Mualliflik huquqi va turdosh huquq obyektlarihimoyasida mulkiy huquqlarni jamoaviy asosdaboshqaruvchi tashkilotlarning o‘rni

Mualliflik huquqi va turdosh huquq obyektlarihimoyasida mulkiy huquqlarni jamoaviy asosdaboshqaruvchi tashkilotlarning o‘rni

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi

Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar muhofazasini ta’minlashda hamda himoya qilishda mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarning alohida o‘rni bor.

Bunday tashkilotlarning asosiy faoliyat yo‘nalishi o‘z a’zolarining mulkiy huquqlarini boshqarish hisoblanadi. Ularning asosiy funksiyalari o‘z a’zolari hisoblangan ijodkorlarning asarlari reyestri, ularning asarlaridan foydalanuvchilar hisobini yuritish hamda tegishli mualliflik haqini (gonorar) yig‘ish hamda mualliflar orasida taqsimlash hisoblanadi.

Ushbu jamoat birlashmalari nodavlat notijorat tashkilotlar hisoblanadi va Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Hozirda vazirlikdan 7 ta jamoat birlashmalari ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa-da, ulardan faqatgina 4 tasi(O‘zbekiston Respublikasi mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati, San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi, O‘zbekiston mualliflik va turdosh huquqegalari jamoat birlashmasi, O‘zbekiston kino sanoati vakillari uyushmasi) amalda ish faoliyatini olibbormoqda.

Ta’kidlash lozimki, mazkur turdagi jamoat birlashmalarining tuzilishi mualliflarning o‘z huquqlarini himoya qilishda ortiqcha vaqt sarflamasdan xotirjam ijod bilan shug‘ullanishlari uchun qulay imkoniyat yaratib beradi.

Jamoat birlashmalarining huquq va majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunining 58-59-moddalarida belgilangan. Unga ko‘ra jamoat birlashmasi o‘zi qaysi huquq egalarining nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, shu huquq egalarining nomidan va ulardan olingan vakolatlar asosida quyidagi huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi:

– to‘lanadigan haq miqdorini va shartnomalarning tuzilishiga doir boshqa shartlarni foydalanuvchilar bilan kelishib olish;

– bunday tashkilot boshqarayotgan huquqlardan foydalanish uchun foydalanuvchilar bilan shartnomalar tuzish;

– tashkilot to‘lanadigan haqni yig‘ish bilan shartnoma tuzmasdan shug‘ullangan taqdirda, bunday haq miqdorini foydalanuvchilar bilan kelishib olish;

– shartnomalarda nazarda tutilgan haqni yig‘ish, taqsimlash va to‘lash;

– bunday tashkilot o‘zi boshqarayotgan huquqlarnihimoya qilish uchun zarur bo‘ladigan har qanday yuridik harakatlarni bajarish;

– haq to‘lash bilan bir vaqtda huquq egalariga ularning huquqlaridan foydalanilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hisobotlarni taqdim etish;

– yig‘ilgan haqni huquq egalariga taqsimlash va to‘lash uchun tegishli toifadagi huquq egalarining manfaatlarini ifodalovchi boshqa tashkilotlarga shu tashkilotlar bilan tuzilgan kelishuvlar asosida o‘tkazish;

– talab qilib olinmagan haqni huquq egalarini qidirish choralarini ko‘rgan holda, u tashkilot hisobiga tushgan sanadan e’tiboran uch yil mobaynida saqlab turishi shart. Ko‘rsatilgan muddat tugagach, tashkilot talab qilib olinmagan haqni taqsimlanadigan summalarga qo‘shib yuborishga yoki uni tashkilot o‘zi qaysi huquq egalarining nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, faqat shu huquq egalarining roziligi bilan va ularning manfaatlarini ko‘zlab boshqa maqsadlarga qaratishga haqlidir.

So‘zimiz oxirida butun xalqimizga murojaat qilgan holda shuni so‘rab qolamizki, agarda sizning mualliflik yoki turdosh huquqlaringiz buzilayotgan bo‘lsa, huquqlaringizni himoya qilish maqsadida mualliflarning mulkiy huquqlarini jamoaviy asosda boshqaruvchi jamoat birlashmalariga a’zo bo‘ling yoki bevosita Adliya vazirligiga murojaat qiling.

Report Page