmas ekansan, bu to'y bo'lmaydi. Men, meni sevmaydigan inson bilan oila qurishni istamayman - u otining yoniga bordi. 

Miraning yuzidagi kulgu jiddiylikka o'zgardi. Lekin hech bir so'z demadi. 

Eunwoo otini bog'langan yerdan yechar ekan gap qotdi

- 9 kundan keyin saroyda Ball bo'ladi, bu Ballda bizning unashtirilganimiz e'lon qilinishi kerak edi, ammo bunday bo'lmaydi. Buning o'rniga, biz bunga rozi emasligimizni aytamiz 

U Miraga qaramasdan gapirardi. Mira ham otini yechdi

- O'zing saroyga yo'lni bilasan, men ketdim - u endi otini choptirib ketmoqchi edi, Mira to'xtatdi

- Eunwoo

Eunwoo Miraga qaradi

- Sen ham meni sevmaysan, to'g'rimi? 

Eunwoo kinoyali jilmaydi.

- Endi buni ahamiyati yo'q...

Eunwoo(Astro)

Erta tongda Taeyeon Miraning xonasiga kirdi

- Hayrli tong! Uyg'on Riyya! 

Riyya uyqusirab ko'zlarini ochdi. 

- Hali erta emasmi?

- Hechamda, kun yorishib bo'ldi allaqachon! Riyya senga ajoyib xabarim bor

- Qanday - Riyya choyshabnj ustidan olib, o'tirdi

- Pochchang 1 oydan keyin kelar ekan

Riyyaning yuzi birdan o'zgarib ketdi, uning yuzida xomushlik aks etardi.

- Demak bu yerda yana 1 oy qolar ekanmanda....

- Yo'q, teskarisi. Bugunoq shaharga jo'naymiz. Men ham sen bilan ketaman

Endi bu gapdan Riyyaning ko'zlari porlab ketdi

- Rostanmi?

- Albatta. Qani tayyorlan, men ham tayyorlanaman, 2 soatda ot aravamiz keladi. 

- Hop bo'ladi. 

Riyya shartda o'rnidan turib narsalarini yig'ishga kirishib ketdi. 

Taeyeon esa quvonchdan o'zini qo'yarga joy topa olmay harakatlanayotgan jiyaniga qarab, jilmaydida o'z xonasiga chiqib ketdi. 

Oradan ikki soat o'tib ular, shaharga yo'l olishdi...

Taeyeon(SNSD)

Jimin o'zining sevimli joyi, ya'ni bog'da gullarga qarar ekan, xonaga Mira kirib keldi. Endi Jimin oldingidek o'zini xotirjam tutmadi. Mirani ko'rishi bilan boshini egib, unga ta'zim qildi

- Jimin bu nimasi, nega o'zingni xizmatkordek tutyabsan

- Men xizmatkormanku xonim

- Boshingni ko'tar

Jimin boshini ko'tardi

- Meni kechir, senga malika ekanimni oldinroq aytishim kerak edi.

- Mendan kechirim so'ramang malikam, bunga loyiq emasman

- Menga bunday muomila qilishni bas qil

- Qanday muomila qilay? Sen malika bo'lsang, men esa oddiy qarol. Yana kamiga shuncha vaqt ustimdan kulib, buni yashirib yurgansan - Jimin ovozini balandlatib asabiy gapirdi

- Men Malikaman! Menga bunday muomila qilishga haqqing yo'q! - Mira qanday buni aytganini o'zi ham bilmay qoldi

Jimin kinoyali kuldi va ta'zim qildi

- Meni avf etasiz malikam, men o'z ishlarimni qila qolay.

- Jimin men bilmay qoldim..

Jimin allaqachon bog'ni tark etdi.

Mira esa o'zining qilib qo'ygan ishidan, ich etini yegancha, qolib ketdi. 

