Motivatsiya tomon yo'l

Motivatsiya tomon yo'l


Darsning kirish qismida o'quvchilarga motivatsiya berish uchun hikoyalar yoki qiziqarli maʼlumotlar aytib berish maqsadga muvofiq. Agar siz biror ko'nikmani o'zlashtirishda qiyinchiliklarga uchrayotgan o'quvchilaringizga motivatsiya bermoqchi bo'lsangiz, quyidagi hikoyani misol sifatida keltirishingiz mumkin:

Hech boʼlmasa beshgacha sanashni oʼrganing... 

Bir kun Albert Eynshteyn Leypsig shahrida tramvayga chiqdi. Konduktor uning yoniga keldi va yoʼl haqqini toʼlashni soʼradi. Eynshteyn muloyimlik bilan javob berib pul sanadi va unga uzatdi. 

Konduktor pulni sanadi, biroq yana 5 pfen yetmayotganini aytdi. Eynshteyn esa: "Boʼlishi mumkin emas, men diqqat bilan sanadim", - deya javob berdi. Konduktor pulni olimga yana qaytarib berdi, sanab koʼrsa rostdan ham kam. Eynshteyn yetmagan pulni qoʼshib yana, xodimga uzatdi. 

Shunda konduktor oʼzi umuman tanimagan, biroq oʼsha davrda mashxurlik choʼqqisida boʼlgan shaxsga qarab: "Shu davrda hech boʼlmasa beshgacha sanashni oʼrganib olsangiz boʼlardi", - dedi va o'z ishida davom davom etdi.

 


Agar siz o'quvchilaringizda, insonparvarlik tuyg'ularini shakllantirmoqchi bo'lsanguiz, unda quyidagi hikoya siz uchun:

Baxt

Oʼqituvchi maktabga rangli sharlarni olib kelib, bolalarga ularni puflab, soʼng oʼz ismlarini yozib qoʼyishni buyuribdi. Ular aytilgan ishni bajarib boʼlishgach, puflangan sharlarni maktab yoʼlagiga olib chiqishibdi. Oʼqituvchi sharlarni aralashtirib tashlab, oʼquvchilarga 3 daqiqa ichida hamma oʼz ismi tushirilgan sharni topishi lozimligini aytibdi. Bolalar oʼziga tegishli boʼlgan sharni izlashga tushishibdi. Lekin vaqt tugaguniga qadar uni topa olishmabdi...

Shunda oʼqituvchi bolalarga: "Hammangiz oʼzingizga yaqin turgan sharni oling-da, unda kimning ismi yozilgan boʼlsa, oʼshani qoʼliga bering", debdi. Oradan 2 daqiqa oʼtar-oʼtmas barchaning qoʼlida ismi yozilgan rangli shar bor edi. 

Shunda oʼqituvchi: "Bu sharlar xuddi baxt kabidir — kimki uni faqat oʼzi uchun qidirsa, topa olmaydi, biroq, hamma oʼzgalar haqida qaygʼurib, bir-biriga yordam bersa, uni ancha tezroq topish mumkin boʼladi".


O'quvchilariga har kim o'zini o'zi tarbiyalashga, hammaning hayoti o'z qo'lida ekanligini anglatmoqchi bo'lgan o'qituvchilar uchun:

Ikki boʼri haqidagi rivoyat

Bir paytlar keksa va dono hind nabirasiga bir muhim haqiqatni ochdi:

– Har bir odamda ikkita boʼrining kurashiga oʼxshash jang ketadi. Bitta boʼri yovuzlikni anglatadi: xasad, rashk, pushaymonlik, xudbinlik, shuhratparastlik, yolgʼonchilik …

Boshqa bir boʼri yaxshilikni anglatadi: tinchlik, sevgi, umid, haqiqat, mehribonlik, sadoqat …

Bobosining soʼzlari qalbiga tekkan nabira bir necha lahza oʼylanib qoldi va soʼng soʼradi:

– Oxirida qaysi boʼri gʼolib chiqadi?

Keksa hind tabassum bilan jilmayib, javob berdi:

– Sen boqqan boʼri doim gʼalaba qozonadi.


Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇

Telegram |Facebook |Instagram

Report Page