Muhabbatning ikki ko'rinishi

Muhabbatning ikki ko'rinishi

Kim_Arene🌊

8-qism


- Ovqat qilishni bilasanmi?

- Aaa?

-O V Q A T qila olasanmi?

- Menimcha yo'q

- He unda och qolamiz

- Yaaa o'zingiz qilishni bilmaysizmi?

- Yo'qda

- Unda shu paytgacha qanday qilib bu yerda ovqatlangansiz?

- Umuman bu yerda ovqatlanmaganman. Chunki kechgacha qolib ketmaganman. Lekin bu safar qolsam kerak...

- Hm...

*Jimlik*

- Ha. Topdim - baqirib yubordi Riyya

- Aysh nega baqirasan! Qulog'imni teshay deding!

-Qarang. Yaxshisi men uyga borib oyimdan ovqat olib kelaman. Keyin maza qilib yeymiz

- Oying so'rasa nima deysan?

- Buyog'ini menga qo'yib bering

- Hop

- Unda meni kuzatib qo'ying. O'rmon oxirigacha. Yana bo'rilar yeb ketmasin

- Hop


Jungkook kula-kula Riyyani o'rmondan chiqishgacha, qishloq boshigacha kuzatib qo'ydi.

Jungkook hech qachon bunday kulmagandi. Kulardi, qalbdan chiqmas edi. Riyyan uning hayotiga kirib kelganiga, 1 hafta bo'lmadi. Ammo Uning hayotini quyosh kabi yoritishni uddaladi.


¤


Malika Mira qirol Yoonmin bilan gaplashib bo'lib, unga berilgan xonada o'tirardi

- Malikam sizga bu mamlakat manzur bo'ldimi? - o'ylanib o'tirgan aslzoda xonimni savolga tutdi, kiyimlarni joylashtirayotgan xizmatkor

- Unchalik yomon emas. Tabiati, ob havosi toza ekan. Qolgan narsalari haqida fikr bildira olmayman. Chunki hali tanishib chiqqanim yo'q

- Ha. 

- Men bu yerda zerikib ketdim. Ozgina aylanib kelaman

- Shoshmay turing xonim. Men ham siz bilan boraman

- Shart emas. O'zim. Sen ishingni qilaver

- Hop


Mira unga ergashgan xizmatkorlardam qutilib, saroy bog'iga keldi.

Bog'da ko'p go'zal gullar ochilib turardi, daraxtlar esa yam-yashil rangda, faqat ayrimlaridan tashqari. Bog'da yashillik hukmron edi. Yana bog' chinnigul, atirgul kabi bog'da o'sadigan o'simliklar bilan to'lgan edi. Juda go'zal manzara. Qushlar yoqimli xonish qilar, onda sonda oz hayot kechiradigan kapalaklar ham ko'rinib qolardi. Mayin shabboda, quyoshning qizdirishsiz sochayotgan nuri, inson taniga roxat baxsh etardi

Mira bog'ni aylanib yurardi. 

- Meow

- Bu nima? 

- Meow

- Mushukmi?

U ortiga o'girilsa, bir shirin mushukcha unga qarab turardi

- Voy buning shirinligini

U sekin mushukning yoniga o'tirdi. Mirs malika bo'lgani uchun, hayvonlarni yaxshi ko'rsa ham, ularga yaqin kelmas edi. 

U qo'rqibgina mushukni silamoqchi edi: 

- Mushuklardan qo'rqasanmi - Mira ortidan kelgan ovozdan cho'chib yerga o'tirib qoldi. 

Qarasa uning qrshisida kelishgan bir yigit turibti. Yigit unga qo'lini cho'zdi. Riyya yigitga qarab turdida. Shartta o'zi turib, orqasini qoqdi

- Nega meni qo'rqitding?

- Aa? Sen noboda boshing bilan urshib qolmaganmisan? Nima qildim? Faqat so'radim. Qo'rqoq bo'lsang ayb mendami?

- Ahmoq

Yigit qizga qarab turdida, mushukni qo'liga oldi

- Jimin

- Nima?

- Mening ismim Jimin. Seniki nima? Saroyda nima qilib yuribsan?

- Hih. Ishing bo'lmasin

Mira Jiminning qo'lida turgan, mushukni olmoqchi bo'lib, mushukni ushladi. Baxtga qarshi mushuk uning qo'lini tirnab,qochib ketdi

- Aay. Ahmoq mushuk!

- Ya nega mushukni urshasan. O'zing hayvonlar bilan qanday munosabtda bo'lishni bilmasang, mushukda ayb yo'q. 

- Men shunchaki uni ushlamoqchi edim

- Sen uni belidan, qisib ushlab olding. Uning joni og'ridi

- Pff qanday ushlash kerak ekan? 

- Ushlashdan avval, o'zingga o'rgatishing kerak. 

Jimin yerga cho'kkalab o'tirib mushukni chaqira boshladi. Mushuk ham tezda yetib kelib, uning qo'liga suykalishni boshladi

Mira ham sekin uning oldiga o'tirdi.

