Muhabbat va sadoqat timsoli

Muhabbat va sadoqat timsoli



Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Davlat bojxona qoʼmitasi Bojxona instituti hamkorligida Oʼzbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 108 yilligi munosabati bilan “Muhabbat va sadoqat timsoli” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi.

Tadbirda hamkor tashkilotlar masʼullari, shoir va yozuvchilar, “Maʼrifat” targʼibotchilar jamiyati aʼzolari, Zulfiyaxonim bilan birga faoliyat yuritib, ijod qilgan shogirdlari, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari, shuningdek, Bojxona instituti kursantlari ishtirok etdi. Unda so‘z olganlar mamlakatimiz xotin-qizlarining jamiyatda tutgan oʼrniga alohida eʼtibor qaratib, qizlarimizda milliy fazilatlarimizni singdirish muhimligini taʼkidlagan holda, vafo va sadoqat timsoli bo‘lgan Zulfiyaxonimning hayot va ijod yo‘li, olijanoblik, jasorat, haqqoniy xalq g‘ururi, tabiat va insonga nisbatan samimiy tuyg‘ular va hurmat, boy ranglar va kutilmagan yangi timsollar bilan bajarilgan lirikasi haqida ham alohida to‘xtalib o‘tdilar.

“Muhabbat va sadoqat timsoli” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari hamda Bojxona instituti kursantlari shoira sheʼrlaridan hamda o‘zlarining ijod namunalaridan ashʼorlar o‘qib berdilar. Shuningdek, tadbirda kursantlar tomonidan Hamid Olimjon va Zulfiya siymosi aks ettirilgan sahna ko‘rinishlari davraga o‘zgacha fayz kiritdi.



Report Page