Motivatsiya metodlari

Motivatsiya metodlari

Kamol To'xtayev

Xohlagan vaqtda o‘zingizdan salbiy xayollarni chiqarib tashlang.

Biling, barcha xayollar vaqtinchalikdir.

Agarda siz doim salbiy narsalar haqida o‘ylasangiz va barcha narsalarni qora ranglarda ko‘rsangiz, salbiy narsalar siz bilan albatta sodir bo‘ladi.

AMALIY MASHQLAR

Dam olish kunlari bo‘lishiga qaramay, vaxtli turish uchun o‘zingizga va’da bering.

Eng zo‘r motivatsiya bu – ertalabdan boshlanadigan motivatsiyadir!

Ishoning, agarda vaqtli uyg‘onsangiz, barcha ishlaringizni qilishga yetarlicha vaqt topiladi. Hattoki, hech qayerga shoshilmasangiz va bajarishingiz kerak bo‘lgan ishlar ko‘p bo‘lmasada, vaqtli uyg‘oning vaqtingizni esa o‘z ustingizda ishlashga ketkizing!

Yutish uchun motivatsiya! 

Doim, har kuni, har bir daqiqada yutuqqa erishish uchun harakat qiling.

Har bir insonning yutishga va yutqazishga huquqi bor.

Doim o‘zingizni ruhlantirib turing.

  • “Bugun men kechadan ko‘ra yaxshiroq bo‘laman”,
  • “Bugun eng yaxshi kun bo‘ladi”,
  • “Bugun meni kichik omadlar kutyapti”

degan gaplarni takrorlang. Ishoning kun davomida ijobiy kayfiyat sizning hamrohingiz bo‘ladi. Va hech kim, hech qanday holatda sizning kayfiyatingizni buza olmaydi.

Yordamga bo‘lgan motivatsiya!

Sizdan yordam kutgan insonlarga doim yordam qo‘lini cho‘zing.

Insonlarga yordam qilginingizda, siz shunchaki yordam bermaysiz, balki ijobiy hissiyotlarga ega bo‘lasiz.

Sizning harakatlaringizga insonlar minnatdorchilik bilan javob berishadi. Boshqalarning hayoti bilan siz, avtomatik tarzda o‘z hayotingizni ham yaxshilaysiz. Shuni doim yodda tuting!

Qanday qilib, o‘zini ruhlantirish mumkin?

Har qanday tanlovlardan voz keching.

Misol uchun, ertalab soat 5.00da turish oson yumush emas. Agarda yana 5 daqiqa yotish keyinroq turish tanlovi bo‘lsachi. Ammo biron kishi sizning ustingizdan erta tongda sovuq suv to‘ksa, siz tezda yotog‘ingizdan turgan bo‘lardingiz.

O‘zingizni ruhlantirish yo‘llarini toping.

Masalan men, agarda muhim bo‘lgan imtihonimdan o‘tsam, o‘zim xohlagan yangi markadagi telefon bilan o‘zimni siylayman, deb qaror qilganman.

Xullas, maqsadingizga erishish uchun yana bir maqsad o‘ylab toping.

Rejalar sari olg‘a borishning aynan vaqti, o‘rningizdan turing va hozirdan boshlang, deb qoluvchi Sizning OMAD ingiz!

Manba: Omad Biznes Maktabi

Report Page