“Muallimi soniy” kitobining yangi nashri

“Muallimi soniy” kitobining yangi nashri

@AlQuranuz


“Muallimi soniy” kitobining yangi nashri

Bugungi kunda ta’lim sohasida zamonaviy pedogogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishga bo‘lgan qiziqish va intilish kun sayin ortib bormoqda. Xususan, mustaqil ta’limga bo‘lgan ehtiyoj bugun yeng muhim masala sifatida talqin qilinmoqda. Kompyuter va telefon ilovalaridan foydalanish, kerakli ma’lumotlarni internet tarmog‘idan qidirish va shu orqali bilimni oshirib borish bugungi kunimizda oddiy holatga aylangan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Xususan, ta’lim sohasida innovasion texnologiyalardan foydalanish o‘quvchi va talabalarning mavzuni chuqur o‘zlashtirishlarida muhim ahamiyat kasb yetmoqda. Bu yesa o‘z navbatida har bir mutaxassis zimmasiga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalana olish mas’uliyatini yuklamoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev taklifi bilan mamlakatimizda “2023 yil — Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” deb e’lon qilinishi ham fikrimizni isbotlaydi.

Qur’on ta’limi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlaridan beri muttasil davom yetib kelayotgan eng muhim ta’lim sohalaridan biri hisoblanadi. Qur’on ta’limiga bo‘lgan e’tibor asrlar osha rivojlanib, bu borada turli uslublar, risolalar, o‘quv qo‘llanmalar va amaliy tajribalar ishlab chiqilgan. Bu jarayon bugungi kunda ham zamonamizning yeng ilg‘or texnologiyalari yordamida jadal sur’atda davom yetmoqda. Xususan, Qur’oni karim oyatlarining arabcha matni, turli tillardagi tarjimalari, tajvid qoidalari, tafsiri, audio va video yozuvlarini o‘zida mujassam qilgan ilovalar Qur’on ta’limining yangi bosqichga chiqqanidan darak bermoqda.

O‘lkamizda faoliyat yuritayotgan din arboblari, diniy bilim yurtlarida ta’lim olayotgan talabalar va Qur’on o‘qishdan xabari bor mo‘min-musulmonlar ilk saboqni “Muallimi soniy” kitobidan olganlari hech kimga sir yemas. Ahmad Hodiy Maqsudiy rahimahulloh tomonidan yozilgan mazkur kitob deyarli bir asrdan buyon Qur’on ta’limining ilk bosqichi sifatida yurtimiz musulmonlariga ko‘makchi bo‘lib kelmoqda. “Muallimi soniy” kitobiga zamonaviy yondashish, undagi ta’lim uslublarini zamonaviy texnologiyalar yordamida ommaning e’tiboriga taqdim qilish va shu orqali xalqimizning Qur’on o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojini, oz bo‘lsa-da, qondirish zamon talabi bo‘lib turibdi.

“AlQuran.uz” jamoasi ta’limning sifatini ta’minlash maqsadida Ahmad Hodiy Maqsudiy rahimahullohning “Muallimi soniy” kitobiga asoslangan holda Qur’on ta’limini yo‘lga qo‘yish uchun bir qator loyihalarga qo‘l urdi. Jumladan, “Qur’on va tajvidni o‘rgatish” bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori tomonidan “Muallimi soniy” kitobi asosida bir qator darslar o‘tilgan bo‘lib, “AlQuran.uz” veb-saytining sahifalariga hamda “AlQuran” mobil ilovasiga joylashtirilgan.

Ushbu loyihani yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov tashabbusi bilan “Qur’on va tajvidni o‘rgatish” bo‘limi hamda “AlQuran.uz” veb-sayti jamoasi tashabbusi bilan “Muallimi soniy” kitobining yangi shakli nashrga tayyorlandi va 2022 yil 29 dekabr sanasida Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 9818-sonli xati asosida chop etish uchun ruxsat olindi. Ushbu kitobning yangi nashri joriy 2023 yilning fevral oyida muxlislarga taqdim qilish rejalashtirilgan.

“Muallimi soniy” kitobining yangi nashri quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi:

1. “Muallimi soniy” kitobi maxsus QR kod bilan jihozlangan bo‘lib, o‘quvchilarga arab harflari, kalimalari, tajvid qoidalari hamda Qur’oni karim suralarini Shayx Alijon qori qiroati asosida tinglash imkoniyatini beradi. Xususan, Arab tilidagi 28 ta harfning maxraj va sifatlari, “Mad”, “tashdid”, “tanvin”, “hamza”, “qamariy va shamsiy harflar” “vaqf”, “idg‘om", “iqlob” kabi tajvid qoidalari, Kalimalar. Kalimai toyyiba, Kalimai shahodat, Kalimai tavhid, Kalimai raddil kufr, Kalimai istig‘for, Kalimai tamjid, Imoni mujmal va Imoni mufassal – Imon kalimalarining to‘g‘ri talaffuzi Shayx Alijon qori tomonidan tayyorlangan video darsliklar asosida tushuntirib berilgan.

2. “Muallimi soniy” kitobi bilan birga disk ham sotuvga chiqariladi. Diskda mazkur tajvid qoidalari hamda Qur’oni karim suralarning tilovati, ya’ni kitobdagi barcha ma’lumotlar batafsil yoritib beraladi.

3. “Muallimi soniy” kitobi “ALQURAN MASS MEDIA” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan “AlQuran” mobil ilovasi bilan chambar-chas bog‘liq. Mazkur ilovaga ham “Muallimi soniy” kitobidagi darsliklar video shaklda joylashtirilgan bo‘lib, kitobxon “ko‘z”, “quloq” va “til” yordamida tajvidni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

4. “Muallimi soniy” kitobi o‘ziga xos yozuv uslubi, maxsus dizayn va ranglar bilan ishlangan. Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, kitobning yangi nashri siz rasmda ko‘rib turgan rangda va dizaynda taqdim etiladi. Bu dizaynga ega bo‘lmagan “Muallimi soniy” kitoblari “AlQuran.uz” tomonidan nashr etilgan hisoblanmaydi.

Joriy yilning fevral oyida Siz aziz Qur’on muxlislarini ajoyib yangiliklar kutmoqda!

Bizni kuzatishda davom eting!

 

Report Page