Jimin ohista Miraning qo'lini ushlab, mushukni silata boshladi. Birinchi marta yigit kishi qo'lidan ushlagani uchun, Mirani g'alati hislar qamrab oldi. Allaqachon mushuk Miraga o'rgandi. Endi Jimin qolib, mushuk Miraning qo'liga suykalishga o'tdi

- Yaaa sotqin mushuk - Jimin hazil qilib, mushukdan arazladi.

- Mayli notanish xonim, men ketishim kerak - deb o'rnidan turdi

Uning orqasidan Mira ham mushukni ko'tarib turdi. 

Jimin keta boshladi

- Mira

Jimin Miraga qaradi - Tanishganimdan xursandman Mira 

Mira uning orqasidan qararkan, negadir yuragi tez urar, tanasi negadir qizib, hayajonni his qilardi

Jimin
Malika Mira

- Men keldim

Eshikdan baqirib kirib kelgan Riyyaga qaradi Jungkook

- Tushlik allaqachon tugabti. Shuning uchun issiqqina shirinliklar olib keldim. Oyim endi qilib bo'lgan ekan. Mm biram maza. Ayniqsa olib kelgan qiyomim bilan qo'shib yesa mmm - Riyya shu gaplarni aytib stol ustiga savatini qo'ydi

- Ha, nega menga bunday qaraab turibsiz

- Uyni eson-omon topa oldingmi? 

- Ye albatta

- Ha. Rahmat

- Kechki ovqatga oyim japchae qilar ekanlar, maza qilib yeymiz

- ooo


Riyya savatni ichidan shirin hidi chiqib turgan shirinlik va idishdagi qiyomni oldi

- Boshlang 

-Nimani?

- Yeyishnida

- H-hop - Jungkook kulib, bitta shirinlikni og'ziga soldi

- Xo'sh

-.... Mmm aaa judaa ajoyib! Buncha yoqimli ta'm bo'lmasa - Jungkookning ko'zlari chaqnab ketdi

- Hehe yoqishini bilardim. Endi qiyom bilan. 

Riyya qiyomni og'zini ochdi va bitta shirinlikni botirdida, Jungkookning og'ziga soldi. Jungkook ishtaha bilan shirinlikni yedi. Riyya esa unga tikilgancha qoldi.

Bu ko'zlar, lablar, sochlar.... juda go'zal, xuddi chizib qo'yilgandek! Har qanday odamni o'ziga rom qila oladi. Uning har shirinliklarni yegandagi yuz qiyofasi, juda yoqimli. U shu qadar jozibaliki, qanday qilib odamlar uni maxluq deyishi mumkin! Rostan ham insonlar johil!

Riyya unga tikilib, shirinlik yeyishni unutdi

- Hey sen nega yemayabsan?

- A?

- Haa. Sen yeyaverib to'yib ketgansan, yaxshisi hammasi menga - deb Jungkook idishni oldiga tortib oldi

- Yaa hecham unaqamas menam yeyman. U endi bitta shirinlikni olmoqchi edi, Jungkook uni shartta olib yeb qo'ydi. Ikkinchisi, uchinchisini ham

- Jungkook! - u jahl bilan bitta shirinlikni olib og'ziga solmoqchi edi, Jungkook uning qo'lini ushlab, o'zining og'ziga olib keldida, shirinlikni tishlab oldi. 

Ko'zlar to'qnashdi. Riyyaning yuragi shu qadar tartibsiz va tez urardiki, hatto nafas olishga qiynalib qolgandi. Jungook shirinlikni tishlab, bir qo'li bilan Riyyaning qo'lidan tortib, unga qarab turar ekan, Riyya allaqachon bu ko'zlar tubiga g'arq bo'lgandi. Uning qarashlari, allaqachon Riyyani o'ziga asir etgandi.

- Khm - Sekin Jungkook Riyyaning qo'lini qo'yib yubordi

Riyya shartta bitta shirinlikni olib, og'ziga soldi

- Sizga qolsa meni och qoldirasa - labini burdi Riyya

- Axir kim ham shunday lazzatli shirinlikni bo'lishgisi keladi 

- Yoqqan bo'lsa 7-osmondaman

- Hahaha buni sen emas oying qilgan. Ularga rahmat 

- Yaa!! Lekin men olib keldim

- Avvalo oyinnga rahmat aytib qo'y. Menga judaayam yoqdi. Keyin senga ham rahmat

- Arzidi - kuldi Riyya

Riyya o'rnidan turib, Jungkookning kitob javoni oldiga keldi, bir kitobni olib joyiga o'tirdi

- Ha! Jungkook uyingizda o'zimni uyimdek yurganimga jahlingiz chiqmayabtimi? Bemalol yuribman axir - hijolatomuz gapirdi Riyya

- Yo'q, nega jahlim chiqsin? O'zi bu uyga Jimin va Hoseokdan boshqa hech kim kelmagan. Sen kelganing yaxshi bo'ldi. Meni daxshatli zerikish va qo'rqinchli yolg'izlikdan qutqarding... bemalol o'zingni uyingdek his qilishda davom et

- Hop. Keyin mana bu kitob qaysi tilda yozilgan, aniq koreys tilida emas

Jungkook
Riyya

8-qism tugadi.

Davomi tez orada. Luv u💓

Kim Arene🌊

Report Page