Mira(Ju jing yi)


Qosh qorayganda xola jiyan, poytaxtga yetib kelishdi. Uzoq vaqt o'tmay, Riyyaning uyiga ham kelishdi. Riyya to'g'ri uy ichiga kirdi

- Oyi oyijon

Mia xonim, oshxonadan yugurib chiqdi

- Riyya nega kelding, hali kelishing kerak emas ediku

- Pochcham yana 1 oy uylarida bo'lmas ekan, shunga kelaverdim

- Nima Taeyonni bitta o'zi qoldimi

- Albatta yo'q

Taeyeon ham bu gapdan keyin uy ichiga kirdi. 

- Salom opajon

- Taeyeonn

Opa singil uzoq so'rashishgandan so'ng, Taeyeon o'z xonasiga joylashdi. Kechki ovqatdan so'ng, barcha yotib uxladi.


..... ........... .... ...... ....... ....


Ertasi kun Riyya Jiminga syurpriz qilish uchun, saroyga bordi. Jimin bu vaqtda otlarni sug'oryotgan edi.

- Salomm

Jimin to'satsan ortidan kelgan ovozdan cho'chib tushdi. 

- Riyya - ko'zlarini katta katta ochib qaradi Jimin

- Qalaysan, men keldim, ahvoling qalay

Jimin Riyyaga qarab turib, uni quchoqlab oldi

- Meni rosa sog'inibsanku a - Riyya ham uni qaytarib quchoqladi.

- Nega erta qaytding - Jimin Riyyadan uzoqlashib unga gapirdi

- To'nka, meni sog'inibsanmi debman - labini burib, "arazlagan" modeni yoqib oldi Riyya

- Hehe sendek yalmog'zini nega sog'inaman, qutilganimga endi shukur qilayotgandim

- Jinni! O'zi shundoq ham 1 oyga qolmoqchi edim, lekin Taeyeon xolam, kelamiz deganiga keldik. 

- Ex Taeyeon xolaya nega bunday qildingiz??? "Rahmat sizga Taeyon xola, bo'lmasa Riyyani yana ancha sog'inishimga to'g'ri kelardi..." O'zi sen saroyda nima qilib yuribsan

- Sara xolam, menga ham saroydan ish topib berdilar, endi shu yerda ishlayman😌 - deb sochini silkitib qo'ydi

- Ex shu yerda ham boshimga balo bo'lar ekansanda😩

- Ajab bo'bti, oqarmagan soching endi oqaradi hahaha, endi men ketdim, meni ishlar kutyabti

- Riyya, tag'in saroyga o't qo'yib yuborma

- Ahmoqq!!

Jimin uning ortidan jilmaygancha qarab qoldi...

Jimin(BTS)


Jungkook yana o'zining qorong'u dunyosida, kitob o'qib o'tirarkan, eshik taqqiladi. 

- Kiring

Eshik ochilib, kimdir kirdi

- Ovqat

- Stolga qo'yib, chiqishing mumkin - kitobdan ko'zini uzmay gapirdi Jungkook

Patnis stolga ustiga qo'yildi. Ammo kelgan "kimdir" xonani tark etmadi

- Chiqishing mumkin dedimku - hali hamon kitobdan ko'zini uzmasdan gapirdi

- Shunchalik ham beetibor bo'ladimi!

Kelgan ovozdan, Jungkook tepasida turgan odamga qaradi. 

- Riyya

- Jungkook

Jungkook tezda Riyyani bag'riga bosdi. 

- Qachon kelding, yaxshimisan

-......

- Riyya

Riyya hayajondan toshdek muzlagan edi

Jungkook sekin undan uzoqlashdi

- Uzur... men haligi..

- Hech qisi yo'q... men kecha keldim. O'zingiz yaxshimisiz - Riyya qandaydir noqulay gapirardi

- Ha yaxshiman

- Endi men saroyda ishlayman, doim sizga xizmat qilaman

- Oo qanday zo'r bo'libti

- Ha..

O'rtaga jimlik cho'mdi

- Khm men endi boraqolay. 

- Ha

Riyya Jungkookning xonasidan chiqib ketdi. Uning yuragi tinimsiz hamqirib uratrdi, o'zi esa qizib ketgandi

- Bu juda boshqacha his....

Jungkook(BTS)
Riyya(Sana Twice)


13-qism tugadi

Report Page