Muhabbatning ikki ko'rinishi

Muhabbatning ikki ko'rinishi

Kim_Arene🌊

12-qism


Saroy hovlisida Eunwoo otini silagancha, malika Mirani kutib turardi. Shu payt Miraning ingichka va shirali ovozi eshitildi:

- Menga ot qani? 

Eunwoo unga o'girilib qaradi. Qaradiyu ko'zini uzolmay qoldi. Mira kalta qora ko'ylak, uning ustidan oq pidjak kiyib olgan, qora shimda edi. Tun kabi qora sochlari yelkasidan yoyilib yotardi. Eunwooning ko'ziga Mira bu safar negadir juda chiroyli va boshqacha ko'rinib ketdi. Shunchaki unga tikilib qoldi.

- Hey - Mira Eunwooning yoniga kelib qo'lini silkitdi

- A ha? Chiqdingmi? Kettikmi?

- Iya qayoqqa ketasan? Menga ot qani?

- Sen uchun foytun bor

- Hehe tushingda men foytunga minaman, menga ham ot olib kelishsin, yo'qsa seni otingni minib olaman

- Sen ot minishni bilasanmi? - ko'zlarini katta qilib qaradi Eunwoo

- Sen meni jahlimni chiqarmoqchimisan, albatta bilamanda

- Yaxshi - jilmaydi Eunwoo

- Nega iljayasan. Menga tezroq ot olib kelishsin

- Ha, Malika Mira uchun ham ot olib keling - xizmatkorlarga aytdi Eunwoo

Ikki daqiqadan so'ng, Jimin oppoq otni olib keldi

- Uff qachon olib kelishadi

- Orqannga qara

Mira ortiga o'girilib qarasa, Jimin qo'lida ot ushlab turardi. Jimin hali Miraning malika ekanligini bilmasdi, shu sabab hayron qarab qoldi

- Nega qarab turibsan, endi ketishing mumkin

Jimin egilib tazim qilgancha ketib qoldi. Mira esa uning ortidan qarab qoldi

- Kettikmi

- A?

- Mana ot, endi ketsak bo'ladimi?

- A ha  

Eunwoo Mirani otga chiqishiga yordam berib yubordi.

Miraning ko'nglida qandaydir bo'shliq paydo bo'ldi. 

"Jiminga hali malika ekanligimni aytmagan edim, u meni ko'rib hijolatli holatga tushdi, mendan xafa bo'lmadimikan..."

- Mira

- Ha

- Nega parishonsan

- Hecham parishon emasman, qani bo'lmasa kim birinchi o'rmongacha borish o'ynaymiz

"Saroyga qaytgach, unga tushuntiraman, umid qilamanki u tushunadi..."

Eunwoo
Mira
Miraning oti

.... .... ... .......... .....


- Kim ekan u baxtli? - birgalikda Taeyoen va Riyya olcha terishyotgan paytda gap boshlab qoldi sezgir xola

- A nima?

- Oldingidek quvnoq, ko'p kuladigan Riyya emassan. To'g'ri hozir ham quvnoqsan, ammo ko'ngling shaharda qolgan, shu sabab o'ychansan. Bu degani sen sevib qolgansan 

- Nima? - Riyya bu gapdan dovdirab, turgan stulidan qalqib yiqilib ketdi va yiqildi. Tergan olchalari ham yerga sochilib ketdi

- Aysh boshim jin ursin! 

Taeyeon uning yoniga kulgancha o'tirdi

- Xo'sh oyimqiz u kim?

- E Taeyeon xola hech kim. Sevgi nimaligini bilmasam, qanday sevaman

Ular sekin to'kilgan olchalarni tera boshlashdi

- Sevgini bilishing shart emas, uning o'zi qalbingni egallab oladi va buni sezmaysan. Sevgi - tushunish kerak bo'lgan narsa emas, uni bilmay turib ham his qilish mumkin. 

Riyya o'ylanib qoldi. 

- Nimalarni o'ylab qolding? Qani tezroq teraqol

Ular olchalarni terib olib, uy tomon keta boshlashdi

- Xola - Riyya Taeyeonning yoniga yugurib yetib oldi

- Ha

- Menga gapirib bering

- Nima haqida?

- Sevgi haqida

Taeyeon boshqacha jilmaygancha:

- Albatta, senga aytib beraman

Ular uyga kirishdi. Taeyeon stol atrofidagi stulga o'tirdi. Riyya ham uning qarshisida, qo'llarini yuziga tiragancha o'tirardi.

- Sevgi shunday tuyg'uki, sevgan insoning yoniga yaqinlashgan zamon seni hayajon bosadi, qizib ketasan, tez tez nafas olasan, ammo uning yoniga yetganda o'zingni xotirjam va juda baxtli sezasan. Uning yonidan hech qachon ketishni istamaysan. Uni ko'rganda o'z o'zidan jilmayasan. Ko'rmasang sog'inasan, u hayolingni band qilib qo'yadi. Uning baxti, quvonchi senikiga ham aylanadi. Uning tabasssum qilishi uchun istalgan ishga tayyor bo'lasan, u azoblansa, sen ham ozor chekasan. Mana shu sevgi bo'ladi

Riyya chuqur o'yga tolgandi.

- Xo'sh, nima deb o'ylaysan? 

Riyya javob bermadi, ko'zini bir nuqtaga qadagancha o'tirardi

- Heeey

- A nima deysiz?

- Ex Riyya, sen aniq sevib qolgansan?

- Bilmadim, o'ylab olishim kerak - u o'rnidan turib xonasiga yugurgancha ketib qoldi... 

Riyya
Taeyeon

.. ....  ...  ......... ... ..

- Ajoyib ot minar ekansan

- Rahmat

Eunwoo va Mira o'rmonda yam-yashil o'tlar orasida o'tirishardi.

Mira o't ustiga yotib oldi.

- Aa qanday go'zal manzara to'g'rimi

- Judayam - Eunwoo ham sekin uning yoniga yotdi

- Mira men seni boshqa malikalar kabi tantiq, nozik malika deb o'ylagandim. Aslida sen unday emas ekansan

- Ha qo'yaver, men ham seni otasining erkasi, hech narsani bilmaydigan, bechora shahzoda deb o'ylagandim, sen ham unday emas ekansan

Ikkisi ham bir biriga qarab kulib yuborishdi

- Ajoyib qiz ekansan Mira

- Rahmat, sen ham oqko'ngilsan

- Ha

Oraga biroz sukunat cho'mdi

- Mira

- Ha

- Sevganing bormi?

- Bu nima deganing?

- Qalbingni o'g'irlagan kimdir bormi?

- ....

- Javobingni kutyabman.


12-qism tugadi

Report Page