Motivatsion uchrashuv

Motivatsion uchrashuv

@Tdau_news

Toshkent davlat agrar universitetida taʼlim olib, ilmiy tadqiqotlar bilan shugʻullanayotgan iqtidorli, isteʼdodli va tashabbuskor bakalavriat va magistratura, doktorantura bosqichida tahsil olayotgan talaba-yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatlarini roʻyobga chiqarish, ilgʻor va yuqori salohiyatga ega yoshlarning gʻoya va loyihalarini roʻyobga chiqarish, tashabbuskor yoshlarni aniqlash, ularning loyihalarini amaliyotga tadbiq etishga koʻmaklashish, talaba-yoshlarning qobiliyati, isteʼdodini rivojlantirish maqsadida “Kreativ yoshlar-innovatsiya taraqqiyoti liderlari” mavsum forumi tashkillashtirildi.

Ushbu forum doirasida 🔸“TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni; 

🔸“Mening startap loyiham” tanlovi;

🔸“TOP 10 Innovator” tanlov;

🔸“Ideaton-Oʻzbekiston 2030” tanlovi;

🔸“Ayollar biznesiga birinchi qadam” tanlovi;

🔸“Yoshlar akademiyasi forumi” dasturi;

🔸“Boʻlajak olim” tanlovi dasturlari shular jumlasidandir.

Forum doirasida barcha fakultetlarda “Yoshlarga oid davlat siyosati”, “Boshqaruv va yetakchilik qobiliyatlari, ijodiy va kreativ fikrlash”, “Ilmiy innovatsion faoliyat”, “Yaqin 10 yillikdagi muammolar va ularning yechimlariga qaratilgan innovatsion gʻoyalar”, “Start up loyihalari bilan ishlash”, “Notiqlik sanʻati, nutqni toʻgʻri yetkazish”, “Intellektual mulk tushunchasi-Intellektual mulk muhofazasining kichik biznes va start uplar uchun ahamiyati”, “Startap loyihasi nima? Startap loyihalarni moliyalashtirish hujjatlarini shakllantirish” mavzularida o‘quv seminarlar o‘tkazildi.

Shu munosabat bilan bugun "MotoWat" OOO Akumulyator zavodi rahbari Zokirov Jasur Abdumalikovich hamda "Netafim" Isroil kompaniyasining menejeri Nurbek Nurbayev, Feruza Raximova bilan motivatsion uchrashuv boʻlib oʻtdi. Ushbu uchrashuvda universitet jamoasi ham ishtirok etishdi.

Report Page