Muallima.uz saytidan ro'yxatdan o'tish va tanlovda ishtirok etish yo'riqnomasi

Muallima.uz saytidan ro'yxatdan o'tish va tanlovda ishtirok etish yo'riqnomasi

muallima.uz

Ro'yxatdan o'tish yo'riqnomasi :

1 . GOOGLE dan muallima.uz deb qidiruv berasiz va sayt yuqorisidagi Ro'yxatdan o'tish tugmasini bosasiz.


2.Ro'yhatda berilgan anketani to'liq to'ldirasiz :

1.FIO lotin alifbosida to'liq yoziladi

2.Telefon raqam: +9989....... ( to'liq yozilishi va o'zingizga tegishli bo'lishi shart)

3.Fan nomini tanlaysiz

4.Toifa tanlanadi.(hozirda amaldagi toifangiz yoziladi faqat)

5.Parolni o'zingiz 6 raqamdan kam bo'lmagan ,esdaqolarli son yoki so'z ( parolingizni maxfiy joyga yozib qo'ying)

6.Rasmdagi kod ( Rasmda tasvirlangan 4 xonali sonni kiritiladi)

7.Yuqoridagi ma'lumotlar o'zingizga tegishli ekanligi va saytdan foydalanish shartlari bn tanishib ,tanishganligingiz haqida ogohlantirilganingizni belgilab tasdiqlaysiz 8.Saqlash tugmachasi tanlanadi.

Ro'yxatdan o'tgandan so'ng tizimga qayta kirasiz

( eslatma: agar telefon raqam to'liq yozilmasa oldiga + qo'ymasdan 9989712323...yoki qisqa 9712323..... yozilsa , yoki telefon raqami orasi ochib +99897 123 23 ** yoki chiziqcha qo'yib +99897-123-23-** yozilsa saytga kirishda foydalanuvchi nomi yoki parol xato deb tizimga kirishga ruxsat berilmaydi.

Ro'yxatdan o'tib tizimga qayta kirgandan keyin saytning yuqori qismida telefon raqamingiz va PROFIL yozuvi ko'rinadi

PROFIL ni tanlash orqali

1.MENING NATIJALARIM orqali har bir bajargan test natijalarini kuzatib borish mumkin.

2.HISOBNI TO'LDIRISH orqali to'lov qilishingiz mumkin

HISOBNI TO'LDIRISH

To'lovni amalga oshirish uchun eng ishonchli va qulay bo'lgan CLICK evolution hizmat turidan foydalandik

To'lov amalga oshirish uchun sizning plastik kartangiz(humo va uzcard) tegishli bank tomonidan "SMS habarnoma" hizmati yoqtirilgan bo'lishi kerak.

To'lov miqdori degan joyiga to'lov miqdorini faqat raqam bilan yozasiz (eslatma faqat raqamdan foydalaning,harflardan foydalanmang ,so'm deb yozilmaydi)

To'lov qilish tugmasini tanlash orqali ishonchli va qulay bo'lgan CLICK evolution ekranda namoyon bo'ladi

To'lovni ikki turda foydalanib amalga oshirish mumkin

1.Faqat "Sms habarnoma" ulangan telefon raqamini yozib sms kodni kiritish orqali

2.Faqat SMS habarnoma ulangan kartaning 16 xonali raqami(8600... yoki 98.....) va muddati (01/25) yozib telefonga clickdan kelgan sms kodni so'ralgan joyga kiritasiz

Eslatma: 1-turdan foydalanganda foydalangan sms kodni yozgandan keyin *880# terib to'lovni 1ni tanlab tasdiqlashingiz kerak.

To'lovni to'liq amalga oshirgandan keyin sayt tizimiga qayta kirib PROFIL orqali balansingizni tekshirib ko'rishingiz mumkin.

Pedagoglar uchun tanlov!

Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan munosabati bilan respublika bo‘yicha o‘tkaziladigan "Yaxshi muallim-sifatli ta’lim "tanlovida ishtirok eting.Tanlov Xorazm  malaka oshirish instituti hamkorligida o‘tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun saytdagi hisobingizda 30 000 so'm bo'lishi kerak


Tanlovda 1-bosqich onlayn testga kirish uchun saytdan ro'yxatdan o'tish lozim.Ro'yxatdan o'tgan har bir ishtirokchilar saytning bosh menusidan TEST bo'limi tanlab, fanlar orasidan "Tanlov " deganini tanlashi kerak.Eslatib o'tamiz,oldingi tanlovlardan farqli ravishda har bir ishtirokchi tanlovning 1-bosqichida test yechishi uchun test turidan fanlar orasidan o'zining mutaxasislik fanini emas ,TANLOV deganini tanlashi lozim.

"Tanlov" tanlanganidan keyin test turidan Eng yaxshi fan o'qituvchi tanlovni tanlab testga kirishi mumkin bo'ladi:


Tanlovda ishtirok etish uchun 30 000 so'm balansingizni to'ldirishingiz kerak


Report Page