Muborak tumani filiali hafta ichida
Muborak tuman filialiga 8-12-мay kunlari oralig'ida 3 ta noturar binoga, 8 ta yakka tartibdagi turar-joyga, 5 ta koʼp qavatli uy-xonadonlarga, 7 ta yer uchastkasiga kadastr hujjati tayyorlash bo'yicha jami 23 ta murojaat kelib tushgan.
Mazkur arizalar asosida 7 ta yer uchastkalari va 7 ta ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti rasmiylashtirilib, Davlat xizmatlari markazlari orqali mulkdorlarga taqdim qilindi.
Shuningdek, filialimiz tomonidan 8-мaydan 12-мaygacha 0.0330 gektarga teng 2 ta bo‘sh yer uchastkalari xatlov natijasida aniqlanib, “YERELEKTRON” tizimiga kiritildi.
Bundan tashqari, ko'chma savdo joylarini tashkil etish maqsadida 0.0130 gektarga teng 2 ta bo'sh yer maydonlari aniqlanib,“K-SAVDO” tizimiga kiritildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.04.2022 yildagi 200-sonli “Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi qaroriga asosan hozirda filialga Davlat hizmatlari markazi orqali 08-12-aprel kunlari 2 ta turar joy obyekt kelib tushgan va shundan 1 ta murojaat asosli ravishda rad etilgan.
Filialimiz arxivida saqlanayotgan 34 ta ko'chmas mulkka oid qog'oz ko'rinishidagi hujjatlar arxiv bazasiga kiritilib, hujjatlarning elektron ko‘rinishga o‘tishi ta'minlandi.
Muborak tuman filialiga bir hafta moboynida ko'chmas mulkka doir nizoli masala yuzasidan jami 1 ta murojaat kelib tushgan va ushbu murojaat oʼrganish jarayonida.
Mas'ul xodimlar tomonidan “Ko‘chmas mulk-3” dasturiga kiritilgan ko’chmas mulklarga oid kamchiliklar 100% ga bartaraf etildi va hozirda xato kamchiliklar mavjud emas.
Bir hafta ichida 11.5 gektar yer maydoni davlat ro’yxatidan o’tkazildi.