Muallif haqida

Muallif haqida

Gʻiyosiddin Yusuf

Tavallud: Gʻiyosiddin Yusuf 1988-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan.

Gʻiyosiddin Yusuf


Ish faoliyati: 2013-yilda muslimaat.uz saytining rahbari Odinaxon Muhammad Sodiq boshchiligidagi  "Omina" elektron jurnaliga muharrirlik qilishdan boshladi. Shundan buyon islom.uz portalidagi va boshqa qator saytlarda o‘z maqolalari bilan faol ishtirok etib kelmoqda. Internet orqali o‘tkazilgan o‘ndan oshiq tanlovlarda g‘olib bo‘lgan. Ularning aksariyatida shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh tomonidan taqdirlangan.

• G‘iyosiddinga shayx hazratlarining xizmatlarida bo‘lish ham nasib qilgan: 2014-yilda u kishi bilan savol-javob bo‘ladigan "Zikr ahlidan so‘rang" saytiga muharrir bo‘lib ishlagan.


• 2017-yilda "Akademnashr" nashriyotida, 2018–2021-yillarda shayx hazratlari asos solgan «Hilol-Nashr» nashriyotida musahhih lavozimida faoliyat yuritgan.

Mediadagi faoliyat: "Muallim media" onlayn televideniyesida "Kitob... Tavsiya va tahlil", "Hilol media"da "Hilol kutubxonasi" ko'rsatuvlarining boshlovchisi.

• "Kompas" liderlar akademiyasida Oilaviy munosabatlar bo‘yicha ustoz.

Onlayn kurslar: "To'ydan keyin kech", "Siz ham bola bo'lganmisiz?", "Odobli bola"

Ijodiy faoliyat: Gʻiyosiddin Yusufning hozirgacha "Mo‘minlarning onalari haqida savol-javoblar", "Kundalik odoblar", "Muzqaymoq", "Arab alifbosi", "Ko‘zlar quvonchi", "Mahbub Payg‘ambar Muhammad sollallohu alayhi va sallam", "Tarbiya-chi?", "Bolamni yaxshi koʻraman", "Ota-onamni yaxshi koʻraman", "Men ham kitob oʻqiyman", "Asal oyi emas, asal hayot" nomli kitoblari, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning duolari» nomli plakati hamda bolalar uchun «Ovqatlanish odoblari» nomli plakati nashr etilgan. Mazkur kitob va plakatlar hozirgacha 170 mingdan ortiq nusxada nashr qilingan.


Taʼlim: G'iyosiddin Yusuf ayni damda Qirg'izistondagi "Hafiza ona" islom institutida sirtdan ta'lim olmoqda.


G‘iyosiddin Yusuf ijtimoiy tarmoqlarning ham faoli bo‘lib, quyidagi havolalardan barcha sahifalari bu yerda tanishishingiz mumkin.


Yangilandi: 2023-yil, dekabr


Report Page